Frans Kafka (1883-1924)


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1010246
1   2   3   4   5
Bog'liq
Frans Kafka (1883-1924) 2

bo‘lmasligini sezmagan bo‘lsang?» Mana shu holat, ya’ni biror ishning astoydil qilinmasligi, hech narsaga ishonch bo‘lishi mumkin emasligi kishini vahimaga soladi. 
Asarda mavjud holatni o‘zgartirishning iloji yo‘qligi, dunyoning tartibi inson xohishlariga qarshi belgilanganligi aks etadi. Qamoqxona ruhoniysi asar qahramoni Yozef K. bilan qonun 
va uning mantig‘i haqida bahslashar ekan: «Qonun darvozasi oldida eshik og‘asi turadi. Va qatag‘onga uchragan biron-bir kishi kelib, undan Qonun qasriga o‘tkazib yuborishini iltimos 
qiladi. Ammo eshik og‘asi ayni paytda uni ichkariga o‘tkazib yuborish mumkin emasligini aytadi. Arzgo‘y biroz o‘yga botib qoladi va yana iltimos qilib so‘raydi: u bu yerga keyinchalik kirsa 
bo‘ladimi? Mumkin, -javob qiladi eshik og‘asi, -ammo hozir kirish mumkin emas». ...Eshik og‘asi unga kursicha keltirib berib, kirish tomoniga o‘tirib turishiga ruxsat beradi. Arzgo‘y unda 
kunlab o‘tiradi, yillab kutadi. ...Yillar o‘tsa-da, arzgo‘yning eshik og‘asidan imdod kutish ilinji o‘zgarmaydi. Va yana boshqa darbonlar borligi, bu faqat shularning birinchisi, boshqalar 
ham hali Qonun qasriga kirishga to‘sqinlik qilishi turgan gapligini butunlay unutadi. ...eshik og‘asining Qonun qasriga kirish bo‘yicha ikkita juda muhim tushuntirishi bor. Birinchisi 


Aim.uz 
bo‘yicha, ayni paytda eshik og‘asi uni ichkariga kirishga ruxsat berishi mumkin emas, ikkinchisiga ko‘ra bu kirish joyi faqat unga belgilab qo‘yilgan», -deydi. Ruhoniyning ancha tushunarsiz 
bu gaplari ham romanda aks etgan adoqsiz anduhning, ham yozuvchining jamiyatga ishonchsizligining sababini ifodalaydi deyish mumkin. Ya’ni har qanday odam qachondir Qonun qasriga 
kirish mumkinligi bilan umidvor qilinadi, lekin uning hozir bu qasrga kirishi mumkin emas. «Hozir» degan fursat esa kunlar, oylar va yillarga cho‘zilib, inson o‘limiga qadar davom etadi. 
Demak, go‘yo qonun odamga xizmat qilib, uning manfaatini himoya etadiganday ko‘rinadi, lekin amalda butunlay buning teskarisi bo‘ladi. 
Kafkaning bu romanida biz odatlanib qolganday, izchillik bilan rivojlanadigan, biri boshqasidan kelib chiqadigan yoki biri o‘zgasini keltirib chiqaradigan voqealar tasviri yo‘q. Chunki 
yozuvchini voqea ham, uning hayotiy va ishonarli yoki uydirma va ishonarsiz ekanligi ham qiziqtirmaydi. Adib uchun muayyan sharoitga tushib qolgan odamning iztiroblari muhim. 
Kafkaning asarlarida qahramonlarning iztiroblari tasvirlanmaydi, balki ularga qo‘shilib, muallifning o‘zi chekkan iztiroblar aks etadi, deyish mumkin. Adib faqat o‘zi ko‘rib, tuyib va tushunib 
turgan, lekin oddiy odamlarga ko‘rinmaydigan, tuyib va tushunib bo‘lmaydigan murakkab hamda chigal ruhiy jarayonlarni qalamga oladi. Bu ruhiy holatlar, ko‘pincha, qahramonning ertangi 
kuniga umidsizlik uyg‘otadi. Yozuvchining ham, qahramonlarning ham umidsizligi voqelik bilan emas, balki o‘z-o‘zi bilan, o‘zining «men»i bilan ayovsiz to‘qnashuvning natijasi o‘laroq 
paydo bo‘ladi. Muallif butun e’tiborini o‘zi va qahramonining «men»iga qaratadi. Bu xudbinlik tufayli emas, balki insonning hayot markaziga chiqishni xohlash, ya’ni odamning martabasini 
baland, taqdirini nurliroq ko‘rish istagi tufaylidir. 
«Jarayon» romani qahramoni K.ning tergovchilarga qarata: «...hammalaringiz sotilgan, zanjiri bir-biriga bog‘liq to‘dasiz..-sizlar hidlab-iskab topmoq, o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rib, o‘z 
quloqlaringiz bilan eshitmoq uchun bu yerga yopirilib kelgansiz va ko‘zni shamg‘alat qilib, chalg‘itish uchungina ikki guruhga bo‘linib, meni olqishlab turgan ekansiz; bu bilan mening 
misolimdagi begunoh bir kishini qanday qilib qiynab-azoblashni tajribada sinab ko‘rmoqchi bo‘lgansizlar», -degan gaplarida insonga yot, uni qiynab rohatlanadigan ijtimoiy tartiblar 
tizimining mohiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki unda inson taqdiriga beparvo, uni ovora qilish, qiynash, chalg‘itish va bir balo qilib, bo‘yniga ayb qo‘yish istagidagi qatlam vakillarining 
asl niyati fosh etilgan. Gap bu yerda faqat sud haqida emas, adibning tasavvuri va tasviriga ko‘ra, inson hayotining o‘zi sud jarayoniga o‘xshaydi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, K. o‘zini nima 
uchun sud qilishayotgani bilan unchalik qiziqmaganday tuyuladi. U o‘zini aybsiz deb biladi, lekin ayni vaqtda, jazo belgilanishidan qo‘rqadi. Demak, odam aybdor bo‘lishi uchun ayb qilishi, 
qonun buzishi shart emas. Chunki insonlar tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar mohiyatan yovuz, odamlarga qarshidir. 
Yozef K. turli mahkamalarda turlicha ko‘rinishli, turlicha lavozimlarni egallagan, ammo taqdiri qo‘llarida bo‘lgan odamga bir xilda beparvolik bilan qaraydigan kimsalar bilan ko‘p 
uchrashadi. Shu asnoda u bu amaldor zotlarning maqsadi odamga yordam berish emas, balki aksincha, uni hayotdan bezdirib, xarob qilish ekanligini anglab yetadi. Shuning uchun ham ularga 
qarshi o‘ziga xos isyon qiladi. Lekin uning noroziligi biz kutganday va biz o‘ylaganday emas, chinakamiga o‘ziga xos: ketib qolish, gaplashmaslik, kelmay qo‘yish, quloq solmaslikdan iborat 
bo‘ladi. 
Asarda hayotning, insoniy munosabatlarning mutlaqo chigal va tushunarsiz ekanligiga urg‘u beriladi. Tiriklik hodisalari shunday chalkashki, ba’zan aybdor ayblovchiga qaraganda 
erkinroq bo‘lib ko‘rinadi. Bu, ko‘p jihatdan, qaysi nuqtayi nazar bilan qarashga bog‘liq. Romanda K. bilan qamoqxona ruhoniysi o‘rtasidagi suhbat tasvirida shu holatga munosabat bildiriladi: 
“Mohiyatan olib qarasak, arzgo‘y (aybdor) erkin kishi. U istasa boshi og‘gan tomonga ketishi mumkin, faqat unga Qonun qasrining ichkarisiga kirish taqiqlanadi, eshik og‘asi unga bor-
yo‘g‘i shuni taqiqlay oladi. Arzgo‘y darvoza tarafdagi o‘rindiqchaga o‘tirib, shu yerda butun umrini o‘tkazib yuborsa ham, buni o‘z ixtiyori bilan qiladi... Eshik og‘asi esa, o‘z vazifasiga 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling