ImageAdapter dan foydalanish. Bu misolda ImageAdapter sinfi
(BaseAdapter sinfining vorisi) Gallery va ImageView komponentalarni bir – biriga bog‘lash uchun ishlatiladi. Odatda BaseAdapter sinfi AdapterView va ma’lumotlar (baza, ro‘yhat, massiv) orasida bog‘lovchi bo‘lib xizmat qiladi. AdapterView komponentalariga quyidagilar kiradi:
ListView
GridView
Spinner
Gallery
BaseAdapter sinfining voris sinflari quyidagilar:
ListAdapter
ArrayAdapter
CursorAdapter
SpinnerAdapter
Demak, Gallery view va ImageView komponentalari rasmlarni (tasvir) ekranda navbati bilan ko‘rsatish uchun ishlatiladi va Galereyadan belgilangan rasm ImageView sohasida hosil bo‘ladi. Ba’zi hollarda rasmlar almashish jarayonida animatsion harakatlar uzatiladi. Buni amalga oshirish uchun Android tizimida Gallery view bilan birgalikda ImageSwitcher komponentasi ishlatiladi.
Ilovalarda animatsiyadan foydalanish. Android ilovalarida animatsiya turlari quyidagilar hisoblanadi.
Alpha – obyektning shaffoflik darajasi o‘zgarishi
Scale – obyektning o‘lchami o‘zgargan holda bor yoki yo‘q bo‘lishi
Translate – obyektni bir joydan ikkinchi joyga harakatlantirish
Rotate – obyektni burish
Obyektning shaffoflik darajasi o‘zgarishi – alpha
Alpha – konstruktoriga yordamida amalga oshiriladi. Bu konstruktorning atributlari mavjud. Bu atributlar animatsiyani hosil qilishga kerakli bo‘lgan boshlang‘ich va oxirgi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu atributlar quyidagilar
Do'stlaringiz bilan baham: |