Fransiya tashqi siyosati


Fransiyada diniy urushlar va siyosiy diniy guruxlar faoliyati


Download 281.5 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi281.5 Kb.
#1488433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5253522241764727210

2.2.Fransiyada diniy urushlar va siyosiy diniy guruxlar faoliyati
1808 yilda Napoleon qo'shinlari Ispaniyaga bostirib kirdi. Ispaniya xalqi istilochilarga qarshi kurashga otlandi. Xalq urushi - gerilya boshlanib ketdi. Napoleon o'zi 180 ming kishilik qo'shinga bosh bo'lib, Ispaniyaga keldi, uni qilich va o't bilan kechib Madridga kirdi. Biroq butun mamlakatda partizan urushi davom etmoqda edi.
Qo'zg'olon ko'targan Saragos shahrini 1808 yilda fransuz qo'shinlari qurshab oldi. Ular sakkiz oy jang qilib, shaharni olomadilar. Shahar aholisi podvallariga berkinib olgan edi. Shahar deyarli butkul yondirilgan edi. Lekin to'plarning o'qlari binolarning devorlarni teshganda jangchilar shu teshiklarga miltiqlarini tiqib dushmanga qarshi o't ochardilar. «Ayanch firibgarlar» - deyar edi. Napoleon qo'zg'olonchilar haqida. Lekin baribir u ispan xalqini buysundira olmadi va Ispaniyada 250 ming kishilik armiyani saqlashga majbur bo'ldi (Napoleonning 1812 yilgi Rossiyadagi urushi).
Birinchi imperiya armiyasini halokatga olib keldi. Napoleon I 1812 yili 7 sentabrda bo'lgan Borodino jangidan keyin Moskvani olishga muyassar bo'lsada, Rossiyani taslim bo'lishga majbur qila olmadi. Napoleon I yangi qo'shin to'plash uchun Rossiyada qo'shinlarini tashlab Fransiyaga jo'nab ketdi. Ingliz qo'shinlari Napoleon armiyasini Ispaniyadan haydab chiqardi. 1813 yil oktabrda Leypsig yaqinida (Germaniya) ittifoqchilarining (Rossiya, Angliya, Avstriya va Germaniya) 300 minglik qo'shinni 3 kunlik jangda 190 minglik Napoleon qo'shinlarini tor-mor qildi27. 1814 yilda ittifoqchilarning qo'shinlari Parijni ishg'ol qildilar. Napoleon taxtdan voz kechdi va Italiya sohillari yaqinidagi Elba oroliga surgun qilindi. Burbonlar hkoimiyati tiklanib qatl etilgan qirolning ukasi Lyudovik XVIII taxtga o'tirdi. Dvoryanlar eski huquqlarini tiklashni va mulklari qaytarib berilishini talab qildilar. Bu burjuaziya va dehqonlarning noroziligini kuchaytirdi. Armiyada xizmat qilgan yigirma mingdan ko'proq zobit bo'shatildi. Napoleon Elba orolidan turib Fransiyadagi siyosiy vaziyatni diqqat bilan kuzatib bordi. Fransiya aholisining ko'pchiligini tashkil etgan dehqonlar burbonlarga nafrat bilane qarar edilar, armiya, ziyolilar o'rtasida norozilik kuchaydi. Napoleon yana hokimiyatni qo'lga kiritishga qaror qildi.
U kichik qo'shin bilan Fransiya janubiga kelib tushdi va Parijga yo'l oldi. Unga qarshi yuborilgan qo'shinlar, zobitlar, generallar, marshal Ney birin-ketin Napoleon tarafiga o'ta boshladilar. Qirol Lyudovik XVIII va saroydagilar qochib ketdilar. Napoleon yana taxtga o'tirdi, ammo u hokimiyatni atigi yuz kun idora qilishga muvofiq bo'ldi. Unga qarshi darhol yangi komissiya (Lotincha «Coalituo» -ittifoq, davlatlarning ittifoqini bildiradi) tuzildi, koalitsiya juda kuchli edi28. Napoleon o'z qo'shinlarini Belgiyaga qarab yo'naltirdi.
1815 yil 18 iyunda Vaterloo qishloqchasi yaqinidagi so'ngi katta jangda Angliya va Prussiya qo'shinlari Napoleon armiyasini uzil-kesil yanchib tashladilar. Napoleon inglizlarga asir tushdi. Uni ingliz fregatida Atlantika okeanidagi olis Muqaddas Yelena oroliga jo'natishdi. 1821 yil 5 mayda Napoleon 52 yoshida vafot etdi. Oradan taxminan 150 yil o'tgach, tarixchilar va tabiblar Napoleonga inglizlar sekin ta'sir etadigan zahar berganliklarini aniqladilar.
Napoleon ustidan qozonilgan g'alabadan dvoryanlar va monarxiya tarafdorlari bo'lgan hukumat a'zolar foydalandilar. Yevropada bir necha yilgacha mutaassib kuchlar hukmronligi boshlandi. Dvoryanlar va sulolalarning imtiyozlari qayta tiklandi. 1814 yilda Napoleon ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Venada Yevropa davlatlarining kongresi o'tkazildi. Unda Rossiya, Angliya, Avstriya va Prussiya asosiy rol o'ynadilar. Maxfiy kengashlarga Fransiya vakili ham kiritildi. Rus podshosi Aleksandr I Angliya Bosh Vaziri Kaslri, Avstriya kansleri Metternix, Prussiya namoyondasi knyaz Gardenberg hamda Taleyran Yevropa xaritasini 1789 yilga holatga keltirish uchun bir qancha muammolarni hal qildilar, chunki Napoleon o'z harbiy yurishlari va g'alabalari bilan chegaralangani Fransiya foydasiga kengaytirib yuborgan edi.
Kongress qarorlariga muvofiq Angliya Malta orolini va Gollandiyaning sobiq mamlakatlari - Hindiston yaqinidagi Seylon orolini va Afrika janubidagi Kap viloyatini oldi. Angliyaning asosiy muvaffaqiyati lining eski dushmani -Fransiyaning zaiflashib qolganida edi. Britaniyaning dengizidagi va mustamlakalaridagi qudrati saqlanib qolindi. Rossiya Polshaning kata qismini o'ziga tobe qilib oldi.
Germaniyaning parchalanishga birmuncha chek qo'yildi. 200 dan ko'p mayda davlat o'rnida 39 davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzildi. Muqaddas Rim imperiyasi tugatildi. Ammo, Germaniya ittifoqining rasmiy hukumati ham, puli ham, armiyasi ham, xalqaro ishlarga ta'siri ham yo'q edi. Boy va iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyatlar - Reyn bilan Vestfaliya Prussiya yerlari qatoriga qo'shildi. Bu yerlarda Napoleon davrida joriy qilingan yangi burjua tartibotlari saqlanib qoldi29. Polshaning g'arbiy yerlari Prussiya yerlari qatoriga qo'shildi.
Avstriya hududi ancha kengaydi, unga Italiyadagi oldingi yerlari va boshqa bir qancha yangi yerlar olib berildi. Pyyemontda oldingi sulola qayta tiklandi. Shimoliy Italiyadagi kichik davlatlarda yana Avstriyalik gersoglar hukmronligi o'rnatildi. Napoleonning Rim davlati ustidan dunyoviy hokimiyati qayta tiklandi. Neopal qirolligida esa avvalgi burbonlar sulolasi taxtga chiqarildi. Rim papasi bilan Neapol qiroli Shveytsariyalik yollanma askarlarga tayanib, hukmronlik qilar edilar. Italiyada mutloq monarxiya va inkvizitsiya (Lotincha «inquintio» ta'qib etish) qaytadan tiklandi. Belgiya Niderlandiya qirolligiga qo'shilib yuborildi. Shveytsariya Italiyaga boriladigan tog' yoiaklarini o'ziga qaytarib oldi va doimiy betaraf davlat deb e'lon qilindi. Sardiniya qirolligining hududi ancha kengaytirildi. Turin shahrini o'z ichiga oladigan Pyyemont uning asosiy qismi bo'lib qoldi. Fransiya 1815 yilgi sulh shartnomalariga muvofiq 1789 yilgi chegaralarigsha qaytarildi, unga 700 mln frank o'lpon solindi30. Shu o'lpon to'languncha uning shimoli-sharqiy qismini ittifoqchilar qo'shinlari ishg'ol qilib turishi kerak edi. Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya harbiy ittifoqi qaytadan tiklandi. Fransiyada Bonapartchilar sulolasi tiklanishiga yoi qo'ymaslik uchun va Yevropada Napoleon urushlaridan keyin o'rnatilgan tartibni muhofaza qilish uchun ittifoqchilar vaqt-vaqti bilan kongresslar chaqirib turishi haqida kelishib oldilar. Yevropa monarxlari absolyutizm tartiblarini mustahkamlash, iqtisodiy harakatlarga qarshi kurashish uchun rus podshosi Aleksandr I ning «Muqaddas ittifoq» deb atalgan ittifoq tuzish haqidagi taklifini qabul qildilar. Uning qatnashchilari inqiloblarni birgalikda bostirish xristian dinini qullab-quvvatlash majburiyatini oldilar. «Muqaddas ittifoq» to'g'risidagi bitimni Avstriya, Prussiya so'ngra Yevropa davlatlarida deyarli barcha monarxlari imzoladilar31. Angliya «Muqaddas ittifoq» qa rasman qo'shilmasada, ammo inqiloblarni bostirish siyosatini qullab-quvvatlab turdi.
1815 yilda ikkinchi marta taxtga o'tirgan Lyudovik XVIII muhojirlikdan keyin dvoryanlar «yuz kun» davomida Napoleon tarafida bo'lganlardan shafqatsizlarcha o'ch oldilar. Ko'pgina general va zobitlar otib tashlandi. Ammo qirol huquqiy mulkchilikni, sotib olingan mulkni ham kafolatlaydigan 1814 yilgi Konstitutsiyani saqlab qolishga majbur bo'ldi. bu esa cherkov va muhojirlarning sotib yuborilgan yerlari Yangi egalari qo'lida qolishini bildirar edi. Ammo 30 million aholi orasida saylovchilar 90 ming kishidan oshmas edi32. Shu sababli mamlakat fuqarosining ko'pchiligi siyosiy jihatdan huquqsiz edi.
1830 yilning iyulida hukumat deputatlar palatasi tarqatib yuborilganini va saylov huquqi yanada ko'proq cheklanganini e'lon qildi. Bunga javoban Parijda Yangi inqilob boshlanib ketdi. Uni o'rta tabaqaga mansub shahar aholisi -hunarmandlar, ilg'or tabaqalar, ziyolilar, do'kondorlar, ishchilar amalga oshirdilar. Qo'zg'olonchilar respublika o'rnatilishiga umid bog'lab, poytaxtni qo'lga oldilar. Vafot etgan qirol Lyudovik XVIII ning o'rniga taxtga o'tirgan ukasi qirol Karl X va ko'pgina aristokratlar Angliyaga va boshqa mamlakatlarga qochdilar. hokimiyati yirik burjuaziya qo'liga o'tdi. Bankirlar va yirik gazetalarning nashrlari muvaqqat
hukumat tuzdilar. deputatlar palatasi taxtdan ag'darilgan burbonlarning qarindoshi Lui Filipp Orleanskiyni qirol deb e'lon qildi. bu voqealar iyul oyida yuz berganligi va Yangi qirol taxtga shu oydan o'tirganligi sababli Lui Filipp hukmronligi tarixda «iyul monarxiyasi» deb nom oldi va uning qirolligi 1848 yilgacha davom etdi. Davlat tuzimi monarxiya parlamentidan esa ikkita palatadan iborat edi33.
Yuqori palata - perlar palatasi 311 perdan iborat edi. Per (fransuzcha «Pair» - teng so'zidan olingan) anna shu 311 perdan 183 tasi qirol tomonidan tayinlangan edi. Saylovchilar soni mulkdorlar hisobiga 90 mingdan 250 ming kishiga ko'paydi. ammo saylovchilarning soni ko'paytirilgan bo'lsada, o'rta tabaqa namoyondalari mayda do'kondorlar, hunarmandalar, ishchilar va dehqonlar siyosiy huquq olmadilar. Hokimiyat eski feodal aristokratiyasidan yuqori burjua tabaqa namoyondalari -bankirlar, yirik sanoatchilar, yer egalari, temir yoilar va konlarning xo'jayinlariga o'tdi.
Qirol Lui Filipp juda katta boylikka ega bo'lib, ular yer-mulk va kata o'rmonlardan iborat edi. Shu sababli xalq orasida Lui Filippni «burjua qirol» yoki «Qirol fuqaro» nomi bilan yuritar edi. Lui Filipp oddiy kiyinar, xalq orasida tez-tez paydo bo'lar, fuqarolar Bilan qo'l berib ko'rishar va hamisha o'zi bilan soyabon olib yurish odati bor edi. Fransiyada Restavratsiya (qayta tiklash, 1815-1830) va «Iyul monarxiyasi» (1830-1848) yillarida savdo-sotiq, sanoat, yo'l qurilishi, kanala qazilishi aj oldi, temir yo'llar bunyod etildi. Qishloq xo'jaligi ham tobora bozor iqtisodiyotiga tortildi. Sanoatda o'sha davr talablariga javob beradigan yirik fabrikalar paydo bo'ldi, ular dastgohlar, bug' mashinalari bilan taminlangan edi. Biroq, Fransiyadagi sanoat to'ntarishi va taraqiyot Angliyaga nisbatan ancha sekinlik Bilan amalga oshdi. Fransiyada hali manufakturalar fabrikalardan ko'proq edi, chunki Fransiya Yevropada zeb-ziynat, atir-upa, xotin qizlar bezaklari, bejirim liboslarini ishlab chiqarishda yetakchi o'rinda bo'lib, ularning barchasi qo'l mehnatini talab qilar edi. «Qo'li gul» Fransuz ustalari ko'proq mayda ustaxonalarida band edilar.
Qishloq xo'jaligida esa Buyuk fransuz inqilobi davridan boshlab, yerlar kichik uchaskalarga bo'lingan bo'lib, dehqonlar o'z oila-a'zolari Bilan birlashib mehnat qilar edilar.
«Iyul monarxiyasi» davrida Fransiya bir necha yil olib borilgan urushlar natijasida boy mustamlaka - Al Jazoirni qo'lga kiritdi. Al-Jazoir xalqi, uning qahramonlari, Ayniqsa Abduqodir boshchiligidagi milliy - ozodlik urushlariga qaramasdan, Jazoirliklar o'rtasida yakdillik bo'lmaganligi sababli fransuz mustamlakachiliklariga tobe bo'lib qoldi.
Ikkinchi imperiyaning so'ngi yillarida liberallar, uchinchi partiya, radikallar va so'l demokratlar partiyalari vujudga kelib saylovlarda faol qatnasha boshladi.
O'z faoliyatini avtoritarlikdan boshlagan Napoleon III hukumati vaqt o'tishi bilan parlamentli imperiya shaklini ola boshladi. O'rta tabaqalar mavqelarining kuchayishi, respublikachilik va sotsialistik g'oyalarning keng tarqalishi, yangi-yangi jurnal va gazetalarning nashr etila boshlanishi Fransiya siyosiy va madaniy hayotida demokratiya rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Napoleon III «imperiya bu tinch-totuvlikdan iboratdir» deb jar solgan bo'lsada, ammo ko'pgina tashqi urushlarni olib bordi. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi, 1859 yil Sardiniya qirolligi Bilan birgalikda Avstriyaga qarshi olib borilgan urush, Nitssasi va Savoyyaning Fransiyaga qo'shib olinishi, uning diplomatiya sohasidagi muvaffaqiyatlari Dunyo miqyosida ikkkinchi imperiya obro’sini oshirib yuborgan bo'lsa, 1867 yilda Meksikada olib borilgan bosqinchilik urushi va Ayniqsa Prussiya hukumat armiyasining 1866 yil iyul oyi boshlarida Avstriya armiyasiga qarshi harakatlar Fransiyaning o'zi uchun ham nohush oqibatlar keltirib chiqardi. Fransiya Prussiya munosabatlari keskinlashib kedi. 1870 yil iyul oyida boshlanib ketgan Fransiya Prussiya urushi Bonapart Fransiyaning zaiflashib qolganligini ko'rsatdi. 1870 yil 3 sentabrida Napoleon III armiyasi Sedan yaqinida qaqshatqich zarbaga uchradi34. Fransuz armiyasining mag'lubiyati Napoleon III ning prussiyaliklarga asir tushishi Fransiya poytaxti Parijda ommaning noroziligini keltirib chiqardi. Respublikachilar, demokratlar, liberallar va ularni qullab-quvvatlagan xalq ommasi 1870 yil 4 sentabr inqilobi natijasida ikkinchi imperiyani ag'darib, Fransiyada respublika tuzish o'rnatilganligini e'lon qildilar35. Shu tariqa deyarli 20 yil davom etgan avtoritar idora qilish usuliga asoslangan Ikkinchi imperiya quladi. Biroq, Fransiya Prussiya urushi 1871 yil yozigacha davom etdi. Fransuz xalqi uchun og'ir boigan shu damlarda mamlakatda fuqarolar urushi ham boshlanib ketdi. Bu urush davomida Parij Kommunasi 72 kun davomida hokimiyatni o'z qo'lida saqlab turdi. 1871 yil may oxirida Parij kommunasi Tyer boshchiligidagi versalchilar tomonidan ayovsiz bostirildi. 1870-1871 yillardagi Fransiya Prussiya urushi ikkinchi imperiyaning ag'darilishi, Fransiyada uchinchi respublikaning vujudga kelishi va Germaniyaning yagona imperiya asosida birlashganligi voqealari bilan nihoyasiga yetdi.

Napoleon III hokimiyat tepasiga chiqayotganida «imperiya - tinchlik demakdir» degan edi. lekin uning davrida deyarli hech bir yil bo'lmadiki Fransiya adolatsiz bosqinchilik urushlari olib bormagan bo'lsin, masalan, 1854-1856 yillarda Rossiyaga qarshi (Qrim urushi), Xitoyga qarshi, Meksikaga qarshi bosqinchilik urushlari olib bordi. Hindi xitoyda Fransiya Janubiy V'etnamni bosib oldi va Kambodja (Kampuchiya) ustidan hukmronlik o'rnatdi.


Fransiya ishchilari tobora ko'proq qat'iyat bilan imperiyaga qarshi chiqaverdilar. Burjuaziyaning keng doiralari ham respublikaga moyil bo'la boshladilar. Napoleon III taxtiga zil ketdi. U Prussiyaga qarshi urush qilib, mushkul ahvoldan qutulishga intildi. Bu urushdan u g'olib bo'lib chiqishni umid qilgan edi. 1870 yilgi bu urushda u tamomila va sharmandalarcha halokatga uchradi. 1870 yil 4 sentabrda bo'lgan yangi burjua inqilobi imperiyaga hotima berdi va respublika e'lon qildi.

Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling