Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog`liq. Bo`lajak olim Lionda savdogar oilasida tug`ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi
Download 1.56 Mb.
|
yangisidan
Ishlab chiqarishning asosiy uch omili nazariyasi. U hayoti davomida siyosiy iqtisod masalalarini imkoni boricha sodda va aniq izohlashga intildi. Birinchilardan bo`lib ishlab chiqarish omillari: mehnat, kapital va yerning mahsulot qiymatini hosil qilishda teng ishtirokini aniq ifodaladi (bu fikr yuqorida eslab o`tilgan). Hozirgi davr olimlari kapitalizmning (bozor) tizimini shu uch omil bilan bog`laydilar. XIX asrning boshlarida shu uch omilga asoslangan g`oyalar rivoj topdi. Mehnat - ish haqi, kapital - foyda, yer - renta: shu uch o`zaro bog`liq (uch birlik) formula Sey ta'limotida muhim o`rinni egallaydi. Uning qiymat va daromadlar to`g`risidagi ta'limoti o`ziga xos ravishda hal etildi. Klassik maktabdan farqli ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan emas, uning foydaliligi bilan aniqlanadi, shunday qilib "Foydalilik nazariyasi"ga asos solindi.Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muam-molari to`g`risida birinchilardan bo`lib fikr yuritgan bo`lmasada, "Nufuz nazariyasi"ni ilk bor u yaratdi. Bu muammo bo`yicha barcha munozaralarda uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.a. 384- 322) "Siyosat" asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb hisoblagan, chunki shunda sotsial garmoniya bo`ladiki, aholi me'yordan ko`p bo`lsa sotsial ziddiyat kelib chiqadi. U nikoh to`g`risida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha farzand ko`rish taqiqlangan, uningcha aholi ko`pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum etiladi. F.Kenye (1694-1774) "Aholi" (1756y.) maqolasida insonlar "boylik" manbayi ekanligiga ancha yaqin fikrlarni ilgari surdi. "Mamlakatning buyukligi uning aholisi bilan", degan edi u. Aholi mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari davlatning bosh iqtisodiy siyosati obyekti bo`lishi kerak. Bu fikr A.Smit tomonidan rivojlantirildi. V.Petti ham aholini ayniqsa uning mehnat qiladigan qismini ulug`lagan, boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo`lib "insoniy kapital" tushunchasini kiritgan.Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling