Frazemalarning mazmun jihaтi
Kurs ishining maqsad-vazifalari
Download 197.5 Kb.
|
Frazemalarning mazmun tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining amaliy ahamiyati.
Kurs ishining maqsad-vazifalari Frazema ikki va undan ortiq leksemaning o‘zaro semantiksintaktik bog‘lanib, umumlashma ko‘chma ma'no kashf etishi bilan yuzaga keladi. Frazemada birikmaning, gapshaklning ma'lum bir qolipi doimiy tarkibiy qism sifatida leksemalar va morfemalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Masalan, ko‘z(i)ni och frazemasi asli ko‘z(i)ni leksemashaklining och leksemasiga tobelanishi bilan tuzilgan to‘ldiruv-chili birikmaga teng; bu frazemaning ifoda jihatiga ko‘z(i)ni leksemashakli tarkibida qatnashadigan ko‘z leksemasi, tushum kelishigi ko‘rsatkichi mansub; sonlovchi, nisbatlovchi ham zaruriy qism sifatida qatnashadi, lekin qaysi sonlovchi, nisbatlovchining ishlatilishi nutq bosqichida aniqlashadi. Shuni hisobga olib bu leksemashakl tarkibini ko‘z (S) (N) ni tarzida yozib ko‘rsatish mumkin. Тuzilishi jihatidan birikmaga teng ushbu frazemaning ikkinchi a'zosi och leksemasi bilan ifodalangan. Bu frazemaga bir butun holda bo‘lishlibo‘lishsizlik, mayl, zamon, shaxsson ko‘rsatkichi nutqda qo‘shiladi.
Ona tili darslariga iboralar va tasviriy vositalarni olib kirishning vasifasi o‘quvchilar maktab darsliklaridan tashqari mustaqil tarzda badiiy asarlar o‘qiydilar, tabiiyki badiiy asarlarda qahramon nutqini jozibali qilish, ta’sir kuchini yanada oshirish maqsadida iboralar va tasviriy ifodalardan unumli foydalaniladi. O‘quvchilar asarni o‘qish jarayonida ibora va tasviriy ifodalarning ma’nolarini anglagan holda o‘zlariga xulosa chiqarishlarini ta’minlash bitiruv malakaviy ishining vazifasi sanaladi. Kurs ishining amaliy ahamiyati. Frazemadan tashqari nutqda xuddi shunday birikma ham tuzib ishlatiladi. Nutqning o‘zida tuziladigan bunday birikma erkin birikma deyiladi va bunday birikmaga zid holda frazema turg‘un birikma (turg‘un bog‘lanma) deyiladi. Тurg‘un bog‘lanma keng tushuncha bo‘lib, to‘g‘ri ma'noli va ko‘chma ma'noli turg‘un bog‘lanmalarga ajratiladi; ko‘chma ma'noli turg‘un bog‘lanmalar frazema deyiladi. Тo‘g‘ri ma'noli turg‘un bog‘lanma deb tarkibli terminlarga (olmoshlab ekish kabi), takror qolipi asosida tuziladigan birliklarga (kuchiga kuch qo‘shiladi, husniga husn qo‘shib turibdi, kundan kunga kabi) aytiladi. Kurs ishi o‘rta maktab o‘qituvchilari, o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchilari, metodika bilan qiziqqan mutaxassislarga mo‘ljallanadi uning amaliy ahamiyati ham shundan iborat. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati va shu mavzuga aloqador bo‘lgan ilmiy metodik maqolalar tahliliga e’tibor qaratilgan va qisqacha ma’lumot berilgan. Mavzuni bunday usulda o‘tish o‘quvchilarning so‘z boyligini oshiradi, nutqning rang – barangligini ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchining nutq madaniyati takomillashib boradi. Bu borada zaruriy namuna va tavsiyalar berildi. Kurs ishini yozish jarayonida mavzusiga doir mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida pedagogik texnalogiya asosida turli o‘yin topshiriqlarni tavsiya qildik. Bu borada turli metodik maqolalardan mavzuga oid bo‘lgan kitoblarda foydalandik. Bu o‘yin topshiriq va mashqlar shu soha xodimlariga va ushbu sohaga qiziquvchilalar uchun foyda keltiradi degan umiddamiz. Download 197.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling