Frazemalarning mazmun jihaтi


I.2. Frazemalarda sinonimik munosabat


Download 197.5 Kb.
bet5/7
Sana04.01.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1078645
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Frazemalarning mazmun tayyor

I.2. Frazemalarda sinonimik munosabat
Ideografik semalari teng, bir yoki bir necha jihati o‘zaro farqli frazemalar (frazosememalar) frazeologik sinonimlar (frazosinonimlar) deyiladi. Masalan, og‘z(i)ga tolqon sol­, mum tishla­ frazemalari ayni bir lug‘aviy ma'noni - "mutlaq gapirma", "suhbatda mutlaqo qatnashma" ma'nosini anglatadi: Majlis boshlanguncha biroz kulishib o‘tiraylik. O g‘ i z l a r i n g g a t o l q o n s o l i b o l d i n g l a r (Parda Тursun). Bir gapirib, o‘n kulardi, hammani og‘ziga qaratardi... Bugun m u m t i sh l a b q o l d i (Oydin).
Frazeologik sinonimlar ham uch jihatdan baholanadi: a) lug‘aviy ma'nosi jihatidan, b) baho semasi jihatidan, d) nutqiy xoslanishi jihatidan.
Frazosinonimlar ko‘pincha ma'no sinonimlari (ideografik sinonimlar) bo‘ladi (Ma'nosi teng keladigan frazosinonimlar juda oz). Masalan, burn(i)ni ko‘tar­ - burn(i) ko‘tarildi va dimog‘(i) shishdi frazemalari uchun umumiy mundarija "kibrlan ", "gerday "bo‘lsa-da, bu umumiy ma'noning gavdalanishi turlicha. Bundan qat'i nazar, burn(i)ni ko‘tar- - burn(i) ko‘tarildi frazemasiga nisbatan dimog‘(i) shishdi frazemasida ma'no kuchliroq. Frazosinonimlarda baho semasi odatda bo‘rtib turadi. Asli frazema­lar xuddi shu maqsad bilan - voqelikni nomlashda uni o‘tkir baholab berish uchun, ijobiy yoki salbiy munosabatni yaqqol ifodalash uchun - yaratiladi. Masalan, ikki oyog‘(i)ni bir etikka tiq­, oyog‘(i)ni tirab ol­ sinonimlarining har ikkisida baho semasi juda kuchli; bosh(i) shishdi, miya(si) g‘ovlab ketdi sinonimlarida esa baho semasi ikkinchisida kuchliroq : Otam uylantiraman deb i k k i o y o g‘ i n i b i r e t i k k a s u q i b olgan. Hol­jonimga qo‘ymaydi (Said Ahmad). Savdogarning o‘jarchasiga o y o q t i r a b t u r i sh i yigitning g‘azabini oshira boshladi (Oybek). Shu kunda hammaning b o sh i sh i sh g a n (Oybek). Ming xil xayol bilan m i y a m g‘ o v l a b k e t d i (Oydin).
Frazosinonimlar nutqiy xoslanish jihatidan rang­barang emas, asosan so‘zlashuv nutqiga, qisman boshqa nutq ko‘rinishlariga xoslangan. Masalan, ko‘z(i)ni yum­, dun/yodan o‘t­ frazemalari adabiy nutqqa (ko‘tarinki nutqqa), shularning sinonimi jon ber­ frazemasi esa so‘zlashuv nutqiga xoslangan.
Sinonim frazemalarni bir 'frazemaning variantlaridan (allofrazemalardan) farqlash kerak. Masalan, "yangi, qo‘l tegmagan " ma'nosini anglatuvchi oxori to‘kilmagan, qirovi to‘kilmagan frazemalari o‘zaro sinonim, chunki bulardan har biri asosida boshqa-boshqa obraz yotadi (birinchisi to‘quvchilikdan, ikkinchisi esa pichoqchilikdan olingan), boshqa-boshqa leksemalardan tarkib topgan.
Ammo bosh(i)da yong‘oq chaq­, bosh(i)da danak chaq­, bosh(i)da tosh chaq­ bir frazemaning ko‘rinishlari (allofrazemalari) bo‘lib, bir leksik a'zoning almashuvi bilan yuzaga kelgan, bunday almashtirish bilan frazemaning ma'nosi kuchaya boradi (yong‘oq - danak - tosh ).
Sinonimiya frazema (frazosemema) bilan leksema (leksosemema) orasida ham voqe bo‘ladi. Bunday hodisaga frazeologik­leksik sinonimiya deyiladi. Masalan, yulduzni benarvon uradi frazemasi abjir leksemasi bilan, dunyoni suv bossa, to‘pig‘(i)ga chiqmaydi frazemasi beg‘am leksemasi bilan sinonim. Sinonimik munosabatdagi frazema o‘z ma'no qirrasiga, baho semasiga ko‘ra o‘z leksik sinonimidan keskin farq-lanib turadi. Biror voqelikni frazema bilan anglatish leksema bilan anglatishga qaraganda ta'sirchan bo‘ladi.
Frazosinonimlar odatda shu tilning o‘ziniki bo‘ladi: bir yostiqqa bosh qo‘y­, turmush qur­; bir og‘iz, bir shingil kabi. Bir tildan boshqa tilga frazema o‘zlashtirish juda oz voqe bo‘ladi, shu sababli boshqa tildan frazema o‘zlashtirish bilan yuzaga kelgan sinonimiya ham deyarli uchramaydi.
Ideografik semalaridan odatda biri zid, qolganlari aynan ikki frazema (frazosemema) biri ikkinchisiga nisbatan antonim deyiladi. Bunday ma'no munosabati oppozitiv munosabat deb ham nomlanadi: oq ko‘ngil - ko‘ngl(i) oq va ich(i) qora frazemalari o‘zaro, ochiq qo‘l - qo‘li ochiq va tutunini bulut ko‘rmas, yuvindisini it frazemalari o‘zaro kabi.
Antonimik munosabat frazema bilan leksema orasida ham mavjud bo‘lib, frazeologik­leksik antonimiya deyiladi: bosh(i) osmonda frazemasi bilan xafa leksemasi o‘zaro, qo‘l(i) ochiq frazemasi bilan xasis leksemasi o‘zaro kabi.
Frazeologik antonimiyani belgilashda ham ko‘p ma'nolilik bilan hisoblash zarur. Bir ma'noli frazemalarda-gina antonimiya frazema bilan fraze­ma orasida voqe bo‘ladi: yerga ur­ - ko‘kka ko‘tar­ kabi. Ko‘p ma'noli frazemalarda esa har bir frazosemema-ning o‘z antonimi bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘z(i)ga issiq ko‘rin­ frazemasi ikki lug‘aviy ma'noni anglatadi: I) " tanishdek tuyil " , 2) " o'ziga tort " "yoqimli bo‘l ".

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling