Ct-50-guruh Umirzoqov Ma’ruf Reja: - Fransiya — respublika, tarixda xonlik bolgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1958-yil referendumda qabul qilingan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridan toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5yil muddatga saylanadi va yana 1marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
- Rivojlangan mallakatlar orasida yalpi ichki mahsulotda majburiy to’lovlarni (soliq to’lovlari, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar) salmog’i eng yuqoriligi bilan Fransiya farq qiladi. XX asming 80-yillarining birinchi yarmida bu salmoq ortib borgan va 1985 yili 45,6% ni tashkil qilgan (1976 yili 39,4% bo’lgan). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa iqtisodiy hamkorlik (EIH) mallakatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqori hisoblanadi. Lekin, milliy majlisda o‘ng partiyalarni o‘mi mustahkallanishi munosabati bilan 80-yillaling ikkinchi yarmida eslatilgan ko'rsatkich pasaya boshladi. 0‘ng partiya vakillari davlatni iqtisodiyotga aralashishini chegaralash, davlat sektoridagi qator korxonalarni denatsionalizatsiya qilish, bir me’yorda soliqlarni kamaytirib borish kabi masalalali o’rtaga tashladilar.
- Fransiyadagi majburiy ajratmalar tizimini yana bir xususiyati, ularning tarkibida ijtimoiy sug‘urta foiziga ajratma salmog’i ancha yuqori. Majburiy ajratmalar tarkibida ijtimoiy sug‘urta foiziga ajratma Fransiyada 43,3% tashkil qiladi. Uning darajasi yirik rivojlangan mallakatlar, shu jumladan, Yevropa iqtisodiy hamkorlik mamlakatlari ichida eng yuqori hisoblanadi. Fransiya past to‘g‘ri soliq va yuqori egri soliq salmoqlari darajasi bilan ham farq qiladi. Shu bilan bir qatorda Fransiyada yalpi ichki mahsulotda tovarlar va xizmatlardan tushadigan soliq salmog’i ham yuqori.
- Fransiya davlat byudjetini tarkibi:
- 1.Qo’shilgan qiymat solig’i 669962 mln.frank 41.9%;
- 2.Jismoniy shaxslarga solinadigan darolad solig’i 293110 mln.frank 18.1%;
- 3.Korxonalarga solinadigan soliq 170140 mln.frank 10.6%;
- 4.Nefi mahsulotlariga solinadigan boj tolovi 118618 mln.frank 7.3%;
- 5.Boshqa soliqlar 245120 mln.frank 15.2%;
- 6.Soliqsiz tushumlar 120267 mln.frank 7.4%;
- Jami 1617217 mln.frank 100%
- Fransiya davlat byudjetini daromadida soliqlar (ajratmalar bilan birgalikda) tushumi 93%ga yaqin o‘rinni egallaydi. Qolgani soliqsiz daromadlarga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |