Frames Freymlar
Download 36.5 Kb.
|
dasturlash tilidan
Standart varaqda interfeys komponentalarining aksariyati Windows boshlang'ich versiyalirida ishlatilgan interfeys komponentalaridan iborat: Frames - Freymlar MainMenu - Asosiy Menu PopurMenu - Paydo bo'luvchi menu Label - Yozuv Edit - Bir satrli taxrir Memo - Ko'pqatorli taxrir Button - Standart tugma CheckBox - Bog'liqmas (pereklyuchatel) RadioButton - (pereklyuchatel) ListBox - Ro'yxat ComboBox - Ro'yxatli Maydon ScrollBar - Harakatlantirish yulagi GroupBox - Guruh RadioGroup - O'zaro bog'liq (pereklyuchateli) guruhi Panel - Panel ActionList - Amallar ro'yhati Rasmdagi komponentalar , ular sanab utilishiga mos keladi.Birinchi piktogramma komponenta hisoblanmaydi va u varoqda tanlangan komponentadan voz kechish uchun xizmat qiladi. Additional varog'ida komponentalar quyidagicha joylashgan: BitBtn - Rasmli tugma SpeedButton - Tezkor murojaat tugmasi MaskEdit - Qolip buyicha berilganlar kiritiluvchi bir qatorli taxrir StringGrid - Satrlar jadvali DrawGrid - Jadval Image - Grafik shakl Shape - Geometrik figura Bevel - Faska ScrollBox - Harakatlantirishlar soxasi CheckListBox - Pereklyuchatellar ro'yhati Splitter - Ajratuvchi Statictext - Statik (turg'un) matn ControlBar - Vositalar (instrumentlar) paneli uchun konteyner ApplicationEvents - Ilovaning hodisalari Chart – Diagramma Win32 varog'ida 32 razryadli Windows interfeysiga ta'luqli komponentalar joylashgan : TabControl - Zakladka PageConteol - Bloknot ImageList - Grafik shakllar ro'yhati RichEdit - To'liq imkoniyatli matn rejimi TrackBar - Yugurdak (Begunok) ProgressBar - Ish bajarish indikatori UpDown - Xisoblagich HotKey - Qaynoq tugmalarkombinatsiyalri tahriri Animate - Videokliplarni tomosha qilish DateTimePicker - Sanani kiritish satri MonthCalendar - Kalendar TreeView - Obektlar daraxti ListView - Ro'yhat HeaderControl - Ajratuvchi StatusBar - Holat satri ToolBar - Instrumentlar (asboblar) paneli CoolBar - '' Epchil " instrumentlar paneli PageScroller - Tasvirda harakatlanish Xossalar ilovalar yaratilishi va boshqarilishida komponentalar tashqi ko'rinishi va amal qilishini boshqarish imkonoyatini beradi . Odatda komponenta xossasinig qiymatlari ilovalarni yaratish vaqtida Ob'ektlar Inspektori yordamida amalga oshiriladi . Keltiriladigan misollarda tushunarli bo'lishi uchun xossalar qiymatlari qiymat berish operatori yordamida amalga oshiriladi . Shuni ta'kidlab o'tish kerakki , komponentalar barcha xossaga ega bo'lmasligi mumkin . Masalan , Edit tahriri Caption xossasiga ega emas , Label yozuvi ReadOnly xossasiga ega emas va xokozo . Quyida komponentalarda uchraydigan asosiy xossalarga izox beramiz . Caption xossasi komponenta sarlavxasini yozish satrini o'z ichiga oladi . Caption TCaption turida bo'lib , bu tur String turiga o'xshash. Sarlavxa satridagi ayrim belgilar tagiga chizilgan bo'lishi mumkin , ular tezkor murojaat tugmalarining kombinatsiyasini bildiradi . Ko'rsatilgan belgini < Alt > tugmasi bilan bir vaqtda bosilishi shu sarlohadagi koponentaga sichqonchaning tugmasini bosish bilan bir xil amalni yuzaga keltiradi . Tezkor murojaat belgisini sarlohada zarur belgi oldiga "&" belgisini quyish orqali aniqlanadi , masalan : Button1.Caption:='&Close'; < Alt > + < F4 > Label1.Caption:='Avtobus &Nomerini kiriting ' ; < Alt > + < H > Align (TAlign turida) xossasi komponentani u joylashgan konteyner ichidagi joylashuv variantlarini aniqlaydi. Aksariyat hollarda konteyner sifatida Form formasi yoki Panel paneli keladi . Align xossasi quyidagi qiymatlarning birini qabul qilishi mumkin : - alNone - to'g'rilash amalga oshirilmaydi . Komponenta ilovani yaratish paytida qaerga joylashtirilgan bo'lsa , shu joyda qoladi . - alTop - komponenta konteynerning yuqori qismiga ko'chiriladi , komponenta balandligi o'zgarmaydi , eni esa konteyner eniga teng bo'ladi . - alBottom - AlTop ga o'xshash , faqat komponenta konteyner pastiga joylashadi . - alLeft - komponenta konteynerning chap tomoniga ko'chadi , eni o'zgarmaydi , buyi esa konteyner buyiga tenglashadi . - alRight - alLeft ga o'xshash , faqat komponenta konteynerning o'ng tomoniga ko'chadi. - al Client - komponenta konteynerni to'la egallaydi . Misol . Panelni formaga nisbatan tog'rilash . Panel1.Align:=AlTop Panel1 paneli Form1 formaning yuqori qismiga joylashadi. Color (TColor turida ) komponenta fonining rangini aniqlaydi . Color xossasinig qiymati 4 baytli 16 lik son bo'lib , uning katta bayti palitrasini ko'rsatadi ( odatda $00) , kichik uchta bayti qizil , yashil va ko'k ranglarning RGB intensivligini aniqlaydi :bu ranglarni turli nisbatdagi aralashmasidan natijaviy rang xosil bo'ladi . Masalan , $000000 - qora , $FFFFFF - oq , $0000FF - qizil , $00FF00 - yashil , $FF0000 ko'k rangni beradi. Ranglar qiymatini konstantalar orqali berish ancha qulay . Quyidagi jadvalda asosiy ranglarning konstantalari keltirilgan . Konstanta Rang Qiymat ----------------------------------------------------------------------------- clAqua Och ko'k $FFFF00 clBlack Qora $000000 ... O'zgarmaslarning ikkinchi bir qismi Windows tizimi palitrasidagi ranglarga ko'rsatadi . Bu konstantalarga mos ranglar tizimida tanlangan rang sxemasi ga bog'liq ravishda aniqlanadi . Konstanta Rang -------------------------------------------------------------------------------- clBlackground Darcha foni (fona okna ) clActiveCaption Aktiv darcha sarlohasi ... Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling