Foydali hasharotlar


Download 0.65 Mb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#184048
1   2   3   4
Bog'liq
Foydali hasharotlar

Brakonoidlar. Bu oila vakillari parda qanotlilar turkumiga mansub 5-15 mm kattalikdagi hasharotlar hisoblanadi. Ko‘pchilik vakillari qishloq xo‘jalik o‘simliklarining zararkunandalarida tashqi va ichki parazitlik qilib hayot kechiradi. Brakonoidlarga mansub brakon xebetor turi karadrina, beda tunlami, makkajo‘xori kapalagi va g‘o‘za tunlami kabi zararkunanda hasharotlari lichinkalarining paraziti hisoblanadi. Mazkur brakon qizg‘ish-qoramtir rangda bo‘lib, tanasining

uzunligi 2-3 mm, qanotlarini yozganda esa 4-5 mm keladi. Urg‘ochisining qorin bo‘limi oxirida nayzasi, ya’ni tuxum qo‘ygichi mavjud. Shu tuxum qo‘ygichi yordamida zararkunanda qurtlar tanasini teshadi va avval ularni falajlaydi. So‘ngra zararkunanda lichinkasi tanasiga o‘rtacha 15-20 dona tuxum qo‘yadi. Bir dona urg‘ochi brakon hayoti davomida 100 tadan 800 tagacha tuxum qo‘yadi. Brakon tuxumlaridan ko‘sak qurti kabi zararkunanda hasharotlar lichinkasining tanasi ichida brakon lichinkalari chiqib zararkunanda lichinkasining tanasi bilan so‘rib oziqlanadi. Natijada zararkunanda lichinkalari butunlay nobud bo‘ladi. Brakon lichinkalari zararkunanda lichinkasida voyaga yetib o‘sha joyda g‘umbakka aylanadi. Bir yilda brakon 12 martagacha avlod berib rivojlanadi. Brakonning rivojlanishi uchun laboratoriyada optimal haroratni 27-320C, havo namligini esa 80% saqlash zarur. Shunday sharoitda brakon 8-12 kunda to‘liq rivojlanadi.



G‘o‘za tunlami va boshqa zararkunandalarga qarshi laboratoriya sharoitida brakon, trixogramma va oltinko‘z mum parvonasining qurtlarida ko‘paytiriladi.
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling