Fransuzcha talaffuzi
Download 35.43 Kb.
|
Fransiya
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisining 90 % dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73 %. Aholining 80 % xristian (katolik), 5 % ga yaqini musulmon, 2 % protestant, 1 % yahudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill. Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]Francia, 1703 Fransiya hududida odam juda kddim zamondan, taxminan 1 mln.-yildan buyen yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi („Fransiya“ franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat „Fransiya“ deb atala boshladi. 1302-yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (qarang Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—1763) natijasida Fransiyaning Shimoliy Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792-yil 22-sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793-yil 24-iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804-yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-yil 18-iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi. 1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771-yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil 18-martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871-yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875-yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—1893-yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi Fransiya— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya Birinchi jahon urushi (1914—1918)da qatnashdi. Olmoniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Fransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Fransiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936-yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938-yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939-yil 3-sentabrda Fransiya Olmoniyaning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940-yil may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10-iyunda Fransiyaga Italiya urush eʼlon qildi. 14-iyunda esa Olmoniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22-iyunda Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942-yil 11-noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940-yil general Sh. de Goll boshchiligida „Ozod Fransiya“ harakati (1942-yildan „Kurashayotgan Fransiya“) tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941-yil 24-sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943-yil 3-iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944-yil 2-iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944-yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi. Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-yil 24-dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi. Toʻrtinchi respublika davri (1946—1958) boshlandi. 1949-yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958-yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida „milliy najot“ hukumatini tuzishni talab qildi. 1-iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu-yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966-yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965-yil 19-dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7-yilga prezident etib saylandi. 1968-yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968-yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969-yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969-yil „Respublika uchun demokratlar ittifoqi“ partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974-yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981-yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88-yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995-yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000-yil 25-sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7-yildan 5-yilga oʻzgartirildi. 2002-yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 1992-yil 3-yanvarda tan olgan va 1992-yil 1-martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14-iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971-yil tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962-yil tuzilgan, 1976-yilgacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978-yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965-yil tashkil etilgan, 1995-yildan hozirgi nomda; Fransiya kommunistik partiyasi, 1920-yiltuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972-yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi Fransiyadagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895-yil tuzilgan; Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; „Fors uvriyer“, kasaba uyushma markazi, 1947-yil tuzilgan. Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 16,9 %, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7 %., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 80,4 % ni tashkil etadi (2022). Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va janubida kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. Fransiyaning janubi-gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya kombinatlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. „Reno“ va „Pejo“ kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6 % ni tashkil qiladi, shundan 40 % yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55 %). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy Shimoliy Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi. Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi. Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi. Tashqi savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank. Tibbiy xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]Sogʻliqni saklash sohasi kasalxonalardan va „shahar tibbiyoti“ deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saklash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va hokazo) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va hokazolardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va boshqa; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905-yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959-yildan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99 %. 2—3-yil maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar. Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya instituti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If oroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat ilmiy tadqiqot muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik ilmiy tadqiqot markazlari: „Noraviasion“, „Elektrisite de Frans“, „Sharbonaj de Frans“, „Gaz de Frans“, „SenGoben“, „FransAtom“, „MerlenJeren“, „Krezo“ va „Shneyder“ kompaniyalari. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. Fransiyada nashr etiladigan yirik gaz. va jurnallar: „Figaro“ (kundalik gazeta, 1826-yildan), „Le Pariziyen“ („Parijlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Mond“ („Tinchlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Frans Suar“ („Fransiya oqshomi“, kundalik kechki gazeta, 1941-yildan), „Oror“ (kundalik gazeta, 1944-yildan), „Krua“ („Xoch“, kundalik kechki katolik gazeta, 1880-yildan), „Yumanite“ („Insoniyat“, kundalik gazeta, 1904-yildan), „Uest—Frans“ („Gʻarbiy Fransiya“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Syud—Uest“ („JanubiGʻarb“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „L ekspress“ (haftalik ijtimoiysiyosiy jurnal, 1953-yildan), „Pari match“ („Parij matchi“, haftalik bezakli jurnal, 1949-yildan), „MariKler“ (oylik jurnal, 1954-yildan) va boshqa Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944-yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835-yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: „Radio Frans“, 1975-yil tuzilgan, Televizion fransez— 1, „Antenn—2“, „Frans rejone“ davlat televideniye kompaniyalari, 1975-yil tashkil etilgan. Download 35.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling