Fransiya tashqi siyosati


XVII - XVIII asrlarda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi


Download 281.5 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi281.5 Kb.
#1488433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5253522241764727210

2. XVII - XVIII asrlarda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi.
2.1. XVII asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot.
1794 yil iyul oyi norozilik va omma ahvolining nihoyatda og'irlashishi natijasida Robesper boshchiligidagi yakobinchilarning zo'ravonlikka asoslangan o'ta so'l diktaturasi ag'darib tashlandi. Ko'p o'tmay 1795 yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Saylab qo'yiladigan qonun chiqaruvchi korpus ta'sis qilindi, ijroiya hokimiyat esa 5 a'zodan iborat direktoriyaga (fransuzcha «direktoire» boshqaruv, rahbarlik ma'nosini anglatadi) topshirildi. Direktoriya hukmronligi (1795-1799)16 davrida ichki kurash bilan bir qatorda Fransiyaning Yevropadagi feodal monarxiyalari va Angliyaga qarshi urushi davom ettirildi. Rahbarlar ichida ayyor, ig'vogar Barras ajralib turar, hokimiyatning boshqaruv tizimlari ham uning qo'lida edi. Ammo, xalq orasida respublika g'oyalari keng tarqalib, fransuz qo'shinlari tashqi dushmanlar ustidan birin-ketin g'alabalarni qo'lga kiritayotgan edilar. Fransiya ilg'or ijtimoiy tizimi, rivojlanayotgan san'ati, erkin dehqonlardan tuzilgan muntazam armiyasi tufayli Yevropadagi feodal qirolliklardan harbiy ustunlikka erishmoqda edi. Reynning so'l sohili bilan Belgiya Fransiyaga qo'shib olindi, Gollandiya esa qaram respublikaga aylantirildi.
Fransiya qo'shinlari qayerga borsalar, dehqonlar va hunarmandlar yordamida ko'pgina feodal tartiblarni tugatib, yangi zamonaviy tartiblar o'rnatdilar. Mamlakat ichkarisida esa hamon direktoriya hokimiyatiga qarshi ilgarigadek isyonlar tez-tez bo'lib turar edi. Anna shunday isyonlardan biri Parijda yuz berdi. Bu isyonni bostirishda yosh general Napoleon Bonapart o'zining harbiy san'atini namoyish etdi. Fransiyaning Yevropa qirollik davlatlariga qarshi olib borgan urushlari asta-sekin bosqinchilik va boylik orttirish urushlariga aylandi. Urush natijasida pul, oziq-ovqat zaxiralari, nodir rasmlar, haykalchalar, san'at asarlarini tortib olish birinchi o'ringa chiqarildi. Bu narsalar o'lja sifatida Parijga tashila boshlandi. Ichki va tashqi urushlar natijasida armiya hamda uning generallarining Direktoriyaga ta'siri kuchaydi. 1799- yilgi davlat to'ntarilishdan so'ng Fransiyaning 1 konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi17. Napoleon Bonapart 1769-yilda Korsika orolida kambag'allashgan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bonapartlar oilasida 8 farzand bo'lib, ular 5 o'g'il va 3 qiz-Jofer, Napoleon, Lyusen, Eliza, Lui, Pashna, Karolina va Jeramdan iborat edi18. Napoleon ikkinchi farzand edi. Otasi uni harbiy bilim yurtiga berdi. Napoleon bilim yurtini tugatib, 24 yoshidayoq general unvonini oldi. Napoleon Avstriya qo'shinlari egallab turgan shimoliy Italiyaga yurishga tayyorlanayotgan armiyaga qo'mondon etib tayinlandi. Bonapart armiyasi shimoliy Italiyaga bostirib kirib, Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. 1797 yilda Napoleon Bonapart Avstriyani taslim bo'lish sulhini imzolashga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur etdi.Shundan so'ng Italiya Fransiyaga qaram bo'lgan bar necha kichik respublikalarga boiinib ketdi.
1798-yilning may oyida Napoleon 30 mingdan oshiq kishilik armiya bilan 350 ta kemada Misrga yo'l oldi. Quruqlikda fransuz qo'shinlari Misr otlaq armiyasi ustidan g'alaba qozondilar. Ammo tezda ingliz floti Misr sohillariga yetib kelib, fransuz kemalarini yondirib yobordi. Napoleon qo'shinlari Fransiyadan ajratib qo'yilib, halokatga mahkum etildi. Suriyaga qilingan hujum arablar bilan bilan turk qo'shinlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Shu paytning o'zida Suvorov qo'mondonligidagi rus armiyasi Shimoliy Italiyada fransuz qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi.
Napoleon Bonapart o'z armiyasini tashlab,poytaxt Parijga shoshildi, u hokimiyat uchun kurashda asosiy da'vogarlardan biri edi. Napalyon Fransiyaga qaytgan paytda mamlakatda vaziyat og'ir edi. Direktoriya o'z obro'sini yo'qotib, ko'pchilik Napalyon Bonapart shaxsida o'z najotkorini izlayotgan edi. U armiya va xalq orasida kata obro'ga ega edi. Napoleon Fransiyaga qaytib kelgach, oradan bir oy o'tar o'tmas, 1799 yilning 9 noyabrida Direktoriya a'zolarining istefo berishlariga erishdi19. Ertasi kuni o'z ukasi, deputat Lyusen Bonapart yordamida sadoqatli qo'shinlar bilan qonun chiqaruvchi korpusni qurshab oldi. Deputatlarga hokimiyatni Napoleon boshchiligidagi uch konsulga (lotincha «consul» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, Fransiyaga saylab qo'yiladigan ijro etuvchi hukumat rahbarlari) topshirish to'g'risidagi talab taqdim etildi. Tez orada yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi va konsullar ichida Napalyon keng vakolatlarga ega bo'lib, u 10 yillik muddat davomida shu lavozimni egallab turishi kerak edi.
Konstitutsiya va Napalyonning birinchi konsullikka tayinlanishi umumxalq ovoziga qo'yildi va deyarli ko'pchilik, ya'ni 3,5mln kishi uni yoqlab ovoz berdi.
Konsullik davrida davlat tizimi ancha mustahkamlandi, harbiydiktatura siyosati davom ettirildi. 1804 yilda Napoleon Bonapartni Napoleon I nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qildi, mamlakatda monarxiya tuzumi qaytadan tiklandi20. Biroq mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylar manfaatini emas balki yangidan rivojlanib kelayotgan o'rta tabaqalar, bankirlar, zodagonlar, armiya va amalorlarga tayanuvchi harbiy byurokratik monarxiya edi. Mulk, oila, savdo to'g'risidagi qonunlarning majmualari, jinoyat kodeksi tuzib chiqildi. «Napoleon kodeksi» deb nom olgan «fuqarolik kodeksi» ularning eng muhimi edi. Har qanday miqdodagi xususiy mulkka ega bo'lish huquqinimustahkamlab berish bu kodeksni asosiy vazifasi edi. Xususiy mulkka ozgina boisa ham tajovuz qiluvchilarga juda qattiq jazo joriy qilindi.
Napoleon Bonapart «orqa-o'ngiga qaramay» harakat qilib, Yevropada yangi-yangi yerlarni bosib olaverdi. Uning farmoniga binoan Piyemont va Genuya Fransiyaga qo'shib oldi. Bonapart Angliyaga desant tushirish rejasini tuzdi, bunga u rumanli ob-havoga va Ispaniyaning yordamiga umid qildi. Ammo, Angliya bilan birga Avstriya va Rossiya Napoleonga qarshi chiqdilar, o'z qo'shinlari bilan Reyndan o'tib, General Mak boshchiligidagi Avstriya armiyasini Ulm shahrida qurshab oldi. Avstriya qo'shinlari jangsiz taslim bo'ldilar. Ammo, Trafalgar burni yaqinida 1805 yiloktabr oyida Fransiya va Ispaniyaning deyarli barcha kemalarini ingliz eskadrasi yondirib, g'arq qilib yubordi. Eskadraga qo'mondonlik qilayotgan istedodli ingliz admirali Nelson shu dengiz jangida qattiq yaralandi.
Ammo, fransuz armiyasi quruqlikda katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. 1805 yil 2-dekabrda Napoleon Austerlis yonida Avstriya va Rossiya armiyalari ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi. Birinchi imperiya (1804-1814) tuzumi o'n yil davomida Fransiyada hukmronlik qildi. Shu davr mobaynida Yevropaning turli burchaklarida Napoleon harbiy san'at nuqtai-nazaridan ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritdi. Hatto, birgina uning nomini eslash yoki tilga olish Yevropa monarxlarini, ularning atrofidagi zodagonlarni dahshatga solarp edi.
Ulm Austerlis, Yyepa, Eylau, Fridland, Vagram - bu joylarda Napoleon qo'shinlari yuksak mahorat bilan o'z dushmanlari ustidan qator g'alabalarni qo'lga kiritdilar. Bu g'alabalarni taminlashda jonbozlik ko'rsatgan, fransuz armiyasiga qo'mondonlik qilgan, harbiy rejalarni ishlab chiqqan qo'shinni ruhlantirgan shaxs ham Napoleon I ning o'zi edi.
Napoleon, uning qo'shinlari, generallari Angliya ustidan hal qiluvchi g'alabani qo'lga kirita olmadilar. 1805-yil 21-oktabr Trafalgardagi dengiz mag'lubiyatidan so'ng Napoleon I Angliyaga nisbatan iqtisodiy qamal e'lon qildi21. Angliya uchun Yevropaning barcha bandargohlari berkitilib, Angliya bilan savdo-sotiq qilish Fransiyaga tobe bo'lgan barcha davlatlar uchun taqiqlandi. Shu yo'l bilan Napoleon I Angliya va uning rahbarlarini taslim qilmoqchi boidi, ammo Angliyaning rivojlangan iqtisodi va kuchli dengiz floti Napoleon I ga o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishiga yo'l bermadi. Iqtisodiy tazyiq Angliyadan ko'ra Fransiyaning o'ziga kata zarar keltirdi. Bundan tashqarii Angliya hukumatio'z oltinlari yordamida va ayg'oqchiligi bilan Napoleon Ini tez-tez chalg'itib turdi. Angliyaning Napoleon Fransiyaga qarshi ishlatgan yana bir quroli bu targ'ibot bo'lib, Fransiya, ayniqsa Napoleon shaxsga qarshi turli bo'htonga to'la adabiyotlar Angliyada nashr etilar va Fransiya hududida xalq o'rtasida tarqatilar edi. Bu adabiyotlar maqola, kashfiyot (Inglizcha «pamphlet» so'zidan olingan bo'lib, shaxs yoki biror voqeylikni qoralovchi tanqidiy asar) varaqa, karikatura (italyancha «caricature» shaxs va hodisalarni kulgili qiyofada tasvirlash) shaklida bo’lib, yolg'on bo'lsada, fransuzlarga salbiy ta'sir ko'rsatar edi22. Angliyadan Fransiya hududiga tarqatilgan soxta xotiralar ham quruq yolg'on va tuhmatlardan iborat bo'lib, asosan Napoleon shaxsiga teguvchi uydirmalaridan iborat edi. Shunday qilib, tashqi siyosatda Napoleon I Yevropada Fransiya hukmronligini o'rnatish uchun urush olib bordi. 1810-1811 yillardan boshlangan bu urushlar fransuz askarlari va hukmron doiralarning tinka madorini quritdi. Napoleon I urushlari uzil-kesil bosqinchilik urushlariga aylandi.
Napoleon Shimoliy Italiyada Avstriya armiyasini tor-mor qildi. Italiyada yana Fransiya hukmronligi o'rnatildi. Avstriya Belgiyaning va Reynning chap soholining Fransiyaga o'tganligini e'tirof qildi. Fransiyaning kata raqobatchisi Angliya edi. Napoleon fransuz burjuaziyasining Yevropada va jahonda hukmronligini o'rnatishga intilardi. Angliya mustamlakalarda, dengizlarda hukmron bo'lishga va Yevropa ishlarini o'z foydasiga hal etishni taminlashga intilardi. 1805 yilda Bulonda, La-Mansh sohilida, Napaleon Angliyaga desant tushirish uchun 130 ming kishidan iborat armiya va 2300 mayda kema to'pladi23.
“Menga uch kun tumanli ob-havo kerak, shundan keyin men Londonga xo'jayin bo'lib olaman” - degan edi Napoleon24. Angliya esa Fransiyaga qarshm darholyangi ittifoq tuzdi: bu ittifoqqa Avstriya va Rossiya kirdi. Avstriya va rus qo'shinlarining harakat boshlaganini bilgach Napoleon Bulon lagerini yig'ishtirib, armiyani Germaniyaga yo'lladi. U avstriyaliklarni ruslar bilan qo'shilishdan oldin tor-mor etishga ahd qildi va o'z rejasini porloq suratda amalga oshirdi. Ko'p o'tmay Napoleon Venaga kirdi.
Bu orada Trafalgar burni yonida jang bo'ldi. (1805 yil oktabr) Ispan porti Kadisda turgan Fransiya va Ispaniya qo'shma floti Napoleondan O'rta dengizda Gibraltar orqali harakat qilib, inglizlar bilan jangga kirishishi to'g'risida buyruq oldi. Angliya flotiga admiral Napoleon qo'mondonlik qilar, avvalgi janglarda u bir ko'zidan va o'ng qoiidan ajralgan edi. Trafalgar jangida u o'ldi, lekin fransuz floti dahshatli mag'lubiyatga uchradi. Bu tarixda fransuz floti ingliz floti bilan kuch sinashishga jur'at etgan oxirgi jang edi. Shu paytdan to XX asrning boshlarigacha dengizlarda Angliya hukmronligi o'rnatildi.
Fransiya bilan Angliya urushini sher bilan kitning yakkama-yakka olishuvi deb ataydilar. Dengizda Angliya bilan kurashish uchun Fransiyaning yetarli darajada kuchli floti yo'q edi. Fransiyani quruqlikda yengish uchun armiyasi yo'q edi.
Rus armiyasi va Avstriya armiyasining qoldiqlari Venaning shimolida turardi. Eng tajribali rus sarkardasi Kutuzov to rezervlar kelguncha jangdan tortinib turmoq zarur deb hisoblardi. Uning maslahatlariga qaramasdan, Aleksandr I Napoldeo bilan jang boshlashga qaror qiladi. 1805 yil dekabrda Austrlits qishlog'i (hozir Chexoslavakiyadagi Slavko shahri) yonida qonli jang avj oldi. Napoleon dushmanni muzlagan hovuzlarga surishga muvaffaq bo'ldi; fransuzlarning arttilleriyasi muzga o'q ota boshladi. Muz yorildi. Ko'p soldatlar suvgv cho'kib ketdi. Biroq ruslarning asosiy kuchlari sabot-matonat ko'rsatib, jang maydonidan chekindi. Avstriya Fransiya bilan og'ir shartlar asosida sulh tuzdi. Rossiya urushni davom ettirdi. 1806 yilda Prussiya urushga kirdi. Ichki jangda fransuzlar pruss armiyasini tor-mor keltirdi, natijada urush boshlanganidan key in oradan bir hafta o'tgach, pruss armiyasi tor-mor qilindi. Prussiyani fransuzlar okkupatsiya qildilar.
1806 yilda Berlinda Napoleon blokada haqidagi dekretga imzo chekdi. «Britaniya orollari blokada holatida deb e'lon qilinadi. Bu orollar bilan har qanday savdo-sotiq qilish va aloqa bog'lash taqiqlanadi» - deyilgan edi dekretda. Angliyani harbiy yo'l bilan qahshatish umidi puchga chiqqach Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bug'ishga harakat qildi va uning uchun Yevropa bozorlarini yopib qo'ydi. O'z maqsadini qisqacha tarzda: «men yerning qudrati bilan dengizni zabt etmoqchiman» deb ifodalagan edi. Hamma mamlakatlar qo'llab-quvvatlaganda qamal muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin edi. Lekin buning uchun Napoleonga butun Yevropani itoat ettirish zarur edi.
1807 yilda qonli janglardan so'ng Napoleon o'z armiyasi bilan Rossiya chegaralariga yaqinlashib keldi25. Uning qo'shini holdan toyganbo'lib, urushni davom ettirolmas edi. Napoleon Aleksandr I ga sulh tuzishni taklif etdi. Ikki imperator Nemap daryosi bo'yidagi Tilzit shahri yaqinida uchrashishdi. Napoleon daryosi o'rtasida solda ular uchun chodir tikilgan edi. Napoleon bilan Aleksandr yuzma-yuz suhbatlashishgach, quchoqlashib chodirdan chiqdilar. Tilzit sulhi (1807) shu tariqa tuzilgan edi. Rossiya Napoleonning hamma istilolarini tan oldi va kontinental blokadaga qo'shildi. Lekin shu bilan birga Rossiya o'z mustaqilligini va buyuk davlat mavqeini saqlab qoldi. Prussiyaga Napoleon juda katta o'lpon soldi va uning territoriyasini ancha qisqartirib tashladi26.
XIX asrning boshlarida Germaniya 300 ta feodal davlatlarga bo'lingan edi va bu davlatlar rasman «muqaddas Rim imperiyasi» ga birlashgan edilar. Bu o'rta asr imperiyasi haqiqiy ahamiyatini allaqachon yo'qotgan edi, chunki har bir davlat o'ziga mustaqil edi. Napoleon 200 ga yaqin mayda nemis davlatlarini yo'q qilib, ularning yerlarini kattaroq davlatlarga qo'shdilar. Imperiya tugatildi. Yirikroq davlatlardan Napoleon Fransiyaga itoat qiluvchi Reyn ittifoqini tuzdi. Butun Germaniya ustidan Fransiyaning hukmronligi o'rnatildi. Tilzit sulhidan keyin Napoleon qudratining cho'qqisiga yetdi.
Napoleonning harbiy muvaffaqiyatlarining sababi faqat uning atoqli sarkardaligida emas edi. Shu narsa yana kata ahamiyatga ega ediki, Fransiya ilg'or burjua davlati bo'lib, qolgan feodal monarxiyalarning armiyalari bilan urush olib borgan edi. Fransiya armiyasi ozod dehqonlardan iborat edi. Revolyutsiya yillaridayoq bu armiyada xalq orasidan chiqqan ko'p talantli kishilar komandirlik lavozimlariga ko'tarilgan edi, ular generallar va marshallar bo'lib qolgan edilar. Shunday qilib, Napleon g'alabalarining sababi avvalo shu ediki, Fransiyada revolyutsiya bo'lib, feodal tuzimni tugatgan edi.

Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling