Frans Kafka (1883-1924)


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1010246
1   2   3   4   5
Bog'liq
Frans Kafka (1883-1924) 2

 
Kafka romanlari 
Oldinroq aytilganidek, ijodiy umri davomida Frans Kafka uch roman yaratgan. Lekin ularning birortasi ham adib tomonidan to‘liq tugallangan ham emas, tirikligida e’lon ham 
qilinmagan. Uning birinchi romani «Amerika» deb atalib, 1911-1916-yillarda yaratilgan. Asarning bosh qahramoni-o‘n olti yoshli o‘spirin Karl Rossman. O‘ta sodda, ishonuvchan, kamtar va 
oliyjanob bu igitcha axloqsiz xizmatkor ayol tomonidan yo‘ldan urilgani uchun jazo sifatida Amerikaga jo‘natiladi. Kafkaning barcha asarlarida odam muhitning qurboni hisoblanadi. Chunki 
muhit, adibning nazarida, hamisha odamga begona. Amerikaning tamomila yot muhiti esa yosh yigitchaga ikki karra begonadir. Yozuvchi eng baland insoniy tuyg‘ularga ega inson muhit 
tomonidan qanday g‘ajib tashlanishini Karl timsolida ta’sirli qilib ko‘rsatib beradi. Rossman halok bo‘ladi. Uning aldov, zo‘rlik, yovuzlik asosiga qurilgan bu ayovsiz muhitda tirik qolishi 
mumkin ham emasdi. 
1921-1922-yillar orasida yozuvchining «Qo‘rg‘on» romani yaratildi. F. Kafka ijodiga, ayniqsa, uning romanchiligiga sinchiklab qaragan kishi qiziq bir holning guvohi bo‘ladi: uning 
birinchi romani qahramoni Karl Rossman deb atalsa, ikkinchi romani qahramonining ismi Yozef deb ataladi-yu, familiyasi birgina K. harfi bilan belgilanadi. Uchinchi «Qo‘rg‘on» romani 
qahramonida na ism va na familiya bor. U faqat K. tarzida ataladi, xolos. Albatta, bu shunchaki tasodif yoki yozuvchining o‘z qahramonlariga ot topolmay qolganidan emas. Balki bu holat 
tagida ham jiddiy ijtimoiy-estetik ma’no bor. Chunonchi, Kafkaning fikriga ko‘ra, jamiyat shaxsni ezadi, sindiradi, qiyofasizlantiradi. Qiyofasiz odam esa qanday atalgani bilan 
qiyofasizligicha qolaveradi. Shu bois yozuvchi qahramoniga nom bermaslik orqali uning shaxssizligini, qiyofasizligini bo‘rttirib ko‘rsatishga erishadi. 
«Qo‘rg‘on»ning qahramoni K. hayotidagi eng katta maqsad-graf Vestvest tasarrufidagi qishloqda qolib yashash uchun uning idorasi joylashgan qo‘rg‘onga kirib olishdan iborat. U tun-
u kun harakat qilib, turli nayranglar ishlatib ham shu maqsadiga erisholmaydi. Muallif talqinicha, qo‘rg‘on bu-jamiyat. Alohida odam jamiyatni tushunishi, uning tartiblarini anglashi, unga 
moslashishi va uning bag‘rida yaxshi yashashi mumkin emas. Romanda hayotning ma’nisiz, inson umrining foydasiz va nursiz ekanligi aks ettirilgan. Qo‘rg‘onga kirish uchun urinaverib, 


Aim.uz 
holdan toygan K. o‘lim to‘shagida yotganida Qo‘rg‘ondan qishloqda yashash va ishlashga ruxsat berilgani haqda qaror keladi. Ma’lumki, o‘lik na yashay va na ishlay oladi. 
Frans Kafkaning nomini butun dunyoga yoygan va badiiy adabiyotda odamga o‘zga bir badiiy nazar bilan qarab, uni boshqacha rakursda tasvirlash mumkinligini ko‘rsatgan asari 
«Jarayon» romanidir. To‘qqiz bobdan iborat bu roman 1915- 1918-yillar davomida yaratilgan. Asarning o‘ziga xosligi shunchalikki, uning boblariga muallif nom qo‘ygan bo‘lsa-da, yozuvchi 
tomonidan ularning tartibi aniq belgilab berilmagan. Ya’ni, aslida, qaysi biri birinchi bob, qaysinisi ikkinchi, qay biri to‘qqizinchi ekanligi aniq emas. Kafka ijodiy merosiga vasiy bo‘lib 
qolgan M. Brod asarning ichki mantig‘idan kelib chiqib, boblarni joylashtirgan. Biz buni bejiz ta’kidlayotganimiz yo‘q. Romanning har bir bobi o‘z holicha mustaqil ma’noga ega va bu hol 
ham jamiyatda izchillik, mantiqiylik, davomiylik yo‘qligini ta’kidlashga xizmat qiladi. 
Kafkaning barcha asarlari singari «Jarayon» romanini tushunish uchun ham yozuvchining dunyoqarashini yaxshi bilish talab etiladi. Adib insoniyat hayotida mantiq va tartib borligini 
tan olmaydi. U butun mavjudlikni insonga dushman, uning erkini, istaklarini bo‘g‘adigan yovuz kuch hisoblaydi. Shuning uchun ham yozuvchi nasrining har bir satri biror-bir ezgu, odamga 
foyda keltiradigan narsaning mavjudligiga, inson umrida ma’no bo‘lishiga ishonmaslik, absurd, ya’ni ma’nisizlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Kafka asarlarining asosiy xususiyati odam ham, 
uning umri ham, narsa-lar ham, mavqe ham, fikrlar ham, so‘zlar ham qumga qurilgan imorat kabi, qo‘l bilan ushlashga urinilgan suv singari omonat, o‘tkinchi. Faqat hayotning bu xil 
o‘tkinchiligi, tushunarsizligidan qoladigan chalkash va chigal ma’nisizlikkina doimiydir, degan fikrni ifodalashidadir. Shuning uchun ham F. Kafkaning barcha asarlarida inson faqat qurbon 
sifatida tasvirlanadi. 
«Jarayon» romani bosh qahramoni sog‘lom, baquvvat, ishchan, bilimdon, hayotda yaxshigina mavqega ega Yozef K. muhitning ana shunday kutilmagan va tushunarsiz zarbasiga duch 
keladi. Gunoh qilganlikda ayblanib, uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Yozuvchi Yozefning qanday jinoyat qilganligini aytmaydi, buni hatto imo-ishora bilan bo‘lsin, bildirmaydi. Go‘yo 
jinoyat qilingan-qilinmaganligining sud uchun ham, turli-tuman tushunarsiz va sirli idoralar uchun ham, yozuvchi va o‘quvchi uchun ham mutlaqo ahamiyati yo‘qday. Chunki jamiyatda 
istagan odam ustidan, istalgan vaqtda ish qo‘zg‘atilishi, jarayon boshlanishi mumkin. Inson qonundan himoya kutadi, ammo aslida, odam ana shu qonunning o‘zi tomonidan eng ko‘p 
jabrlanadi. Yozuvchi Yozef K. taqdiri misolida bu holatni butun shafqatsizligi, dahshati, mantiqsizligi, yovuzligi bilan ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham K. qamab qo‘yilmaydi, balki ishga 
boradi, doimgiday hayot kechiradi, nimadandir quvonadi, nimadandir xafa bo‘ladi. Adib shu tariqa, qamoq bilan ozodlikning farqi yo‘qligiga ishora qiladi. 
Romandagi tasvir boshdan oyoq kishida qo‘rquv, ilojsizlik tuyg‘ularini paydo qiladi. Qahramonni hech qanday asos-u izohlarsiz jinoyatchiga chiqaradilar, ustidan ish qo‘zg‘aydilar, 
ya’ni sud jarayoni boshlaydilar. U atrofdagilardan, qonun himoyachilaridan yordam kutadi. Hamma yordam bermoqchi bo‘ladi va ayni damda barcha urinishlar befoyda ekani, ish boy 
berilishiga ishora qiladi. Qahramon ishga ketayotib yoki undan qaytayotib, o‘z-o‘zidan sirli va ixtiyorsiz ravishda turli darajadagi sud mahkamalarida paydo bo‘lib qolaveradi. 
Mahkamalarning hammasi qorong‘i, iflos, havosi yo‘q xonalarga joylashgan. U yerdagi mijozlar ham xizmatchilar ham, ilojsizlik iskanjasida. Ular o‘z iroda-yu istaklari bilan emas, balki 
vaziyatning talabi, muhitning yo‘rig‘i bilan ish tutishga mahkumlar. Odamning intilishi, urinishi, aqli, topqirligi hech narsani o‘zgartirolmaydi, hayot xuddi taqdir singari shafqatsiz va 
beomon. Odam-faqat qurbon, mazlum, jabrdiyda. “Sen boshqalardan haddan ortiqcha yordam kutasan, -deydi ruhoniy K. ga.-...Nahotki, sen bu yerda yordam hech qachon astoydil 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling