Fransiya tashqi siyosati


Download 281.5 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi281.5 Kb.
#1488433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5253522241764727210

Ishning aprabasiyasi.
Bitiruv - malakaviy ish Qarshi Davlat universiteti Tarix va ijtimoiy fanlar fakul’teti ”Tarix” kafedrasi qoshidagi ”Yosh arxeolog” to’garagida ma’ruza qilingan va kafedra yig’ilishlarida muhokamadan o’tgan.
Kurs ishning tuzilishi.
Bitiruv - malakaviy ish kirish, ikki bob, besh fasl, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1.XVII asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakati.
1.1.XVIIl asrda Fransiyadagi milliy ozodlik harakati.
XVIl-XVIIl asrlarda Fransiyada mavjud bo'lgan siyosiy hokimiyatning mazmuni qo'yidagi iborada o'z ifodasini topgan edi: «Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo'lib tug'ilga o'ylab o'tirmasdan bo'ysunmog'i lozim». Fransiyada mutloq monarxiya qaror topishi bilan General shtatlar o'zini avvalgi ahamiyatini yo'qotdi. Qirollarning o'ziga qolsa, vakillik organlarini butunlay yo'q qilardilar. Biroq buning iloji yo'qligi uchun ularning mamlakat siyosiy hayotiga ta'sirini kamaytirishga urinar edilar. Bunga erishganlar ham.
Angliya parlamentidan farqli o'laroq, Fransiyada General shtatlar doimiy faoliyat ko'rsatuvchi davlat organiga aylana olmadi. Keyinchalik u juda kamdan-kam holatlarda, faqat kuchli zarurat tug'ilgandagina chaqiriladigan bo'ldi.
1614 yildan boshlab butun XV asr davomida esa biror marta ham chaqirilmadi2. Bu hodisa Fransiyada qirol hokimiyati Angliya qiroli hokimiyatidan ham kuchliroq boiganligini isbotlaydi.
Qirol ayni paytda hukumat boshlig'i ham edi. Uning huzurida hukumat kengashi tashkil etilgan. Kengash a'zolari qirol tomonidan tayinlangan. Ichki va tashqi siyosatga doir barcha masalalarni shaxsan o'zi hal etgan. Shu tariqa butun mamlakatda qirolning shaxsiy hukmronligi o'rnatilgan. Shunday bo'lsa-da, parlament butunlay tugatilmagan. Fransiya hududida jami 17 ta viloyat parlamenti mavjud edi. Mamlakat fuqarolariga viloyatlardagi sudlar ustidan shikoyat qilish huquqi berilgan. Ayniqsa, Parij parlamenti kata ta'sirga ega bo'lgan. Uning vakolati mamlakat hududining 1|3 qismga tarqalgan. Parij parlamenti taxt vorisi yosh bo'lsa, regent tayyorlash huquqiga ham ega bo'lgan. Qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qirol shaxsini ilohiy deb hisoblovchi axloq tashkil etgan.

Lyudovik XIV bekorga «davlat - bu men» demagan edi3, qirol qarorgohidagi bog'larga o'rnatilgan haykallar ham uning buyukligini eslatib turishi lozim bo'lgan. Hatto Yupiter haykali Lyudovik XIV ning yuziga o'xshatib ishlangan. Fransiya qirolligida har ikki cherkov ham faoliyat ko'rsata boshlaydi. XV asr boshlarida Lyuter ma'lumotiga mos g'oya tarqaldi. Mamlakatda «Injil»ning fransuzcha tarjimalari paydo bo'ldi4 . Ibodatxonalarda duolar ona tilida o'qila boshlanadi. Shu tariqa vaqtlar o'tishi bilan Fransiya ichki dushman lagerga - katoliklar va protestantlar lageriga bo'linib qoldi. Fransiyada protestantlar, gugenotlar deb atalgan. Mamlakat shimoli va qirol xonadoni katoliklar tomonida, Janubiy Fransiya esa gugenotlarniki bo'lib qoldi. Gugenotlar hammani o'z dinlariga tortishga intildilar. Ular maxfiy bosmaxonalar tashkil etib, varaqalar chop etdilar va uni butun mamlakat bo'ylab tarqata boshladilar. Reformatsiya Fransiyada shu tariqa kirib keldi.


Katolik cherkovi protestantlikning tarqalishini dushmanlik bilan qarshi oldi. 1562 yilda qirolning qarindoshi, katoliklar rahnamosi gersog Giz o'zining ko'p sonli qo'riqchilari bilan Vassida potestant gimnini ijro etayotgan protestantlariga hujum qildi. Oqibatda 20 dan ortiq protestantlar o'ldirildi,100 dan ortig'i esa yarador qilindi. Bu voqiya Fransiyada 32 yil davom etgan diniy urushlarning boshlanishga turtki bo'ldi5. Bu diniy urush mamlakat boshiga katta kulfat keltirdi. Mamlakatda yovuzlik, jaholat kuchaydi. Gugenotlarga juda katta talofat keltirildi. Shunday bo'lsa-da gugenotlar qirolni yon berishga majbur etdilar. 1570-yilda tomonlar kelishuvga erishdilar. Qirol yarashish ediktiga imzo chekdi . Gugenotlarga katoliklar qatorida davlat mansablarini egallash huquqi, diniy marosimlarni to'siqsiz yetkazish erkinligi berildi. Biroq bu erishilgan tinchlik uzoqqa chuzilmadi. Chet davlatlarning aralashuvi vaziyatni yanada chigallashtirdi . Urushning oldini olish uchun qirol Karl IX gugenotlar yetakchisi Genrixga o'z singlisi Margaritani turmushga berishga qaror qildi. To'y marosimi 1572- yilning avgustiga belgilanadi. Biroq katolik mutaassiblari shu voqiyadan foydalanib, gugenotlarning barcha rahbarlarini qirib tashlashni zimdan rejalashtirdalar. 24 avgust kechasi gugenotlar qirg'ini uyushtirildi. 3 kunlik qotillik davomida 30 ming kishi -qurbon boidi. Bu voqeya Fransiya tarixiga «Varfolomey kechasi» nomi bilan kirdi. Shu voqealardan keyin Fransiyada protestantlik taqiqlandi . Rim Papasi bu xabarni quvonch bilan kutib oldi.
«Vorfolomey kechasi»mamlakatdagi diniy urushga chek qo'ymadi. Urushning davom etishi muqarrar edi. Chunki gugenotlar taqdirga tan bermadilar. Gugenotlar Fransiyani bo'lib tashlashga qaror qildilar va mamlakat janubida o'z davlatlarini tuzdilar. Bu davlatni qirol xonadonining qarindoshi, gugenot Genrix qarindoshi, gugenot Genrix Navarsskiy boshqardi. Gugenotlar yaxshi qurollangan qo'shin tuzishdi. Genrix Giz esa qattiq harbiy intizom o'rnatilgan katolik liga tuzdi6. Katoliklar fitna tayyorlay boshladilar. Unga ko'ra, qirol olib qochilar va majburan monax qilinardi. Taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi. Biroq qirol Genrix III Genrix Gizni o'ldirtirishga muvaffaq bo'ldi.
Katolik cherkovi Genrix III ning bu ishini kechira olmas edi. O'ldirilganlar «azob chekkan avliyolar» deb e'lon qilindi. Cherkov dindorlarga fuqarolarning Genrix III ga sodiqlik qasamyodidan ozod qilinganliklarini e'lon qildi. 1589 yilda Genrix III o'ldirildi. Taxtni protestantlikdan chiqib, katolik mazhabiga o'tgan Genrix Navarsskiy Genrix IV nomi bilan egalladi (1589- 1610). U katolik mazhabini qabul qilmasdan Parijga borib taxtga o'tira olmasligini yaxshi bilardi. Genrix IV o'zining kuchi, qobiliyati va ta'siridan har ikki cherkov qavmlarini qo'shib tashladi. Diniy urushlarni to'xtatish va mamlakat yaxlitligiga erishish uchun 1598 yilda Nant ediktini imzoladi. Ediktda katoliklar davlat dini deb e'lon qilingan bo'lsa-da gugenotlar quvg'in qilinmaydigan bo'ldi. Mamlakatda diniy murosasozlikka erishildi.
XV-XVII asrlardan Fransiyada iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Feodal munosabatlari yemirilib, sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish munosabatlari rivojlana boshlandi. Feodallarning siyosiy ta'siri pasayib, Fransiya qirollarining hukmronligi kuchaydi. XVII asrga kelib Fransiya G'arbiy Yevropaning eng kuchli feodal absolyutizm davlatiga aylandi. Uning mustamlakalari Amerikada (Kanada, Vest-Indiya) va Hindistonda paydo boidi. XVIII asrda savdo-sotiq va sanoat yanada rivojlanishi bilan mahalliy hukmdorlar shu qadar mustahkamlandiki, endi u dvoryanlarning tanho hukmronlik qilishini hohlamay qo'ydi. Feodal tartiblar, qishloq xo'jaligining rivojlanishidagi asosiy to'siqqa aylana boshladi, sanoatning rivojlanishini qiyinlashtirdi. (Inqilob arafasida Fransiya aholisi 25 milionga yaqin edi . Uning asosiy qismi 84 % i qishloq aholisi. Shaharlarda atigi 2 million kishi yashardi. Jami daromadning 3|4 qismidan ko'prog'ini qishloq xo'jaligi berardi. Yerlarning deyarli hammasi dvoryanlarning va cherkovning mulki edi). Senyordan ketish yoki uning ustidan hech yerga arz-dod qilib bo'lmas edi. Senyor dehqonlarni o'zi yoki o'zi tayinlagan izmiga yuradigan sudyalar sud qilardi. Barcha dehqonlar cherkov foydasiga ko'p miqdorda soliqlar to'lar yoki pul va natura tarzida hosilning o'ndan bir qismini berardilar. Davlat soliqlari ham haddan tashqarii ko'p edi - har yili yer hosilining yigirmadan bir qismi - jon solig'i va tuz puli undirib olinardi7.

Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling