Fransiya pensiya tizimi reja: Xorijiy davlatlar pensiya tizimlari modellarining mohiyati, xususiyatlari va shakllanish bosqichlari


Fransiyada eng kam ish haqi miqdori oshiriladi


Download 42.69 Kb.
bet3/7
Sana14.02.2023
Hajmi42.69 Kb.
#1199006
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FRANSIYA PENSIYA TIZIMI

Fransiyada eng kam ish haqi miqdori oshiriladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bir necha haftadan buyon davom etayotgan «sariq jiletlilar» namoyishlari fonida mamlakatda favqulodda iqtisodiy va ijtimoiy holat e'lon qildi. U 10 dekabr kuni BFMTV telekanali efiri orqali favqulodda holat haqida ma'lum qilgan.
Davlat rahbari namoyishchilarni xotirjamlik va tartib saqlashga chaqirgan, zo‘ravonlikni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmasligi haqida gapirgan. Shu bilan birga u fransuzlarning g‘azabi «adolatli» ekanini qo‘shimcha qilgan.
Makron 2019 yilning mayidan mamlakatda eng kam ish haqi miqdori 100 yevroga oshirilishini, shuningdek, yil yakunida beriladigan mukofot pullari soliqqa tortilmasligini, eng kambag‘al qatlamga soliq imtiyozlari taqdim etilishini ma'lum qilgan.
Beshinchi respublika prezidenti, mamlakatdagi yirik korxonalar va badavlat fuqarolar iqtisodiy inqirozni yengib o‘tishda ko‘mak berishi zarurligi haqida to‘xtalgan. U shu haftada yirik kompaniyalar rahbarlarini yig‘ib, bu masalalarda tegishli qarorlar qabul qilmoqchi.
11 dekabr kuni uning tashabbuslari bosh vazir tomonidan parlamentga o‘qib eshittiriladi. Makron boylik uchun soliqlarni tiklamaslikka va'da qilgan — uning fikricha, bunday yig‘imlar tufayli mamlakatni boy kishilar tark etishi va iqtisodiyotga investitsiyalar kiritilmasligi mumkin.
Fransiyadagi tartibsizliklar noyabr oyi o‘rtalarida boshlangandi. Benzin narxlari oshirilishiga qarshi boshlangan aksiyalarda yuz minglab kishilar qatnashdi. Asosan haydovchilar ishtirok etgan dastlabki namoyishlar ishtirokchilar kiyib olgan liboslar tufayli «Sariq jiletlilar» namoyishlari nomini oldi.
Dekabr oyi boshiga kelib hukumat yon berdi. ​​Fransiyada benzin narxi oshirilmaydigan bo‘ldi. Bosh vazir «hech bir soliq millat birligini xavf ostida qoldirishga arzimasligi» haqida ma'lum qildi.
Fransiyada 2019 yil 1 yanvardan benzin uchun soliq miqdorini 2,9 yevrosentga, dizel uchun esa 6,5 yevrosentga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Hukumat shu yo‘l bilan aholini jamoat transportidan foydalanish va elektromobillar sotib olishga undamoqchi edi.
Namoyishlar fonida Fransiya iqtisodiyoti jiddiy zarar ko‘rdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra mamlakat iqtisodiga yetgan zarar milliard yevroni tashkil qildi.

Download 42.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling