Frames Freymlar
Download 36,5 Kb.
|
dasturlash tilidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Action xossasi
- Constraints xossasi
DragMode ( TDragMode ) xossasi ob'ektlarni drag-and-drop ( ko'chirish va qoldirish ) usulida ob'ektlarni ko'chirish bilan bog'liq amallani programma ishlatadi va sichqoncha bilan ko'chirilayotganda boshqaruv elementini o'zini tutishini aniqlaydi . DragMode xossasi ikkita qiymat qabul qilishi mumkin : dmAutomatic va dmManual . Kelishuv bo'yicha dmManual qiymatga ega va shu sababli boshqaruv elementini BeginDrag metodi chiqarilmaguncha ko'chirib bo'lmaydi . Agar xossaning qiymati dmAutomatic bo'lsa , boshqaruv elementini ixtiyoriy paytda ko'chirish mumkin .DragMode xossasi qiymati o'rnatishdan tashqari boshqaruv elementi harakatini boshqaruvchi hodisani qayta - ishlovchisini kodini yozish kerak .
Action xossasi ( TBasicAction turida ) bir-biri bilan mazmunan bog'langan boshqaruv elementlari uchun yagona amalni ( protsedurani ) bajarish holatlarida ishlatiladi . Maxsus ActionList komponentasida amallar ro'yxati aniqlanadi va boshqaruv komponentasining Action xossasi orqali ro'yhatdagi amallar bilan bog'lanadi . Odatda Action dan turli elementlarni markazlashgan xolda boshqarish uchun foydalaniladi . Masalan , Button1 tugmasi bilan MenuItem menyusining punktini yagona amal bilan bog'lash mumkin . Quyida amal ob'ekti bilan bog'lanish tashkel qilishga misol keltirilgan . procedure TForm1.FormCreate(Sender:TObject); begin Button1.Action:=Action1; end; Bu yerda Button1 tugmasi Action1 amal ob'ekti bilan bog'langan Button1 tugmasini bosganda OnClick xodisasi chaqirilmaydi , balki Action1 amal ob'ektidagi OnExecute hodisa qayta - ishlovchisi chaqiriladi . Constraints xossasi interfeys elementlari o'lchamlarini cheklash uchun kiritilgan . Bu xossa TSizeContraints turida bo'lib , bu tur ham o'z xossalariga ega . Ular ichida eng muhimlari MinHeight , MaxHeight , MinWidth va MaxWidth xossalari hisoblanadi va ular mos ravishda boshqaruv elementining balandligi va enining maksimal va minimal qiymatlarini beradi . O'z navbatida boshqaruv elementining bo'yi va eni piksel o'lchamida Height va Width xossalarining qiymatlari orqali aniqlanadi . Boshqaruv elementi o'lchamlariga cheklov qo'yish uni ichida joylashgan boshqa elementlarni ko'rinmay qolishligini oldini olishga qaratilgan . Download 36,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling