«fqklarini qidirish va razvedka qilish» bir tomondan – geologik fan bo’lsa, ikkinchi tomondan – xalq ho’jaligining ishlab-chiqarish sohasidir


«Geologik», «iqtisodiy» va «geologik-iqtisodiy» tushunchalarning farqlari. FQKlarini qidirish va razvedka qilishning iqtisodiy asoslari


Download 20.18 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2023
Hajmi20.18 Kb.
#1471548
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

«Geologik», «iqtisodiy» va «geologik-iqtisodiy» tushunchalarning farqlari. FQKlarini qidirish va razvedka qilishning iqtisodiy asoslari. Qidirish va razvedka qilish avvalam bor «foydali qazilma»ni «bo’sh jins»dan ajratishni o’rganishdan boshlanadi. Bu ikki tushuncha geologik-iqtisodiy kategiriyalar (tushunchalardir). Bularning ikkalasi ham aslida tog’ jinsidir. Tog’ jinsi esa bu – geologik tushuncha. Toza iqtisodiy tushunchalarga «xom ashyo», «kapital ko’yilma», «rentabellik» kabi tushunchalar kiradi. Qidirish va razvedka qilish jarayonida kon bo’yicha to’planadigan ma’lumotlarning ko’pchiligi «geologik-iqtisodiy» tushunchalar sirasiga kiradi. Chunki xar bir kon o’ziga xos geologik-sanoatbop parametrlarga (GSP) ega. bunday parametrlar: yotish sharoitlari va chuqurligi; ma’dan tanalari va ochiladigan jinslarning qalinligi; ma’dansiz qatlamlarning qalinligi va holati; mineralogik tarkibi, foydali va zararli komponentlar miqdori; ma’danlar va qamrovchi jinslarning turg’unligi; suv kelish miqdori va h.k. Qidirish va ravzedka jarayonida matematikaning alohida roli. Geologik jarayonlar juda ko’p xolatlar, sharoitlar, vaziyatlar va sabablarga bog’liq bo’lgan, ko’p faktorli (omilli) jarayonlardir. Geologiya-qidiruv ishlari jarayonida olingan ma’lumotlar juda katta bazani xosil qiladi. Bu baza minglab sonlardan iborat bo’ladi. Olingan ma’lumotlarning xar biri tekshirilayotgan ob’ektning ma’lum bir nuqtasiga tegishlidir. Bu nuqtalarning xar biri aniq koordinatlarga egadir. Ana shu koordinatlarga ulardan olingan ma’lumotlar, ya’ni analiz natiajalari «bog’lab» qo’yiladi. Ana shu «sonlar massivi» yoki «ma’lumotlar bazasi» zaxira hisoblash uchun ishlatiladi. Bu xisob-kitoblar esa matematika qoidalari bo’yicha bajarilishi kerak. Aks xolda xisoblangan zaxira noto’g’ri bo’ladi. Shu paytda asosiy bajariladigan matematik amallarga yuzani hisoblash, xajmni hisoblash, massani hisoblash, ko’plab alohida ko’rsatkichlar bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichlarni hisoblash kabi amallarni kiritish mumkin. Bu matematik amallarni bajarishda albatta matematika qonunlarini to’g’ri qo’llash talab etiladi. Geologik qonuniyatlar ehtimollik xarakteriga egadir. Bu qonuniyatlarni aniqlash geologik va geofizik uslublardan tashqari matematik asoslanishni ham talab etadi. Shuning uchun geologik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashda, ayniqsa ularning o’rtacha miqdorlarini hisoblashda matematikaning «ehtimollar nazariyasi» qoidalarini qo’llash talab etiladi.

Download 20.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling