Fraungofer difraksiyasi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana29.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1401418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
opttikaaa

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Xulosa 
Xulosa qilib aytganda difraksiya deb yorug’likni to’g’ri chiziqli tarqalishini 
shaffof bo’lmagan to’siqlarga uchraganida og’ishiga aytiladi. Yorug’lik difraksiya 
to’lqinini jism (qirrasi) bilan ta’sirlashish natijasidir. Shuning uchun difraksiya 
to’siqlarni shakli va o’lchamiga bosiqlik bo’ladi. Optikada difraksiya to’siqlarni 
shakli va o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Optikada difraksiya hodisasini kuzatish va 
o’rganishda difraksion panjaradan foydalaniladi. Difraksion panjara-bir hil 
shakldagi bir-biridan bir hil uzoqlikda joylashgan juda ko’p (1 mmda 1700 
tagacha) parallel tirqishlar to’plamidan iborat bo’lgan optik asbob. Yorug‘lik 
difraksiyasi deb, yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalish qonunidan 
chetlanishlar tufayli yuz beradigan hodisalarga aytiladi. Tajribalarning 
ko‘rsatishicha ma’lum sharoitlarda yorug‘lik soya sohasiga o‘tadi. Masalan, 
noshaffof ekran olib, ekranning markazida o‘lchami kichik bo‘lgan dumaloq 
tirqishga nuqtaviy yorug‘lik manbaidan nur tushirsak orqadagi ekranda yorug‘ va 
qorong‘i konsentrik halqalardan iborat difraksion manzarani kuzatish mumkin. 
Tirqishning diametri qancha kichik bo‘lsa difraksion manzara shuncha yaqqolroq 
kuzatiladi, ya’ni tirqish diametriga bog‘liq bo‘ladi. Agar to‘siq chiziqli xarakterga 
ega bo‘lsa (tirqish, ip, ekran cheti), unda ekran markazida parallel difraksion 
chiziqlar sistemasi kuzatiladi. Nyuton davrida ham difraksiya hodisasi yaxshi 
ma’lum bo‘lgan, lekin korpuskulyar nazariya asosida tushuntirish imkoni 
bo‘lmagan. Birinchi marta difraksiya hodisasini to‘lqin nuqtai nazaridan kelib 
chiqib sifatli tushuntirishga T.Yung muvoffaq bo‘ldi 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. I.V. Savelev. “Umumiy fizika kursi”. “O’qituvchi”, Toshkent,1976y. 
2. A.S. Jdanov. “Fizika”, maxsus o’quv yurtlari uchun darslik,
“O’qituvchi”, Toshkent , 1980y. 
3. F.A. Korolev. “Fizika kursi” optika, atom va yadro fizikasi.
“O’qituvchi”, Toshkent, 1978y. 
4. Fizika II qism. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun.
“O’qituvchi”, Toshkent, 2007y. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling