«fqklarini qidirish va razvedka qilish» bir tomondan – geologik fan bo’lsa, ikkinchi tomondan – xalq ho’jaligining ishlab-chiqarish sohasidir


Qidirish va bashoratlashning geologik asoslari


Download 20.18 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi20.18 Kb.
#1471548
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Qidirish va bashoratlashning geologik asoslari. Foydali qazilma (ma’dan) va foydali kazilma koni o’z mohiyatiga ko’ra geologik jismlardir. Ularning paydo bo’lishi va joylashishi geologik qonuniyatlarga bo’ysunadi. Shuning uchun ularni bilish va ulardan qidirish va razvedka jarayonida foydalanish «FQKlarini qidirish va bashoratlash»ning geologik asosini tashkil etadi.
Geologik jarayonlar juda ko’p xolatlar, sharoitlar, vaziyatlar va sabablarga bog’liq bo’lgan, ko’p faktorli jarayonlardir. Geologik qonuniyatlar ehtimollik xarakteriga egadir. Qidirish va bashoratlashning geologik asoslari bo’lib qidirish mezonlari va qidirish belgilari xizmat qiladi. Foydali qazilma konining u yoki bu turini topish imkoniyati borligini ko’rsatuvchi har qanday geologik bilimlar qidirish mezonlari hisoblanadi. Foydali kazilma borligidan yoki bor bo’lishi mumkinligidan darak beruvchi dalillar qidirish belgilari deyiladi. Barcha foydali qazilma konlarini Yer qobig’ining shu foydali qazilma joylashgan qismida sodir bo’lgan turli geologik jarayonlar natijasida paydo bo’lgan geologik jismlar deb ko’rib chiqish mumkin. Bu konlarning paydo bo’lish va joylashish qonuniyatlarini turli geologik fanlar tushuntirib beradi. Umumiy geologiya Yer qobig’ida sodir bo’ladigan jarayonlar, ularning xususityalarini, bu jarayonlarning tasniflanishi tushuntirib beradi. Tarixiy geologiya stratigrafiya asoslarini, paleontologiya va jarayonlarning yoshini aniqlash masalalarini tushuntirib beradi. Mineralogiya fani Yer qobig’ida kimyoviy elementlarning mavjud bo’lish shakllarini, ya’ni minerallarning turlari, xususiyatlari, xosil bo’lish sharoitlarini va ishlatilish soxalarini o’rgatadi. Petrografiya fani esa turli minerallarning majmualaridan tashkil topgan tog’ jinslarini o’rgatadi. Turli tog’ jinslari turli shgaroitlarda paydo bo’lib, turli xususiyatlarga ega bo’ladilar va turli foydali qazilmalarni o’z tarkibida saqlashalari mumkin. Foydali qazilmalar geologiyasi fani qidirish va razvedka qilish uchun mezonlarni tanlashda eng katta ahamiyatga ega bo’lgan fan xisoblanadi. Bu fan turli genetik va sanoat turlarga mansub konlarning xosil bo’lish sharoitlarini tushuntirib berish orqali qidirish mezonlarining asosini ta’minlab beradi.

Download 20.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling