Fransiya tashqi siyosati
XVIII asrda Fransiyada mutloq monarxiyaning tiklanishi
Download 281.5 Kb.
|
2 5253522241764727210
2.3XVIII asrda Fransiyada mutloq monarxiyaning tiklanishi.
1848-1849 yillarda Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida inqilobiy voqealar yuz berdi. Bu vaqtning o'zida yuz bergan bu inqiloblar Yevropaning mamlakatlari taraqqiyot jihatdan bir-birlariga juda ham yaqin ekanligini yana bir bor isbotladi. Bizga ma'lumki, XVII-XVIII asrlardan boshlab, erkin bozorn Yevropa qit'asida tobora rol o'ynayotgan edi, ammo jamiyatda hali feodalizm qoldiqlari mavjud edi. Shu sababli 1848-1849 yillarda boshlanib ketgan bu inqiloblar eskilik qoldiqlarini tugatishga qaratilgan edi. Shu bilan bir qatorda, bu inqiloblar sanoatlashgan tuzumning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berish kerak edi. 1848-1849 yillardagi Yevropa mamlakatlaridagi inqiloblarning o'xshash jihatlaribilan bir qatorda har bir mamlakatda o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud edi. Italiya va Germaniyada ijtimoiy muammolardan ham ko'ra milliy muammo-ham ikki mamlakat xalqlarini milliy davlatlar asosida birlashtirish masalasi turar edi. Avstriya imperiyasida esa har bir xalq o'zining milliy mustaqilligiga erishish uchun Gabsburglar sulolasi hukmronligiga qarshi kurashga bel bog'lagan edi. Fransiyada esa ahvol yanada boshqaroq edi. Chunki Fransiya asrlar davomida markazlashgan milliy davlat bo'lib, ijtimoiy muammolar inqilobning eng dolzarb masalalaridan hisoblanar edi. Fevral oyida boshlanib ketgan inqilob Fransiyada o'z davrida eng demokratik respublikaning o'rnatilishiga olib keldi. 1848 yilda qabul qilingan konstitutsiya ilg'orkonstitutsiya bo'lib, unda hokimiyat tizimlari - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud prokuratura organlarining vazifa va mazmunlari juda aniq belgilangan edi. Fransuz huquqshunoslari, olimlari, mutafakkirlari 1848-1851 yillarda hukm surgan ikkinchi respublika davomida juda ko'p ijobiy ishlarni amalga oshirdilar36. Qisqa muddatda saylash va saylanish, davlat mahkamalarini xalq saylovlari asosida tashkil etish, partiyalarning jamiyatdagi faoliyatini ta'minlash, parlament tizimini yaxshilash, prezidentlik boshqaruvini joriy etish kabi bunyodkorlik ishlarini birinchilardan bo'lib fransuzlar yo'lga qo'ydilar. Ma'lumki Fransiyada barcha fuqarolarning umumiy ovoz berish huquqini qoiga kiritish g'oyasi xalq orasida keng tarqalgan edi. 1848 yil 22fevralda boshlanib ketgan xalq inqilob mamlakatda islohotlar o'tkazishni o'nrtaga qo'di. Inqilob qatnashchilari hunarmandalar, mayda do'kon egalari, ziyolilar, ishchilar va respublika tarafdorlaridan iborat edi. Inqilobchilarning rahbarlari ziyolilardan chiqqan bo'lib, qirol Lui Filipp armiyasiga qarshi barrikadalar tashkil etdilar. Bu to'qnashuvlar natijasida asta-sekin qirol qo'shinlari ham qo'zg'olon ko'targan xalq tomoniga o'ta boshladilar. 1848 yil 23 fevraldan 24 fevralga o'tar kechasi xalq qurol-yarog' omborlarini va Parij shahrining asosiy bino va davlat ma'muriyati joylashgan mahkamalarni bosib oldi. qirol Lui Filipp yollangan foytunda o'z yaqinlari bilan Angliyaga qochishga majbur bo'ldi. «Iyul monarxiyasi ag'darib tashlandi. qurollangan xalq deputatlar jamoasining hokimiyatni qirol oilasiga mansub bo'lgan biror kishiga topshirishga qattiq qarshilik ko'rsatdi. 1848 yil 24 fevralda Fransiya tarixida ikkinchi marta respublika tizimi e'lon qilindi. Muvaqqat hukumatning raisi etib advokat Dyupon tayinlandi. U 1789-1794 yillarda buyuk fransuz in-ilobi qatnashchisi edi. Ammo muvaqqat hukumatning asosiy rahbari tashkilotchisi mashhur shoir, tarixchi, davlat arbobi, akademik Alfons Lamartin edi. U o'sha paytda 58 yoshda bo'lib, tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi. Muvaqqat hukumatning 11 a'zosidan 7 tasi sobiq jamoalar palatasi deputatlari edilar; o'z kasb-koriga ko'ra to'rttasi advokat, uchtasi jurnalist boisa, bir kishi astronom bir kishi savdogar, bittasi diplomat va bir kishi ishchi edi. Muvaqqat hukumat a'zolari turli yoshdagi kishilar edi. Muvaqqat hukumat bir qancha chora- tadbirlar o'tkazdi: 21 yoshga yetgan va undan oshgan barcha erkaklar saylovda qatnashish huquqini oldi. Natijada saylovlar soni 9 milliondan oshdi, vijdon erkinligi e'lon qilindi. Tinch tamoyillar o'tkazish, ijtimoiy- siyosiy ittifoqlar tuzish fransuz xalqining uzviy huquqlariga aylandi. Bir qancha klublar tuzildi, yuzlab gazetalar nashr etila boshlandi. Senzura bekor qilindi. Ish kuni Parijda 10 soat, Fransiyaning qolgan barcha yerlarida 11 soat qilib belgilandi. Fransiyaning mashhur siyosiy arboblaridan biri sotsialist, Muvaqqat hukumat a'zosi Lui Blan boshchiligida Lyuksemburg komissiyasituzildi. Bu komissiya bir necha ishchilar va koxona rahbarlaridan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi muammolarni birgalikda maslahatlashib hal qilish kerak edi. Bir necha oy davomida komissiya a'zolari va muvaqqat hukumat yuzaga kelgan ishsizlar muammosini hal etish uchun harakat qildilar. Muammo «milliy ustaxonalar»deb nomlangan jamoatchilik ishlarini tashkil qilish orqali hal etildi. 100 mingdan ortiq kishi ishchi yerlarni tekislash, tozalash bilan band bo'lib, kuniga 2 frankdan haq olar edilar. Kundan-kun "milliy ustaxonalar"dagi ishchilar soni ortib bordi, lekin ularga to'lanadigan ish haqi davlat xazinasiga katta zarar keltirdi. 23 aprelda Ta'sis majlisiga saylovlar o'tkazildi. May oyining boshlarida Muvaqqat hukumat o'rnini 5 kishidan iborat Ijroiya komissiyasi egalladi37. Ijroiya komissiyasi "Milliy ustaxonalarni yopish to'g'risida" qaror chiqardi. Bu qaror "Milliy ustaxona" ishchilarini har ish kunida oladigan ikki frankdan ahrum qildi. Ana shu ishsizlar 23-26 iyun kunlari Parijda qo'zg'olon ko'tardilar. 100 mingdan ortiq ishchilar - duradgorlar, temiryo'lchilar, temirchilar, ishsizlar 600 ga yaqin barrikada qurib, hukumat qo'shinlariga qarshi mardonavor jang qildilar. Hukumat qo'shinlariga general Kenyak boshchilik qildi. Har ikki tomondan berilgan katta qurbonlar evaziga iyun qo'zg'oloni bostirildi. Parijda janglarda halok bo'lgan va otib tashlangan qo'zg'olonchilar soni 11 minga yetdi. Qamoqqa olinganlar soni 25 mingdan oshdi38. 1848 yil 23 aprelda bo'lib o'tgan Ta'sis majlisiga o'tkazilgan saylovlarda 900 ga yaqin deputat saylandi. Ta'sis majlisi deputatlari Ikkinchi respublikani mustahkamlash uchun Konstitutsiya ishlab chiqish, davlat boshqaruv organlarini xalq saylovlari asosida yo'lga qo'yish, mamlakatda zamonaviy parlament tuzumini tashkil etish kabi masalalarni hal etishlari kerak edi. Ta'sis majlisi bir yillik faoliyatida Konstitutsiyani ishlab chiqdi, mamlakatda prezidentlik respublika tizimini joriy etdi39. 1848 yil dekabr oyida muqobillik asosida bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida Napoleon Bonapartning jiyani 40 yoshli Lui Napoleon Bonapart Fransiyaning birinchi prezidenti etib saylandi, uning raqiblari Kavenyak, Ledryu-Rollen, Lamartin va boshqa prezidentlikka nomzodlar ancha kam ovoz oldilar. 1849 yil bahorida Ta'sis majlisi o'z o'rnini Milliy majlisga bo'shatib berdi. Ta'sis majlisi, Milliy majlis faoliyatlari davomida Fransiyada "Tartib" partiyasi, "Yangi tog'" partiyasi va bir qancha klublar, siyosiy-ijtimoiy tashkilotlar faoliyat ko'rsata boshladi. Ammo Fransiyada aksariyat aholining hali siyosiy jihatdan yetukmasligi, dehqonlarning ko'proq monarxistik tuzumga moyilligi, respublikachilik an'analarining hali zaifligi, o'rta tabaqalarga mansub bo'lgan aholining tarqoqligi tufayli Ikkinchi respublika va undagi parlament tuzumi uzoq davom etmadi. Ikkinchi respublika prezidenti Lui Napoleon Bonapart Tartib partiyasi, harbiylar va o'z vazirlari yordamida 1851 yil 1 dekabrdan 2 dekabrga o'tar kechasi Milliy majlisni tarqatib yubordi. Bu amalda davlat to'ntarishi edi. Oqibatda Fransiyada respublika tuzumi barham topdi. 1852 yil 2 dekabrda Fransiya imperiya deb e'lon qilinib, Lui Napoleon Bonapart Napoleon III nomi bilan taxtga o'tirdi. 1848-1849 yillardagi fransuz inqilobi Ikkinchi respublika va hatto Napoleon III ning Bonapartizmga asoslangan boshqaruv tizimi barchasi kapitalizmning jadal sur'atlar bilan rivojlanish uchun xizmat qildi. 25 fevralda g'oyat ulkan ishchilar namoyishi talabi bilan Fransiya respublika deb e'lon qilindi40. Respublikani ishchilar va kurashlari bilan, o'z qonlari bilan qo'lga kiritdilar. Xuddi o'sha kuni Muvaqqat hukumat joylashgan bino oldidagi maydon yana qurolli xalq bilan liq toidi. Ishchilardan biri qo'lida qurol tutib, xalq nomidan hukumatdan "mehnat huquqi"ni, ya'ni ishga muhtoj bo'lgan har bir kishining ish olish huquqini e'tirof etishni talab qildi. Muvaqqat hukumat "mehnat huquqi"ni tan olishga rozi bo'ldi va dikret chiqarib, "hamma grajdanlarni ish bilan taminlash" majburiyatini o'z zimmasiga oldi. Lekin bu ishni hukumat o'z tepasiga kelgan xavfni bartaraf qilish uchun qilgan edi xolos. Xalq ommasining tazg'yiqi ostida Muvaqqat hukumat umumiy saylov huquqi (erkaklar uchun) joriy etildi. Ish kuni bir soat (Parijda 11 dan 10 soatgacha, viloyatlarda 12 soatdan 11 soatgacha) qisqartirildi41. Fransiya mustamlakalarida qullik bekor qilindi. 1848 yilda e'lon qilingan va 1852 yilgacha yashab turgan respublika Ikkinchi respublika deb nom oldi. Demokratik respublikada umumiy saylov huquqi, parlament boshqaruvi, so'z erkinligi, majlislar qilish erkinligi va boshqalar joriy qilinadi, shuning uchun demokratik respublika monarxiyaga nisbatan olg'a tashlangan qadamdir. Demokratik respublika ishchilarga o'z kuchlarini uyushtirish, jipslashtirish uchun, o'z sinfiy manfaatlarini himoya qilib, kapitalistlarga qashi ochiq kurashishi uchun katta imkoniyatlar beradi. XIX asrning 50-60 yillarida Fransiyada yirik kapital hukmronlik qilib, davlat tepasida Napoleon III o'tirardi. U 1851 yil 2 dekabrda o'tkazilgan davlat to'ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga chiqib olgandi. 1852 yilda Napoleon III o'zini imperator deb e'lon qildi. Ikkinchi imperiya deb atalgan bu davrda Fransiyada ishlab chiqarish tez rivojlandi42. Sanoatda o'zgarishlar tugallashib, temir yoilar tarmoqlari ko'payib bordi. Katta-katta zavod va fabrikalar qurildi. 60-yillarning ikkinchi yarmida Napoleon III ning mavqega putur yetdi. Fransuz burjuaziyasi uning tashqi siyosat sohasidagi muvaffaqiyatsizliklarini, xususan Prussiyaning Germaniyani birlashtirishga to'sqinlik qila olmaganini kechira olmadi. 1860 yilda tuzilgan Angliya-Fransiya savdo shartnomasidan ham norozilik mavjud edi. Chunki shartnomaga ko'ra, Fransiyaga ingliz tovarlarining kiritilishi, fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirgan edi. Napoleon III hukumatidan norozilik oddiy xalq orasida ham kuchaygan edi. Bunga ishsizlik, qashshoqlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxining to'xtovsiz oshib borishi sabab boimoqda edi. Napoleon III hukumati mamlakatda norzilik kuchayotganligini, o'z obro'-e'tiborining tushib borayotganligini nazarda tutib, Prussiyaga qarshi urush e'lon qildi. U shu yo'l bilan mamlakatdagi ahvolni o'nglab olishga qaror qildi. Hukumat Prussiyani tor-mor qilishni, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslikni Reynning g'arbdagi nemis yerlarini bosib olishni vash u yo'l bilan o'z obru-e'tiborini tiklashni o'ylardi43. Bismark Germaniyasi ham bir necha yillardan buyon Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Bismarkning maqsadi Germaniyada Prussiyaning hukmronligini mustahkamlashga to'siq bo'lgan Fransiyani yengish, demokratik harakatlarni bostirish edi. 60-yillarning oxirida Prussiya janubiy German davlatlarini o'z tomoniga og'dirib olishga, Avstriya Vengriyani va chor Rossiyani betaraf betaraf qilishga muvaffaq bo'lgan edi. Shunday qilib, har ikki tomon - Fransiya ham, Prussiya ham urushga intilmoqda, buning uchun bahona qidirmoqda edi. Fransiya Prussiya hukumatlari o'rtasida Ispaniya qirolligining bo'shab qolgan taxtiga kimni qirol qilib qo'yish masalasida janjal chiqdi. Muzokaralar davomida Bismark Prussiya qiroli xatiga o'zgartirishlar kiritib, Fransiya hukumatini ataylab haqorat qildi. Uning mAqsadi shunday ig'vo bilan Fransiyani urush boshlashga majbur qilish edi. Bismark muddaosiga erishdi. 1870 yil 19 iyulda Fransiya Prussiyaga qarshi urush e'lon qildi44. Bismark urushni shunday ustalik bilan boshlab yubordi-ki, German xalqi nazarida Fransiya xujum qilgan davlat bo'lib qoldi. Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi davstlabki kunlarda nemislar uchun milliy ozodlik urushi edi. 31 oktabrda Parij xalqi Blanki, Deleklyuz va boshqa sotsialistlar tashabbusi bilan shahar Ratushasiga bostirib kiridi va hukumatni ag'darilgan deb e'lon qildi45. Biroq, hukumat qo'zg'olonni bostirishga muvaffaq bo'ldi. Xalqning kuchayib ketgan vatanparvarlik ruhi fransuz yuqori tabaqalarini tashvishga solib qo'ydi. Ular ishchilar prussiyaliklarni tor-mor qilgandan so'ng qurolni hukumatga qarshi qaratadilar, deb qo'rpqar edilar. Hukumat o'z qo'liga qarshi kurashish mAqsadida prusslar bilan «til biriktirishga» qaror qildi. Xalq ommasi hukumatni tutgan bu yo'li uchun «Millatga xiyonat hukumati» deb atadi. 1 martda Bordoda bo'lib o'tgan Milliy majlis yig'ilishida 549 deputatdan 107 tasi bitimga qarshi chiqdi46. Ular orasida Viktor Gyugo, Leon Gambetta, Jorj Klemanso ham bor edi. Germaniya Fransiyanings anoati rivojlangan, strategik jihatdan muhim bo'lgan, ko'mir va temirga boy Elzas va Lotarengiya viloyatlarini egalladi. Bundan tashqarii, mag'lub Fransiya hukumati Germaniyaga 5 milliard frank kontributsiya (tovon) toiashi, kontributsiya to'lagunga qadar Fransiyaning ancha qismigerman qo'shinlari tomonidan bosib olingan holmicha turadigan bo'ldi. Keyinroq 1871 yil 10 may kuni Frankfurt - Maynda Germaniya bilan Fransiya o'rtasida sulh shartnomasi imzolandi. Fransiya respublikasi haqida fikr yuritar ekanmiz, albatta bugungi Fransiya haqida fikr yuritishni joiz deb topdim. Fransiya Yevropaning g'arbidagi davlat, poytaxti Parij. Hududi 551000 km kv. Aholisi 59200000 kishi (2001). Davlat tili fransuz. Dini katolik (96%). Pul birligi yevro. Davlat tuzilishi - prezidentlik respublikasi. Mamlakat tarkibiga 96 deportamentga boiingan 22 ta viloyat kiradi. Franklar qirolligi V asrda tashkil topadi. Birinchi respublika 1792 yilda e'lon qilingan. So'ngi konstitutsiya (V respublika ) 1958 yil 28 sentabrda qabul qilingan. Milliy bayrami 14 iyul - Bastiliya olingan kun (1789). Davlat boshlig'i - Prezident. Prezident Bosh vazir (Ministrlar kengashi Raisi)ni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Milliy majlis (qo'yi palata) dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi47. yil fevral oyida Fransiya bilan O'zbekiston o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. yil 28-30 oktabr kunlari O'zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi natijasida ikala mamlakat o'rtasida sarmoyalarni o'zaro Rag'batlantirish va himoyalash to'g'risidagi bitim, ikala mamlakat o'rtasida do'stlik va hamkorlik, madaniyat, ilmiy- texnikaviy va maorif sohasida bitim imzolandi48. O'zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadan yirik « Kredit kommersial de Frans» banki o'rtasida bitim imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini sarmoya bilan taminlashda kata hissa qo'shdi. Undan tashqarii respublikamiz chorvadorlari, sogiiqni saqlash xodimlari (Bofur - ipsen internatsional dorichilik shirkati bilan) yaqin aloqa o'rnatganlar. Fransiyada «Temuriylar» nomli jurnal nashr etib kelinadi49. 1994 yil aprelda Parijda YUNESKO rahbarligida buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan tantanalar boiib o'tdi. bu sohadagi ulkan xizmatlari uchun YUNESKO Bosh direktorii F. Mayor «Do'stlik» ordeni, Temuriylar tarixi bilimdoni L. Keren «Shuhrat» medali Bilan taqdirlandi. tantanalar jarayonida I.A. Karimov Fransiya Prezidenti Jak Sherak Bilan uchrashdi va ikki mamlakat o'rtaksidagi aloqalarining kelajagi belgilab olindi50. Birinchi prezidentimiz LA. Karimov aytganlaridek: «Bizning nazarimizda Fransiya -insoniyat ruhi ulug'vorligi va aql ziyosi ramzi, jahonga ko'plab atoqli arboblar yetkazib bergan mamlakatdir. Fransiya nafaqat noyob madaniyat nafis san'at mamlakati, u yuksak ma'rifat, turmushning dono falsafasi, insonparvarlik bilan yo'g'irilgan adabiyot va she'riyat mamlakatigina emas. Bizning nazdimizda Fransiya jahonga ilk bor erkinlik, tenglik va birodarlik singari oliy maqsadlarni in'om etgan zamonaviy demokratiya vatani hamdir»51. Xulosa XVIlI - XlX asrlarda Fransiyaning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti tarixi yoritish hozirgi jahon tarixining muhim va dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masala anchadan buyon tarixchi va boshqa turdagi fanlar bilan shug’ullangan olimlarning diqqat markazida turgan. Fransiyaning XVIII-XIX asrlardagi ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohasiga bag’ishlangan manba va adabiyotlarda keltirilgan malumotlar qiyosiy tahlil qilib, qo’ydagicha xulosaga kelindi: Download 281.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling