Egri soliqlar byudjetni umumiy daromadini 60%ga yaqinini beradi. Asosiy egri soliq Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig’i hisoblanadi. Bu soliq 1954 yili tadbiq qilingan. Byudjetni soliqli daromadlari ichida QQS 45%ni tashkil qiladi. - Egri soliqlar byudjetni umumiy daromadini 60%ga yaqinini beradi. Asosiy egri soliq Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig’i hisoblanadi. Bu soliq 1954 yili tadbiq qilingan. Byudjetni soliqli daromadlari ichida QQS 45%ni tashkil qiladi.
- Egri soliqlar tarkibida QQS salmog’i 72,3% teng.
- Keyingi egri soliq - ichki neft mahsulotlariga solinadigan soliq. Uning salmog’i 7,0-8,5% teng. Bu soliqqa 13,3% egri soliqlar to‘g‘ri keladi. Egri soliqlarni kelib tushish tarkibi uzoq vaqt o‘zgarmasdan turdi. Bundan faqat ichki neft mahsulotlariga solinadigan soliq mustasno. Uning salmog’i keyingi yillar oshib borgan. Amaliyotda bu soliqni aktsizlarga emas, bojxona bojiga tenglashtiriladi. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun kerakli xom-ashyo asosan mamlakatga import orqali keltiriladi. Eksport va reeksport qilinadigan neft mahsulotlari umuman soliqqa tortilmaydi. Fransiya uchun о’tgan asring 80- va 90- yillarida bojxona bojini roli sezilari ortib bordi.
- Deyarli 40% ga yaqin byudjet daromadlari to‘g‘ri soliqlardan kelib tushadi. Bulaling tarkibida asosiy o’rinni daromad solig’i (jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq) egallaydi. Jismoniy shaxslarni daromadiga solinadigan soliq umumiy byudjet daromadini 18-21% ini tashkil qiladi.
- Ikkinchi o‘rinni to‘g‘ri soliqlar tarkibida aktsioner kompaniyalari foydasiga solinadigan soliq (korporatsiya solig’i) egallaydi. Byudjetni soliq daromadlari tarkibida bu to’lov 8 dan 10 foizgacha tashkil qiladi. Aktsioner kompaniyalari foydasiga solinadigan soliqni salmog’ini pasayib borishiga asosiy sabab engilliklar berish tizimini kengayishi hisoblanadi.
- Fransiya korxonalari korporatsiya solig’i bo'yicha asosan ikki turdagi yengilliklardan foydalanadi:
- 1,asosiy kapitalga nisbatan tezlashtirilgan amortizatsiyani qo’llash,
- 2,soliq kreditlari berish.
- Soliq krediti 1982 yili kiritilgan va 1983 yil 1 yanvardan boshlab qollaniladi. Ilmiy tekshirish ishlariga qilinadigan harajat kredit olish huquqini beradi. Ilmiy tekshirish ishlarini harajati otgan yilgidan oshib ketsa va 5 mln. frankdan yuqori bolmasa, unga 50% hajmda kredit beriladi.
- Kredit summasi olinadigan korporatsiyada soliqdan chiqarib tashlanadi.
- Ilmiy tekshirish harajatlariga imorat va uskunalarni alortizatsiyasi, xodimlarga beriladigan ish haqi va operatsion harajatlar kiradi (xodimlarga ish haqi sifatida 55% harajat beriladi).
- Shunday qilib ijtimoiy guruhlar bo'yicha soliqlar umumiy daromadlaridan eng kamida 22,8% va ko‘pi bilan 49,2% to’lanadi. Oliy (mansabdorlar) kadrlar va erkin kasb egalari, jadvalga ко ra, to’g ri soliqlarni, ya’ni daromad, mol-mulk soliqlarini asosiy to’lovchisi hisoblanadi. (11,7 va 12,6%). Egri soliqni asosiy tolovchilari bolib, qishloq xo‘jaligidagi yollanma ishchilar, ishchi va xizmatchilar to’laydi. Ijtimoiy ajratmalaling katta qismini ham aynan shu tolovchilar guruhi ta’minlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |