Fransiya tashqi siyosati


Fransiyada siyosiy markazlashuvining xususiyatlari va amalga oshirilishi


Download 281.5 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi281.5 Kb.
#1488433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5253522241764727210

1.2. Fransiyada siyosiy markazlashuvining xususiyatlari va amalga oshirilishi.
XVIII asrda Fransiyada ajoyib yozuvchilar va olimlar yashar edilar.Ular katolik cherkovi va dinni, feodal jamiyatni, karol ab - solyutuzimini shafqatsiz tanqid qiladilar. Bu yozuvchilar va olimlarni ma'rifatchilar deb, ular ifodalagan g'oyaviy harakatni ma'rifat deb atalardi. Ma'rifatchilar uchinchi toifaning, asosan feodal tuzumga qarshi kurashga otlangan burjuaziyaning manfaatlarini ifodalardilar. XVIII asrda Vol'mer (1694 - 1778 ) g'oyat katta e'tiborga ega edi. Yozuvchi, shoir, mutafakkir, ajoyib satrik qobiliyatga ega boigan Vol'ter feodal tartiblarga va katolik cherkoviga qarshi qaratilgan g'azabli, otashin nutqlari bilan shuhrat qozongan edi. Vol'ter zaxarxanda, bilan, agar ritsarlar tovonlarida shipor bilan, dexqonlar esa yelkalarida egar bilan tug'ulganliklarida, men dvoryanning "tug'ma" feodal huquqlari borligiga ishongan bo'lardim, der edi. " gazandani yanchib tashlang " deb da'vat qilgan edi. Vol'ter katolik cherkovini gazanda deb atardi. U dinni: uning "dahshatli bema'niliklari" ni "mo'jizalarning kulgili ekanligini" o'ta ketgan yolg'onchiligini fosh qilgan edi. Gersen Vol'ter to'g'risida "u yashindek uchar va kuydirar edi " - deb yozgan edi.
Tartiblarni o'zgartirishni Vol'ter revolyutsiyadan emas, balki " ma'rifatli podsho"dan kutar edi. U podsholar ma'rifatparvarlar g'oyalarini singdirib olganlaridan keyin dvoryan va ruxoniylarning imtiyozlarini yo'q qiladi va boshqa reformalarni amalga oshiradi, deb umid qiladi oxir - oqibatda esa karolning hokimiyatini cheklaydigan kanstitutsiya barpo etishni istagan edi8.
Atoqli mutafakkir Monteskye ( 1689 - 1755 ) hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo'lishi g'oyasini himoya qilib chiqgan edi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat, yani qonunlarni barqaror qilish huquqi, uning fikricha, dvoryanlar va burjuaziya vakillaridan iborat parlamentga qonunlarning ijrosini kuzatib borishi, armiyaga chinovniklarga va shu kabilarga buyruq berilishi lozim bo'lgan ijro qiluvchi hokimiyat karolga, sudlovchi hokimiyat esa axoli tomonidan ko'rsatilgan sudyalarga tobe bo'lishi lozim. Moteskiyning hokimiyatlarini bo'lishi xaqidagi fikri absalyut monarxiyaga qarshi qaratilgan edi, chunki monarxiya davrida uchala hokimiyat ham karol qo'lida edi. Monteskiy cheklangan yoki kanstitutsion monarxiyani yoqlab chiqgan edi. Vol'ter singari, u ham Angliyaning siyosiy tuzumini ko'klarga ko'tarib maqtardi.
Jan Jak Russo ( 1712 - 1778 ) Jenevalik hunarmandning o'g'li edi. Unga ish qidirib yurishga, muxtojlik, xolik - zorlik tortishga to'g'ri kelgan edi. Russo shuxrat qozongan traktatlarning (ilmiy asarlarning) va romanlarning avtori bo'lgach, Fransiyadan qochib ketadi, chunki u cherkovga qarsi chiqqanligi uchun uning turmaga qamalishi xavfi tug'ulgan edi. Uning asarlaridan ko'pi jallod qo'li bilan o'tga tashlandi. U yana darbadar yurib, cherkov xodimlarining va xokimlarining taqibiga duchor qilindi. Adolat va ezgulik yuragida jo'sh urgan Russo xalqqa zulm qiluvchilarga nafrat bilan qarardi , huquqsiz va ezilgan kishilarning azob - uqubatlariga chuqur xayrixoxlik bilan qarardi9.
"Odam ozod tug'ulsa-da xamma joyda uning qoi -oyog'iga kishan solingan"- deb yozgan edi Russo. Bu kishanlarni; cherkov hukmronligini, feodal zulmni, toifaviy zulmni, monarxiyani parchalab tashlamoq kerak. U chin qalbdan borcha kishilarning tengligi tarafdori edi. Russoning buyuk g'oyasi boylar xam, kambag'allar ham, bo'lmaydigan demoratik respublika edi. Russo xususiy mulkni bekor qilishni talab etmagan edi, lekin mol-mulkni teng baravar qilishni yoqlab fakir bildirgan edi, "toki har bir kimsada yetarlicha mol-mulk bo'lmasin " Russo xristianlikni, uning cherkovini, marosimlarni, jannat va do'zax haqidagi ta'limotini rad etardi. "Kelgusidagi hayotda do'zax izlashning nima xojati bor? -deb so'rardi u kinoya bilan. Bundagi hayotda u mavjud boiib turibdi-ku. Russo istibdod bilan kurashning qonuniy yo'li deb inqilobni maqullardi. Russo Fransiyaning ilg'or yoshlariga katta tasir ko'rsatdi.

Melyening (1664-1729) butun hayoti noma'lum qishloq cherkovi xodimi bo'lib qoldi. U yashirincha "Vasiyatnoma" nomli kitobini yozib, unda o'zining haqiqiy etiqodlariga yo'l ochib berdi."Vasiyatnoma " faqat Mele vafotidan kiyin mashhur bo'ldi. U men cherkov xodimi vazifasini "juda jirkanib va juda pala partish " bajarib keldim deb etirof qilgan edi. O'z kitobida u xudoga, karolga, boylarga urush e'lon qilgan edi. Mele xudosiz sifatida maydonga chiqgan edi. "O aziz do'stlar, deb yozgan edi u - din niqobi ostida sizlarga qanday yolg'on yashiqni o'rgatayotganligini bilsangiz edi" Mele feodal tartibsizliklarga karolning, cheklanmagan hokimiyatiga xujum qilgan edi. Mele xususiy mulkni fosh qilib, yerni umumxalq mulki qilmoq kerak deb taklif qilgan edi. Xususiy mulkni e'tirof qilgan boshqa marifatchilar orasida Mele aloxida o'rin tutadi.


Melye faqat qishloq kambag'allarining orzu - umidlarini ifodalagan edi xolos. XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada butun dunyoda shuxrat qozongan "ensklopediya" nashr etilib, u o'sha vaqtgacha to'plangan bilmlar va g'oyalar majmuasidan iborat edi. "Ensklopediya" uchun maqolalarning Val'ter, Russo va boshqa marifatchilar yozar edilar, lekin butun nashrning boshlig'i va joni ajoyib yozuvchi ba mutafakkir Deni Didro (1713 - 1784) edi". Biz insoniyatga xizmat qilamiz,- degan edi g'urur bilan Didro. Bizning ishoramiz - xurofotchilarga, mutaasiblarga, beparvolarga va mustabidlarga xech qanday shavqat qilmaslikdan iborat10. "Cherkov peshvolari g'azabga keldi. "Ensiklopediya" ning yettinchi tomi bosilib chiqqandan keyin uni Fransiyaga nashr etish taqiqlandi. "Ensiklopediya" ni yashirin chop qila boshladilar. Hammasi bo'lib 35 tomi nashr qilindi. Ensiklopediya" ni eski tartibga xujum qiluvchi qamal mashinasi deb atardilar.
XVII asrdagi Fransiyani marifatchilarini "yaqinlashib kelayotgan inqilob uchun kishilarning miyalarini marifatli qilgan" buyuk kishilar edi. Qirol deputatlarga nisbatan qurol ishlatishga buyruq berdi,ammo qirol askarlari deputatlarga qarshi o'q otishni istamadilar. Shundan so'ng qirol Lyudovik XVI chekinishga va deputatlar bilan kelishishga majbur bo'ldi. Ammo zimdan xorijfagi davlatlar qirollari va monarxlari bilan til biriktirib, chet el qo'shinlari yordamida o'z xalqiga qarshi urush yo'llarini qidira boshladi. Qirollikning barcha xatti- harakatlari xalqining sabr-kosalarini to'ldirdi. 1789-yil 14- iyulda Parij aholisi Bastiliya qamoqxonasini qo'lga kiritdi va u yerdagi mahbuzlarning barchasini ozod etdi. Bastiliyaning qulashi Fransiya tarixida katta siyosiy voqea bo'lib, u Fransiya inqilobining boshlanishidan darak berar edi. Inqilob tezda butun Fransiya bo'ylab tarqaldi. Ammo bir kun oldin, 13-iyulda qirol Lyudovik XVI Versalda, Mariya-Antuanetda ishtirokida katta bayram tantanalari o'tkazdi.
Versal saroyida o'yin-kulgi, xursanfchilik abjiga chiqdi, qirol va qirolicha sharafiga ularning yaqin orada "Parijlik g'alamislar" ustidan g'alaba qozonishlar uchun qadaxlar ko'tarildi11. General shtatlar 1789-yil 5-mayda Versalda tantanali suratda ochildi. Qirol poytaxtdagi rivalyutsion kayfiyatda boigan ommadan qo'rqib, general shtatlarning majlisini Parijda o'tkazni istamasdi. Burjuaziyaning vakillari, shuningdek ziyolilarning vakillari olimlar, advokarlar, vrachlar- uchinchi toifaning vakillari edilar. Ular orasida rahbarlik mavqeini yirik burjuaziyaning vakillari (bankirlar va katta savdogarlar ) egallagan edilar.
Qirol taxtga chiqib o'tirib, shlyapasini kiyganida, dvoryanlar va ularning deputatlariham eski imtiyozlaridan foydalanib bosh kiyimlarini kiydilar. Lekin shu payt kutilmagan voqea yuz berib, zodoganlarni ajablantirdi va g'azabga keltirdi: uchinchi toifa vakillari qirolning nutqini tiz cho'kib va bosh yalang eshitishi kerak edi, biroq qirolning nutqini ular ham bosh kiyimlari bilan, tikka turib eshita boshladilar. Shundan keyingi kunlarda General shtatlar majlis qilib turgan binoni parijliklar to'da- to'da bo'lib kelib o'rab ola boshladilar. Ular: majlisni qirolga qarshi kurashga kelgan edilar. Mana 1789-yil 17-iyunda uchinchi toifa deputatlari xalqning madadini sezib, o'zlarini mamlakatda oily hokimiyat - Millat majlisi deb elon qildilar. Ular uchinchi toifaga butun millatning 96 % kirishini dalil qilib ko'rsatdilar12.


Uch kundan keyin, 1789-yil 20-iyunda, navbatdagi majlisni o'tkazish uchun kelgan deputatlar majlis binosi bekilib qo'yilganini ko'rdilar. Qorovullar ularning yo'llarini to'sdilar. Qirol majlis o'tkazishga yo'l qo'ymoqchi emas edi. Ko'p xaloyiq to'plandi. Ular deputatlarga dalda berib turdilar. Kimdir boshqa binonining koptok o'ynaladigan bo'sh zalini ko'rsatdi. Majlis raisi skameyka ustiga chiqib, qasamyod tekstini o'qiy boshladi, deputatlar hech nimaga qaramasdan to konstitutsiya ishlab chiqulmaguncha tarqalib ketmadilar. Hozir bo'lganlarning hammasi bu fikrni ma'qullab qo'llarini baland ko'tardilar.
Ko'p o'tmay Millat majlisi o'zini Ta'sis majlisi deb e'lon qildi, chunki uning maqsadi konstitutsiya joriy qilish, ta'sis etish edi. O'sha kunlarda Russoning hukumatni tuzishga xalqning o'zi haqlidir, degan so'zlari tez-tez esga olib turilardi13. Korol Ta'sis majlisining bo'lishiga roziman dedi. Lekin bu gap shunchaki ko'z buyash uchun aytilgan edi. Shundan keyin ruhoniylar va dvoryanlar deputatlarning ancha qismi uchinchi toifaga qo'shildi. Amalda esa korol kuch ishlatishga qaror qilgan edi. Versalga va Parijga qo'shinlar keltirildi. Bu xabar poytaxtda boshlangan g'alayonni yanada kuchaytirdi. 13 iyulda butun Parij qo'zg'olon ichida qoldi. Qo'zg'olonchilar o't qo'ygan bojxona zastavalari lovillab yonmoqda edi.
1789 yil 14 iyulda, korolning qal'a-turmasi Bastiliyadagi zambaraklar shaharga to'g'irlab qo'yilibdi, degan ovoza tarqaldi. Bastiliyaning balandligi 30 metr keladigan 8 minorasi bo'lib, bu minoralar tosh devorlar bilan tutashgan edi. Korol va uning ministrlari o'zlarining shaxsiy dushmanlaridan anna shunday yo'l bilan uch olardilar. Bastiliya korol hokimiyatining timsoli edi. Xalq unga nafrat bilan qarardi. Lyudovik XVI ga Bastiliya qo'ldan ketdi, deb xabar qilganlarida, u «bu axir isyon-ku» deb xitob qilgan. Ayonlardan biri: «Yo'q, podshohim, bui syon emas, inqilob» deb javob bergan. Korol qo'shinlariga ortiq ishonmasligidan, ularga Versal va Parijdan chiqib ketish haqida buyruq berdi.
Bastiliyaga hunarmandlar, xalfalar, ishchilar, mayda savdogarlar, boshqacha qilib aytganda, shahar «pastki tabaqalari», ya'ni sankyulotlar (fransuzcha «sankyulot» so'zi uzun pochali demakdir) deb atalgan kishilar xujum qildilar. Inqilobning dastlabki kunlaridan boshlaboq «pastki tabaqalar» uning eng aktiv jangovar kuchlaridan biri bo'lgan edilar. Bastiliyaning olinishi buyuk fransuz burjua revolyutsiyasining boshlanishidir. Korol hukumatiga qarshi ko'tarilgan xalq ommasi g'alaba qozondi. Xalq cheklanmagan monarxiyani ag'darib tashladi. Qonunlarni Ta'sis majlisi chiqarishga korol rozilik berishga majbur bo'ldi. Fransiyada cheklanmagan (konstitutsion) monarxiya o'rnatildi. Ta'sis majlisida yirik burjuaziya vakillari ko'pchilik bo'lganidan mamlakatda hokimiyat amalda feodal aristokratiyadan yirik burjuaziya qo'liga o'tdi, yirik burjuaziya feodal tartiblarni yemirishga kirishdi.
yoz -messedon, termidol, fryuktidor, kuz - vandimer, bryumer, fremer, qish - nivoz, plyubvoz, vantoz nomlari bilan yuritiladigan bo'ldi. Ammo bu taqvimga birinchi respublika qulagach amal qilish to'xtatildi.
Inqilob davrida xristian diniga qarshi harakat kuchaydi va hatto yakobinchilar hukmronligi davrida Oliy idrokka e'tiqod qilish odat tusiga kira boshladi. Mamlakatda haqiqat ibodatxonalari ochildi. Bu harakat butun mamlakatga yoyildi.
1793 yil noyabr oyida Parijning Bibimaryam ibodatxonasida Ozodlik va Idrok e'tiqodlariga bag'ishlangan tantanali bayram boidi. Idrokni go'zal ayol o'zida mujassamlashtirdi. Ammo Robesper va Danten bu harakatlarni qo'llab-quvvatlamadilar. Yakobinchilarning Ijtimoiy najot qo'mitasi bu harakatga qarshi chiqdi. Bu harakatning barcha rahbarlari gilotina tig'idan o'tkazildilar. Shuni aytish kerakki, hokimiyat bilan gilotina o'rtasidagi «masofa» unchalik katta bo'lmay, inqilob davrida har ikkalasidan birini tanlashga to'g'ri kelar edi.
M.Robesper Oliy idrok e'tiqodiga qarshi Oliy zotga e'tiqod qilish marosimlarini avj oldirdi. Konvent bu masalanimuhokama qilib, ko'pchilik ovoz bilan Fransiya Oliy zotga ishonadi qabilida qarf qabul qildi. Xristian dinining katolik mazhabi yana o'z mavqeini jamiyat orasida mustahkamlay boshladi.
Parij Kommunasi va uning bo'limlari tor-mor etilgach, inqilobiy harakat o'zining eng yuqori nuqtasiga chiqdi. Barcha hokimiyat tizimi yakobinchilar qo'lida bo’lishiga qaramay, ular o'rtasida o'zaro kelishmovchilik boshlandi. So'l yakobinchilar - Eber va Shomett Ozodlik va Idrok e'tiqodlarini o'tkazishda boshchilik qilgan edilar. Ularning «o'lim mashinasi» - gilotinada qatl etilishlari Yakobinchilar o'rtasidagi kelishmovchilikni kuchaytirdi. Robesper va uning guruhi hokimiyatni saqlab qolishgina yagona yo'li terror - jazoni kuchaytirishda deb bildilar. Qatag'on dahshatli tus oldi «o’lim aravalarining» «qatnovi» tezlashdi.
10 iyulda maxsus qonun qabul qilindi. Bu qonunga asosan yolg'on ma'lumotlarni tarqatgan har bir kishi o'lim jazosiga mahkum etilardi. Robesper va uning atrofidagi kishilarni qo'llab-quvvatlamagan har bir kishi gilotina tig'idan o'tkazilar edi. Kishilar endi yakka-yakka emas, balki guruhlab sud qilinar va o'lim jazosiga mahkum etilar edilar. 150 nafar royalistlar, turli jinoyatchilar va boshqalar bir vaqtning o'zida sud qilinib, oiimga mahkum etildilar. bu dahshatli voqealar 46 kun davom etdi. Nihoyat, 9 termidor (1794 yil 27 iyul) kuni u nihoyasiga yetdi. Konvent qo'qqisdan Robesper va uning tarafdorlariga qarshi chiqib «yo'qolsin zolimlar» hayqirig'i bilan Robesperga so'z ham bermadilar. Oradan bir kun o'tgach, Robesper sudsiz, so'roqsiz qatl etildi. Robesperning oiimi Bilan mamlakatda «oq terror» avjiga chiqdi, endi yakobinchilarning o'zlari bu qatag'onning birinchi qurbonlari bo'ldilar14. Hokimiyat tepasiga yana jirondachilar keldi. ular mulkni va erkinlikni, tadbirkorlikni himoya qiladigan Respublika tarafdori edilar. 1795 yilda Konvent yangi Konstitutsiya qabul qildi. U mamlakatda respublika tizimini mustahkamladi. Inqilobning feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiqladi. Mamlakatda 2 palatali parlament tashkil etildi. ijroiya hokimiyat besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi.
Direktoriya 1795-1799 yillar mobaynida mamlakatni boshqardi. Bu davrda monarxiya tarafdorlari isyon ko'tardilar. Ularning maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq General Napoleon Bonapart Konventning xaloskori bo'ldi. Uisyonchilar kuchini tor-mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo'l ochdi. Direktoriya Shimoliy Italiyani Avstriya qo'shinidan ozod qilishi uchun Napoleon Bonapartga umid bog'ladi. 26 yoshli general bu vazifani sharaf bilan uddaladi.
1797 yilda u Avstriyani tinchlik shartnomasi tuzishga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur qildi. shu tariqa Napoleon Italiyadan Parijga shon-shuhratga ko'milgan holda qaytib keldi. Endi hukmron tabaqalar Fransiyada Napoleondek qattiqqo'l siyosatchining hokimiyatini o'rnatishga fursat yetdi, degan xulosaga keldilar va davlat to'ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozi bo'ldi. 1799 yil 9 noyabrda Davlat to'ntarishi amalga oshirildi. Parlament Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etildi. Uning tarkibi 3 kishidan iborat bo'ldi va ularning har biri «Fransiya Respublikasining Konsuli» unvoniga ega bo'ldi. Uch Konsuldan biri Napoleon Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo'lida to'plandi15. Buyuk fransuz inqilobining tarixiy ahamiyati katta. Uning natijasida Fransiyada bozor iqtisodiyotiga asoslangan Yangi jamiyat qurilishi boshlandi, mutloq hukmronlikka asoslangan va ming yildan uzoq davr mobaynida yashab kelgan qirollik tuzumi ag'darilib, Respublika o'rnatildi. Fransiyada feodalizmga asoslangan jamiyatga chek qo'yilib, huquq, qonun oldida barcha teng, ozod deb e'lon qilindi. Buyuk fransuz inqilobi demokratik inqilob bo'lib, undagi Tenglik, Ozodlik, Birodarlik g'oyalari butun Dune bo'ylab tarqaldi. Buyuk fransuz inqilobi feodal tartiblarni, imtiyozli unvonlarni bekor qildi hamda sanoat, savdo va qishloq xo'jaligini tez rivojlantirish yo'lini ochdi. Inqilob natijasida «Inson va fuqarohuquqlari Deklaratsiyasi»ning 1789 yilda qabul qilinishi, 1791 yil qabul qilingan Konstitutsiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Anna shu hujjatlar asosida mamlakatda o'tkazilgan saylovlar xalqning siyosiy ongini oshirdi. Davlatni boshqarishning yangi tizimi joriy etildi, ularda mahalliy hokimiyat organlari -munitsipalitetlarning roli osha boshladi.

Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling