Frames Freymlar
Download 36,5 Kb.
|
dasturlash tilidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parent xossasi
ReadOnly xossasi boolean turida bo'lib , boshqaruv elementiga unda joylashgan matnni kiritish yoki taxrirlash bilan bog'liq amallarga ruxsat bor yoki yo'qligini aniqlaydi . Agar ReadOnly xossasi True qiymatga ega bo'lsa unda matnga faqat o'qish uchun murjaat qilish mumkin , agar ReadOnly xossasi False qiymati qabul qilsa , matnni taxrirlash mumkin bo'ladi. Masalan Edit satridan matnni faqat o'qish rejimida bermoqchi b'olsak ,
quyidagi amallar ketma - ketligi bajarilishi kerak : Edit1.Text:=' O'zgarmas matn '; Edit1.ReadOnly:=True; Shuni ta'kidlash kerakki , ReadOnly faqat ilova ishlagan paytdagina amal qiladi va programma tuzuvchi ReadOnly xossasining qiymati True bo'lganda ham Text xossasining qiymatlarini o'zgartirishi mumkin . Vizual komponentalar Color, Ctr3D, Font va Showhint xossalari uchun qiymatni ota boshqaruv elementining mos xossalarining qiymatini olishi mumkin . Ko'rsatilgan xossalarning qiymat manbaini boolean turidagi quyidagi xossalar aniqlab beradi : ParentColor - Fon rangi uchun Parent Ctl3D - Komponenta ko'rinishi ParentFont - Matn shrifti uchun ParentShowHint - Yordamchi matnni ko'rsatish uchun Aksariyat xollarda kelishuv buyicha bu xossalar qiymatlari True bo'ladi . Agar programma tuzuvchi komponentadagi mos xossalarni o'zgartirsa , unga mos keluvchi Parent... xossasining qiymati False ga aylanadi . Parent xossasi ( TWinControl ) komponenta uchun ota boshqaruv elementiga ko'rsatadi . Ota boshqaruv elementi sifatida konteyner keladi va o'z ichidagi vizual komponentalarni tasvirlanishiga javob beradi . Formani loyixalashda va unga turli xil komponentalarni joylashtirishda komponentani qaysi konteynerga joylashishiga mos keladi Parent xossasi avtomatik ravishda to'g'ri qiymat qabul qiladi . Komponentalarni dinamik ravishda yaratish vaqtida komponentaning Parent xossasiga "qo'lda " qiymat berishga to'g'ri keladi . Masalan , tugma komponentasini dinamik ravishda yaratishni ko'raylik . Procedure TForm1.Button1Click(Sender : TObject): Begin with Tlabel.Create( Self ) do begin Caption:= ' Yangi yozuv '; Parent :=Panel1; Left :=20; Top :=30; end; End; Button1 tugmasi bosilganda Panel1 panelida Label1 yozuvi paydo bo'ladi . Agar Parent xossa qiymati berilmasa , Label1 yaratiladi , lekin ekranda ko'rinmaydi . Komponentalarda Owner xossasi mavjud bo'lib , u komponentaning egasi bo'lgan elementga ko'rsatadi . Odatda komponentalar egasi ular joylashgan forma bo'ladi . Agar ega komponenta o'chirilsa , u egalik qiluvchi barcha komponentalar o'chib ketadi . Download 36,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling