France international scientific-online conference: “scientific approach to the modern education system part , th
FRANCE international scientific-online conference
Download 34.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Jumaniyozova Munis
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.
FRANCE international scientific-online conference:
“SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM" PART 4, 5 th MAY [21] www.interonconf.com Bu haqida yana ham aniqroq fikrlarni A.Rasulov bildirgan: “Muvozanat bugungi kishilarni o„ylari , qarashlari sifatida e‟tibor topdi”. 15 Atrofga yaxshilab razm soladigan bo„lsak , romanda tilga olingan voqealardan deyarli 30 yil o„tgan , odamlarning turmushi yaxshi , har qanday sohada yutuqqa erishish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo„lishiga qaramay haligacha ba‟zi insonlar nimalardandir norozi. Bunday holat bilan ko„p bora yuzlashamiz. Ammo, tashqi tomondan hayotini izga solib , ichki olamidagi muvozanatni yo„ldan chiqargan bu kimsalarni asl fojeasi kitob o„qimaslikda , ilmga vaqt ajratmaslikda ekanligini kim o„ylab ko„rdi? Bu kabi masala roman qahramoni bo„lgan Yusufdek sermulohaza , ilmli va dunyoqarashi keng insonni fikrga toldirmasdan qolmaydi. Natijada, u buni shunday izohlaydi: “Albatta , birgina kutubxonalarning yopilishi bilan qiyomat qo„pib qolmaydi. Qolaversa , qiyomat yer yuzida qo„pishi shart emas , bir inson botinida yovuzlik ezgulik ustidan g„alaba qozondimi , shuning o„zi o„sha zot uchun qaysi qiyomatdan kam?” 16 Bularni teranroq anglash uchun , ichini tirnayotgan g„ashlikning sababini bilish uchun inson faqat moddiy emas , ma‟naviy jihatdan ham Yusuf kabi yetuk bo„lishi kerak. Millatning asl fojeasi iqtisodiyotda emas , balki , odamlar kirmayotgani sabab yopilib ketayotgan kutubxonalarni borligida ekanini his qilish kerak. Zero , bizga yashashimiz uchun uy-joy , oziq-ovqat qay darajada zarur bo„lsa , ruhiyatimizni boyitishimiz uchun “Muvozanat” kabi romanlar ham shu darajada keraklidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.S.Sodiq. Ijodning o‟ttiz lahzasi, - “Sharq” nashriyoti, Toshkent-2005, 144-b. 2. Quronov.D. Mutolaa va idrok mashqlari||Adabiy jarayonda “Mom sindromi” – Toshkent, Akademnashr, 2013, 223-b. 3.U.Hamdam. Vatan haqida qo‟shiq. -Toshkent, “Akademnashr”-2019 y. 65 , 82 , 146 , 215 - b. 4. Rasulov.A Badiiylik-bezavol yangilik.-Toshkent, “Sharq” – 2007. 15 Rasulov.A Badiiylik-bezavol yangilik.-Toshkent, “Sharq” – 2007. 16 U.Hamdam. Vatan haqida qo„shiq. -Toshkent, “Akademnashr”-2019, 215-b. Download 34.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling