Fozilova Sadoqat Ibrohim qizi Fizik kolloid fanidan “Adsorbsiya va uning turlari”mavzusida


Download 28.64 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi28.64 Kb.
#1430258
1   2   3
Bog'liq
adsorbsiya Microsoft Word

Javoblar:
1 Adsorbsiya jarayoni. Gaz, bug' yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yuzasi va g'ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi.
Adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo'lgan modda esa adsorbat deyiladi.
Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug' aralashmalarini ajratish uchun qo'llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin tozalash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatic uglevodorodlami ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo'llaniladi. Bu usul yordamida xomashyo va mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin. Sanoat gazlarini turli zaharli moddalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Adsorbsiya jarayonlari odatda, desorbsiya jarayoni bilan chambarchas bog'langan bo'ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish desorbsiya deyiladi.Qattiq jismning yuzasiga ta'sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko'ra adsorbsiya ikki xil bo'ladi: ftzik adsorbsiya va xemosorbsiya.
Fizik adsorbsiya - molekular kuchlarning o'zaro ta'sir etishiga asoslangan. Xemosorbsiya - esa kimyoviy kuchlarning o'zaro ta'sirlanishi orqali yuz beradi.
Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish ham kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik o'rtasida yuz beradigan murakkab diffuzion jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qattiq jism (ionit) o'zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. Ionitlar ikki xil bo'ladi: 1) kationitlar; 2) anionitlar.
Eritma – gaz chegarasidagi adsorbsiya sirt 0.01 m2qatlamidagi ortiqcha modda miqdori bilan o’lchanadi. Buni eritmaning sirt konsentratsiyasi, deb ham ataladi va T = bilan ifodalanadi. Bunda S – 1 mol modda erigan eritma sirtining qatlami. Sirtdagi T miqdori, sirt qatlamida modda yig’ilganida, sirt taranglikni o’zgarishiga qarab Gibbs tenglamasi orqali hisoblanadi.
T = -
bunda: s- modda konsentratsiyasi mol/sm2 yoki kmol/m2; R – gaz doimiysi J/kmol*K; T absolyut harorat;
sirtdagi konsentratsiyaga bog’liq bo’lgan sirt taranglikning o’zgarishi.

2 Adsorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro’y beradi. Shu sababdan adsorberlarda iloji boricha gaz va qattiq yuza o’rtasidagi to’qnashuv yuzasini ko’paytirish zarur. Ushbu to’qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko’ra adsorberlar shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) Kontakli adsorbsiya;
2) Statik adsorbsiya;
3) Perkolyastion adsorbsiya

Download 28.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling