Foydali hasharotlar
Download 0.65 Mb.
|
Foydali hasharotlar
Oltinko‘zlar. Ular to‘rqanotlilar turkumiga mansub. Qanotlari kamalak rangda tovlanib turadi. Oltinko‘zlarning bir juft murakkab yirik tillasimon ko‘zlari mavjud. Oddiy ko‘zlari yo‘q. Oltinko‘zlarning tanasi yashil - sarg‘ish rangli bo‘ladi. Tuxumlari oval shaklda bo‘lib, ularni uzun poyacha yordamida o‘simlik barg va novdalariga yakka-yakka yoki to‘p-to‘p qilib qo‘yadi.
Lichinkalarining ko‘krak qismi enliroq bo‘lib, bosh va qorin tomonga ingichkalashib boradi. Lichinkalarining ko‘krak qismida 3 juft haqiqiy oyoqlari mavjud. O‘zbekistonda oltinko‘zlarning 11 turi ro‘yxatga olingan. Mazkur turlardan oddiy oltinko‘z va yetti nuqtali oltinko‘z juda samarali hisoblanadi. Yetti nuqtali oltinko‘z lichinkalari rivojlanishi davomida 350 taga yaqin yetuk bosqichidagi va 650 ga yaqin lichinka bosqichidagi o‘simlik bitlari bilan oziqlanadi. Oddiy oltinko‘z lichinkasi ham yirtqichlik bilan hayot kechiradi. U bir kecha-kunduzda 200 taga yaqin turli yoshdagi o‘rgimchakkana, 800 donaga yaqin o‘rgimchakkana tuxumlari va 50-60 tadan ortiq o‘simlik bitlari bilan oziqlanadi. Oddiy oltinko‘z lichinkalari g‘o‘za tunlamining tuxum va yosh lichinkalari hamda 70 ga yaqin turli bo‘g‘imoyoqlilar bilan oziqlanadi. Oddiy oltinko‘z mamlakatimiz biolaboratoriyalarida don kuyasi tuxumlarida, mum parvonasi va sun’iy ozuqa muhitida ko‘paytiriladi. Oltinko‘zni biolaboratoriyada yangi sun’iy ozuqada ko‘paytirish usuli mamlakatimiz olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilmoqda. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling