Fransiya pensiya tizimi reja: Xorijiy davlatlar pensiya tizimlari modellarining mohiyati, xususiyatlari va shakllanish bosqichlari
Download 42.69 Kb.
|
FRANSIYA PENSIYA TIZIMI
FRANSIYA PENSIYA TIZIMI Reja: 1.Xorijiy davlatlar pensiya tizimlari modellarining mohiyati, xususiyatlari va shakllanish bosqichlari. 2.Fransiyada eng kam ish haqi miqdori oshiriladi 3.Fransiya pensiya islohotlari KIRISH Jahon mamlakatlaridagi demografik va iqtisodiy muammolar pensiya tizimlarining asosiy muammolariga aylanib bormoqda. Bu holatning ayrim mamlakatlarda pensiya ta'minotiga ijtimoiy xarajatlarning ko‘payishi, aholi yosh tarkibining jiddiy o‘zgarishlari (aholining keksayishi) va boshqa ko‘rsatkichlar tizimi bilan izohlash mumkin. Butun jahon mamlakatlarida pensiya tizimini qayta tashkil qilishning maqsadi keksayib qolgan shaxslarni kambag‘allikdan ishonchliroq himoya qilishni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Shubhasiz, pensiya ta’minoti masalalari har qanday davlatning siyosiy hayotida muhim o‘rin egallaydi. Chunki davlatning, yoshi yetib mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolari oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy javobgarligining shakllanishi sharoitida pensiya ta’minoti masalalari eng muhimlaridan biri sanaladi. Pensiya ta’minoti darajasi va sifati – mamlakat aholisining iqtisodiy ijtimoiy holatida muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli ham jamiyat hayotining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, muqobil pensiya ta’minoti tizimini shakllantirish va takomillashtirish chora-tadbirlarini tuzish masalalari har bir davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. “Biz ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot darajasi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi” tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash va uni amalda ta’minlash mexanizmlarini yaratishimiz lozim. Ayni vaqtda aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha ham amaliy choralar ko‘riladi.” - deydilar Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida1 . Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor o‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasining asosini ham, avvalambor, inson manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar tashkil qiladi. Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish ko‘zda tutilgan bo‘lib, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. So‘nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarda aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshining oshishi va tug‘ilishning kamayishi demografik masalalar qatoridan chiqib tobora iqtisodiy muammoga aylanib bormoqda. Xususan, 2000 yilda bir nafar 65 yoshdan oshgan pensioner fuqaroga 4-5 nafar mehnatga layoqatli aholi nisbati to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2020-2025 yillarga borib ayrim Yevropa mamlakatlarida ularning o‘rtasidagi nisbat 1:2,5 bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur holat pensiya ta’minotiga oid xarajatlarni o‘sishi pirovardida yaqin kelajakda barqaror moliyalashtirish uchun qo‘shimcha moliyaviy manbalarini izlab topishni va davlat pensiya ta’minoti samaradorligini takomillashtirishni taqozo etadi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ham shu omillar bilan belgilanadi. Download 42.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling