Fransiya pensiya tizimi reja: Xorijiy davlatlar pensiya tizimlari modellarining mohiyati, xususiyatlari va shakllanish bosqichlari


Xorijiy davlatlar pensiya tizimlari modellarining mohiyati, xususiyatlari va shakllanish bosqichlari


Download 42.69 Kb.
bet2/7
Sana14.02.2023
Hajmi42.69 Kb.
#1199006
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FRANSIYA PENSIYA TIZIMI

Xorijiy davlatlar pensiya tizimlari modellarining mohiyati, xususiyatlari va shakllanish bosqichlari.
Hozirgi globallashuv jarayonida pensiya ta’minoti jahondagi barcha davlatlarda aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy manbai hisoblanadi. XXI asr boshlarida dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yuz berayotgan demografik o‘zgarishlar va iqtisodiy inqirozlar tufayli pensiya ta’minotining jamiyat hayotidagi o‘rni yanada oshib bormoqda.
Pensiya bu fuqorolarning qonunchilikda belgilangan keksalik yoshiga yetganda, nogironlik tufayli mehnat qobilyatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganida va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qonunchilikda belgilangan shartlar va normalar asosida beriladigan har oylik to‘lovlar, pensiya ta’minoti esa ushbu to‘lo‘vlarni maxsus pensiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan fuqorolarga to‘lanishining ta’minlanishidir. Ya’ni pensiya aholini iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosi hisoblanadi.
Davlat tomonidan tashkil qilingan, xususiy sektorda band bo‘lgan aholiga yoshga doir pensiya to‘lash tizimi birinchi bo‘lib Germaniyada 1889-yilda joriy qilingan. Nemischa yondashuvning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat bo‘ldiki, fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtasi majburiy ravishda ijtimoiy sug‘urta badalini to‘lashga asoslangan edi. Daniya (1891-yil) va Yangi Zelandiya (1898-yil) 3 nochor aholiga qaratilgan maqsadli yordamga asoslangan pensiya tizimi joriy qilingan. Bu tizimda barcha to‘lovlar umumiy soliqlar evaziga moliyalashtirilgan bo‘lib, nochorlik darajasini aniqlashni nazarda tutar edi va barchaga barobar daromadni kafolatlar edi. Keyingi yillarda ko‘pchilik G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘zlarining pensiya sug‘urtasi tizimlarini Germaniya modeliga asoslanib shakllantirdilar, Anglo-sakson mamlakatlar (AQSH dan tashqari) va Shimoliy Yevropa mamlakatlari esa Daniya va Yangi Zelandiyaning yo‘lidan bordilar. Bu tizimlar turli vazifalarni bajarishga qaratilgan edi: Germaniya modeli ishlovchi xodimning pensiyaga chiqqanidan keyin ham ijtimoiy maqomini saqlab qolishni nazarda tutsa, keyinchalik Angliyada joriy qilingan Daniya modeli kambag‘allikning oldini olish vazifasini bajarar edi.
Shimoliy Amerikada davlat pensiya ta’minoti tizimi nisbatan kechroq shakllandi. Kanada 1927-yilga kelib sug‘urta badallari to‘lashni nazarda tutmaydigan, muhtojlik darajasini aniqlashga qaratilgan tizimni joriy qilgan bo‘lsa, AQShning bir qator shtatlarida muhtojlik mezoniga ko‘ra pensiya tizimlarini shakllantirish ishlari 1920-yillarga to‘g‘ri keldi. 1934-yilda bunday tizimlar 28 ta shtatda amal qilar edi. 1935-yilga kelibgina AQShda pensiya sug‘urtasining federal darajadagi tizimi yaratildi.
Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki yondoshuv asos bo‘lib xizmat qilgan: birinchi yondoshuvga ko‘ra, pensiya tizimiga tortilgan barcha fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa, ikkinchi yondoshuv bo‘yicha pensiya - ish haqining zaxiralanuvchi qismi bo‘lib, sug‘urtalangan xodimga uning pensiyaga chiqish oldidagi daromadiga monand moddiy ta’minotga ega bo‘lishni kafolatlaydi.
Pensiya ta’minotining rivojlanishi jarayonida har ikkala maqsad uyg‘unlashib ketdi, universal pensiya tizimlari sug‘urtaviy tizimlar bilan to‘ldirildi, sug‘urtaviy tizimlar esa minimal kafolatlarni o‘z ichiga ola boshladi. Shunday qilib, pensiyalarning ikkiyoqlama tabiati nafaqat umumqabul qilindi, balki deyarli barcha rivojlangan pensiya tizimlarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Pensiyalarning ikkiyoqlama xarakteri shunda namoyon bo‘ladiki, birinchidan, pensiya fuqarolarni kambag‘allikdan himoyalab, ular daromadlarining minimal darajasini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, ma’lum belgilangan sug‘urta holatlari yuzaga kelganda ish haqining o‘rnini bosadi, ya’ni yo‘qotilgan daromadni yoki uning ko‘p qismini kompensatsiyalaydi.
Aksariyat pensiya tizimlarining asosini, ularning institutsional tuzilishi yoki qo‘llaniladigan moliyaviy mexanizmlaridan qat’iy nazar, ijtimoiy pensiya sug‘urtasi tamoyillariga qurilgan pensiya dasturlari tashkil qiladi.
O‘zining ijtimoiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra, pensiya sug‘urtasi mehnatkashlar tomonidan yakka va jamoaviy tarzda o‘z joriy daromadlarining bir qismini boshqarish va nazoratning sug‘urtaviy va davlat mexanizmlari (qonuniy, tashkiliy va moliyaviy) yordamida zaxiralashdan iborat.
Kelgusidagi sug‘urtaviy pensiyaning miqdori qator omillarga bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlash lozim, bular:
- sug‘urta stajining davomiyligi;
- sug‘urtalanadigan ish haqining miqdori;
- sug‘urta tarifining katta-kichikligi;
- kelgusidagi to‘lovlar davrining davomiyligi.
Ijtimoiy siyosat deganda jamiyatdagi har bir shaxs hayoti va faoliyati uchun uning rivojlanishiga yordam beradigan va ijodiy imkoniyatlarining to‘liq namoyon qilishini rag‘batlantiradigan zarur shart-sharoitlarni yaratish va saqlab turishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladi.
Barcha oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan vakelajakka yorug‘ yuz va ishonch bilan intilgan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida pensiya ta’minoti eng ma’suliyatli vazifa bo‘lib hisoblanadi. “Pensiya” kategoriya sifatida pul mablag‘larining maqsadli fondlarini shakllantirish va keksaygan chog‘ida undan foydalanish shakli va usullari yig‘indisini o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi.

Download 42.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling