Fraungofer difraksiyasi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
opttikaaa
n
bo‘lsa, . 4 , 0 min l Shunday qilib, mikroskopda yorug‘lik to‘lqin uzunligidan kichik bo‘lgan jismlarini prinsipial jihatdan ko‘rish mumkin emas. Yorug‘likning to‘lqin xossasi optik tizimlar yordamida olingan tasvirlar sifati chegarasini aniqlaydi. 8-rasm. Difraksion ajrataolish chegarasi modeli. 3. Spektral qurilmalar. Difraksion panjara Ko‘rinuvchan yorug‘lik tarkibiga har xil to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan monoxromatik to‘lqinlar kiradi. Qizdirilgan jismlar nurlanishida (lampani qizdirish tolasi) to‘lqinlar uzunliklari ko‘rinuvchan yorug‘lik diapazonini uzluksiz to‘ldirib boradi. Bunday nurlanish oq yorug‘lik deb ataladi. Masalan, gaz razryadli lampalar va ko‘pgina boshqa manbalar orqali chiqariladigan yorug‘lik, to‘lqinlari uzunligining ba’zi bir ahamiyatiga ega bo‘lgan alohida monoxromatik to‘lqinlarini o‘z tarkibiga oladi. Monoxromatik komponentali nurlanishlar to‘plami spektr deb ataladi. Oq yorug‘lik uzluksiz spektrga ega bo‘lib, modda atomlari chiqaradigan yorug‘lik nurlanishi esa diskret spektrga ega bo‘ladi. Moddalar nurlanish spektrlarini tadqiq qiladigan qurilmalar spektral qurilmalar deyiladi. Oddiy spektral qurilmalarda spektr nurlanishini ajratish uchun prizma ishlatiladi (9-rasm). Prizmada nur harakati dispersiya hodisasiga asoslangan, ya’ni yorug‘likning to‘lqin uzunligini prizma moddasining n sinish ko‘rsatkichiga bog‘liqligi. 9-rasm. Nurlanish spektrining prizma yordamida ajralishi. S tirqish orqali tushadigan tadqiq qilinayotgan nurlanish linzaning L 1 fokal tekisligida joylashadi. Qurilmaning bu qismi kollimator deb ataladi. Yorug‘likning linzadan chiqadigan parallel nurlar dastasi R prizmaga tushadi. Dispersiya natijasida har xil to‘lqin uzunlikli yorug‘lik har xil burchak ostida prizmadan chiqadi. L 2 linzaning fokal tekisligida fotoplastinka yoki ekran joylashadi. Natijada ekranning har xil joyida to‘lqinlar uzunligining har xil yorug‘ligida kirish teshigining S tasviri paydo bo‘ladi (9.9-rasm). Prizmalar tayyorlanadigan barcha qattiq moddalar (shisha, kvars) sindirish ko‘rsatkichi n ko‘rish sohasida to‘lqin uzunligining ortishi bilan monoton kamayadi, shuning uchun prizma ko‘k va binafsha nurlarni qizil nurga nisbatan kuchli og‘diradi. Yuqori ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lgan optik qurilmalarda prizma o‘rniga difraksion panjara ishlatiladi. Bir-biridan barobar uzoqlikda joylashgan va bir xil kenglikdagi parallel tirqishlar sistemasiga difraksion panjara deyiladi. Panjara yorug‘likni o‘tkazadigan (а) va o‘tkazmaydigan (в) kengliklardan iborat bo‘lib, d = a + в difraksion panjaraning davri deyiladi. Maxsus bo‘luvchi mashina yordamida metall yoki shisha plastinka sirtiga chiziladi (10-rasm). Yaxshi panjaralarda parallel shtrixlar uzunligi 10 sm atrofida bo‘ladi, har bir millimetrga 2000 ta gacha shtrix to‘g‘ri kelishi mumkin. Panjarani umumiy uzunligi 10-15 sm ga yetishi mumkin. Bunday panjaralarni tayyorlashda eng yuqori texnologiyalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Amaliyotda bir millimetrga 50-100 shtrix tortilgan plyonkalar ham ishlatilishi mumkin. Difraksion panjara sifatida kompakt disklarning bir parchasini yoki grammafon plastinkalarini ham ishlatish mumkin. O‘rganilayotgan yorug‘likning parallel nurlar dastasi kollimator yordamida panjaraga yuborilsin. Panjaradan keyin o‘rnatilgan (9.11-rasm) linzaning fokal tekisligida difraksion manzara kuzatiladi. 10-rasm. Difraksion panjara. 11-rasm. Yorug‘likning panjaradagi difraksiyasi. Parallel nurlar dastasi tushuvchi nurlar yo‘nalishida panjaradan ma’lum burchak ostida tarqalib linzaning fokal tekisligida joylashgan ekranning biror R nuqtasida yig‘iladi. R nuqtadagi tebranish har xil tirqishlardan o‘tuvchi ikkilamchi to‘lqinlar interferensiyasi natijasidir. R nuqtada interferension maksimum kuzatilishi uchun qo‘shni tirqishlardan chiqqan nurlarning yo‘llar farqi to‘lqin uzunligining butun soniga teng bo‘lishi lozim: . ,... 2 , 1 , 0 sin Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling