Foydalanuvchi interfeysini yaratish.
Reja:
Asosiy uskunalardan foydalanish
Tugmalar, matn maydonlari va boshqa uskunalarni joylashtirish
Tugmalarga hodisalar o‘rnatish
Oynalarni bir–biriga bog‘lash
Ro‘yxatlar (menus), ko‘rinishlar (views) va rasmlardan (images) foydalanish. Galeriya va ImageView
6.1. Asosiy uskunalardan foydalanish
Barcha dasturlash tillarida bo‘lganidek, Android operatsion tizimida ham asosiy uskunalar paneli mavjud. Bu asosiy uskunalar panelida GUI elementlaridan bir nechta guruhlarga bo‘lingan holda joylashtirilgan. Bu guruhlar quyidagilar hisoblanadi.
Common – bu guruhda umumiy vidjetlar joylangan bo‘ladi;
Text – bu guruhda matn kirituvchi maydon vidjetlarining turli ko‘rinishlari joylashgan;
Buttons – bu guruh tugmalarning turli ko‘rinishlarini o‘zida saqlaydi;
Widgets – bu guruh o‘zida turli ko‘rinishdagi vidjetlarni saqlay xususiyatiga ega;
Layouts – bu guruh o‘zida turli ko‘rinishdagi konteynerlarni umumlashtirgan;
Containers – bu guruh turli ko‘rinishdagi va yangi hosil qilingan konteynerlarni o‘zida saqlab turadi;
Helpers – guruhning vazifasi yordamchi vidjetlarni o‘zida umumlashtirib turadi;
Google – bu guruh Googlening maxsulotlari bilan to‘g‘ridan–to‘g‘ri bog‘lanishni amalga oshiruvchi vidjetlardan tashkil topgan;
Legacy – bu guruhda vorislik yordamida yaratilgan vidjetlar saqlanadi.
|
6.1.1–rasm: Android Studio ning uskunalar paneli
|
Do'stlaringiz bilan baham: |