Fransuzcha talaffuzi


Download 35.43 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1082756
1   2   3
Bog'liq
Fransiya 

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]


Fransiyaning sharq va janubida togʻ tizmalari, markazining janubiy qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiyadagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shimoli- sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, Fransiya Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. Fransiyada foydali qazilmalardan koʻmir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xomashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.
Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz iqlimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shimolida Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻtadil iqlimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz sohillari, Yura, Rona pasttekisliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shimoli-sharqdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvar -fevralda oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va janubi-gʻarbda 5—7°, mamlakat janubida 8—10°. Iyul va avgustda tekisliklarda 16—18°, shimolida 20—22°, janubi-gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng koʻpi (1500-2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna.Mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. Fransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya hududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang, chimli kulrang, qoʻngʻir rendzin, kulrang hamda „terra rossa“ deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20 % ni tashkil etadi. Shimolda keng bargli oʻrmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay oʻsadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxoʻrak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, janubda qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliq
lar bor. Mamlakat hududining 10 % himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).

Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling