Fransiya va Germaniyada ta’limning amalga oshirish yullari
Download 134.5 Kb.
|
11.Germaniya, Fransiyada geografya ta\'limi
Germaniya, Fransiyada geografya ta'limi Reja : 1. Fransiyada ta’limning о‘ziga hos hususiyatlari . 2. Ta’lim tizimida maktab rahbarining faoliyati , о‘quvchilarga quyilgan talablar . 3. Germaniyada ta’lim-tizimi va mohiyati . Fransiyaning hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989 yil 10-iyulda qabul qilingan . Fransiyada ta’limning asosiy maksadi shahsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash , uni mustakil faoliyatga tayyorlash , bozor munosabatlari sharoitida о‘quvchilarni tadbirkorlikka , ishbilarmonlik va omilkorlikka urgatish , shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir . Mamlakatda maktablar davlat , hususiy , oralik maktablarga bulinadi . О‘qitiladigan fanlardan fransuz tili va adabiyoti , о‘qish va yozishga 30-foiz ajratilgan . Umuman 45% darslar gumanitar yunalishda , qolganlari tabiiy fanlardir . Fransiyada ta’lim tizimining dastlabki boskichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi . Fransiyada maktab rahbarlari lavozimiga erishish uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi mahsus markazlarda о‘qiydilar . Bu rda rahbarlik qilish maktab iqtisodiyotini boshqarish , ta’limdagi yuridik masalalar , qonunchilik , ota-onalar Bilan ishlash , madaniy ishlarni tashkil etish , jamoada yahshi psihologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni о‘rganadi .Direktor dars bermaydi . Uning ish faoliyati 2-yil davomida kuzatib boriladi . Kо‘p hollarda ular maktab qoshidagi uyda yashaydilar . Sinovdan о‘tmasa qaytib о‘kituvchilikka tushiriladi . Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar kо‘zda tutilmagan . Biroq maktab va litseylarga turli tо‘garaklar mavjud . Sport seksiyalari , uchrashuv , sayohatlar о‘quv muassasalarida tashkil etilgan . Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bulib , u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga barakali hissa qushib kelmoqda . О‘qish davlat maktablarida tekin . Hususiy maktablar ancha kam .Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bо‘lgan bolalarga tegishli , bu jarayon 12-yil davom etadi . Ta’lim sohasidagi siyosat aholining kо‘plab qatlami uchun oliy о‘kuv yurtlari darvozasini keng ochdi . Germaniyada talabalar о‘qishi erkin tashkil etilgan . О‘qishga haq tо‘lanmaydi . Universitet talabalari 14-semestr , ya’ni 7 yil о‘qiydi . Ular о‘qishga kirguncha korhonalarda bir necha yil ishlashlari kerak buni hisobga olganda talabalar haqiqiy mehnat faoliyatini ancha kech boshlaydilar . Xalq universitetlariga HIH asrning ohirlarida Skandinaviya namunasiga kо‘ra asos solindi. Xalq universitetlari partiyalar va dindan tashqari muassasa bulib , ularning kо‘plari kechki . Davlat malaka oshirishni rag‘batlantiradi va bu maqsad uchun har yili 5 mln markadan ortik mablag‘ ajratadi . Germaniya ta’lim tizimidagi : - tabakalashtirib о‘qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor ; -о‘quvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash -kasbga yо‘naltirish kabi tomonlari boshqalarga namuna bо‘lishga arziydigan hususiyatlardir . Frantsiya ta’lim tizimining dastlabka bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ular mustaqil holda ham, maktablarning boshlang’ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan. Frantsiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. “Onalar maktablari” bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shahobchalarida tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha; o’rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha; – katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha. 5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo’lib, ularga Frantsiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Frantsiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, majburiy va bepuldir. Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarga ifodali o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir. Frantsiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub kishilarning farzandlariga ularning tabiatini, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini o’rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham ko’zda tutilgan. Boshlang’ich sinflarda o’qish muddati 5 yil bo’lib, shu muddat ichidagi o’qish asosan 3 bosqichga bo’linadi: — Tayyorlov bosqichi – 1 yilga mo’ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o’qish va yozishga, kuylashga, o’ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilai mashg’ul bo’lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa, mehnat qilishga o’rgatiladilar. O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlardadir. Navbatdagi bosqich – elementar kurs bo’lib, bu bosqich 2 yil davom etadi. Bunda o’quvchilarning tayyorlov tsiklida predmetlar bo’yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o’qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o’qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi. Boshlang’ich maktabning 3 bosqichi – chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o’quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling