Frazemalarning mazmun jihaтi
II bob Frazeologik birliklarning turkumlanish turlari va umumiy tushuncha
Download 197.5 Kb.
|
Frazemalarning mazmun tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frazeologik birliklarda grammatik turkumlar
II bob Frazeologik birliklarning turkumlanish turlari va umumiy tushuncha
II.1.Frazeologik birliklarning turkumlanishi Frazeologik birliklarni ma'no mundarijasidan anglashiladigan turkumlik semasi asosida lug‘aviy frazeologik birliklar va grammatik frazeologik birliklar deb ajratish mumkin. Frazema deb lug‘aviy frazeologik birliklarga aytiladi va quyidagi besh turkumga ajratiladi: ot frazemalar, sifat frazemalar, fe'l frazemalar, ravish frazemalar, kesimlik frazemalari. Frazemalarda son turkumining, olmosh turkumining yo‘qligi tabiiy. Frazemalarning deyarli beshdan to‘rt qismini fe'l frazemalar tashkil qilib, "predmetning harakat-holati " semasi bilan turkumlanadi: bosh eg ("itoatkor bo‘l "), miya(si) g‘ovlab ketdi - miya(si)ni g‘ovlatib yubor ("o‘ylayverib gangi " ), qon(i)ni buz("asabiylanishiga olib kel ") kabi. Fe'l frazemalar qo‘llanmaning oldingi paragraflarida yetarli tasvirlandi. Ot frazemalar "predmet" turkumlik semasiga ega bo‘lib, boshqa turkum frazemalariga nisbatan oz; tuzilishi jihatidan rang-barang. Bunday frazemalarda odatda predmet tushunchasi belgi tushunchasi bilan birgalikda anglatiladi, tayanch a'zosi asosan ot leksema bilan ifodalanadi. Grammatik qurilishi quyidagicha: I. Birikmaga teng qurilishli bo‘ladi: Sifatlovchili birikmaga teng bo‘lib, sifatlovchi: sifat leksema bilan ifodalangan: sog‘in sigir, tirik tovon, xom cho‘t , o‘ng qo‘l(i) kabi; 2) son leksema bilan ifodalangan: yetti pushti kabi; 3) fe'lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan: suyangan tog‘(i) kabi. 2. Qaratuvchili birikmaga teng bo‘lib, qaratuvchi asosan qaratqich kelishigining belgisiz shaklida qatnashgan: umr savdosi, umr yo‘ldoshi, qalam haqi, umrning egovi kabi. Hollovchili birikmaga teng bo‘lib, o‘rin hollovchisi qatnashgan: kosaning tagida nimkosa. II. Sintaktik qurilishi gap shakliga teng bo‘lib, tayanch a'zosi fe'l leksema bilan ifodalangan, tarkibida vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan: patir ushatti, supra qoqdi (Bular - marosim nomlari). 3 §. Sifat frazemalar ot frazemalardan ko‘proq; qurilishiga ko‘ra birikmaga yoki gapga teng: Birikmaga teng qurilishli frazemalarda : 1. Тayanch a'zo ot leksema bilan ifodalangan: 1) Sifatlovchili birikmaga teng bo‘lib, sifatlovchi : a) sifatleksema shakl bilan ifodalangan: og‘iroyoq, shirinso‘z; b) otleksema shakl bilan ifodalangan: sheryurak, quyonyurak; d) sifat leksemashakl bilan ifodalanib, birikmaga -day affiksoidi qo‘shilgan: o‘rta qo‘lday; e) kesimlik leksemashakli bilan ifodalanib, birikmaga -dagi affiksi qo‘shilgan: yo‘q yerdagi ; f) son leksemashakl bilan ifodalanib, birikmaga -lik affiksi qo‘shilgan: besh kunlik kabi. 2) Qaratuvchili birikmaga teng bo‘lib, birikmaga -dak affiksoidi va " iliqlik " ma'nosini ifodalaydigan -gina (-kina) affiksi qo‘shilgan: do‘ppining tagidakkina. 2. Тayanch a'zosi fe'l leksema bilan ifodalangan: I) Birikma -gan sifatdosh yasovchisi bilan shakllangan tarkibida: a) vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan: pixini yorgan, ilonning yog‘ini yalagan; b) vositali to‘ldiruvchi qatnashgan: old(i)ga tushadigan, osmon bilan o‘pishgan; d) vositasiz va vositali to‘ldiruvchi qatnashgan: qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan; e) vositasiz to‘ldiruvchi va tarz hollovchisi qatnashgan: yulduzni benarvon uradigan. 2) Birikma -r sifatdosh yasovchisi bilan shakllangan, tarkibida vositali to‘ldiruvchi qatnashgan: betga chopar kabi. II. Gapshaklga teng qurilishli frazemalarda: 1. Kesim a'zosi sifat leksemashakl bilan ifodalangan: 1) Ega a'zosi tarkibida nisbatlovchi qatnashgan: a) Doim III shaxs nisbatlovchisi bilan ishlatiladi: zuvalasi pishiq, chakagi ochiq, esi past; usti yaltiroq, ichi qaltiroq. b) Uch shaxs nisbatlovchisidan biri tanlab qo‘shiladi: dimog‘(i) baland, ko‘z(i) tor, qulog‘(i) og‘ir, qo‘l(i) egri; bosh(i) kal bo‘lsa ham, ko‘ngl(i) nozik . 2. Kesim a'zosi o‘rin kelishigidagi ot leksemashakl bilan ifodalangan; ega a'zosi tarkibida III shaxs nisbatlovchisi qatnashadi: dumi xurjunda. 3. Kesim a'zosi asli fe'l leksema bilan ifodalangan: 1) Gapshakl asli o‘tgan zamon shaklida bo‘lib (xudo urdi kabi), -gan sifatdosh shakliga transformatsiya qilingan (xudo urgan kabi) va shu shaklida frazema yuzaga kelgan: a) Ega a'zo tarkibida nisbatlovchi qatnashmaydi: xudo urgan, tesha tegmagan; b) Ega a'zo tarkibida III shaxs nisbatlovchisi qatnashadi: onasi o‘pmagan, eti suyagiga yopishgan; d) Uch shaxs nisbatlovchisidan biri tanlab qo‘shiladi: o‘n gul(i)dan bir gul (i) ochilmagan. 2) Gapshaklning kesim a'zosi tuslangan fe'l leksema bilan ifodalangan : a) hozirgi-kelasi (umum) zamon yasovchisi va III shaxs tuslovchisi bilan shakllangan; ega a'zosi tarkibida nisbatlovchi qatnashib, tanlab qo‘shiladi: chumchuq "pir" etsa, yurag(i) "shir" etadi. Mana bu frazemada nisbatlovchi o‘rin hollovchisi tarkibida qatnashadi: ora(lari)dan qil ham o‘tmaydi. b) Buyruq-istak mayli tuslovchilari paradigmasining III shaxs affiksi bilan shakllangan, ega a'zo tarkibida II shaxs birlik nisbatlovchisi qatnashgan: quling o‘rgilsin. 4- §. Ravish frazemalar miqdoran fe'l frazemalardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi , qurilishi quyidagicha: I. Birikmaga teng qurilishli: 1. Тayanch a'zosi fe'ldan boshqa turkum leksemasi bilan ifodalangan: 1) Sifatlovchili birikmaga teng bo‘lib, sifatlovchi: a) sifat leksemashakl bilan ifodalangan; frazema bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan: ochiq chehra bilan, soddadillik bilan ; b) ot leksema bilan ifodalangan: toshbaqa qadam bilan; d) son leksemashakl bilan ifodalangan; birikma: - bosh kelishikda shakllangan: bir shingil, ellik og‘iz, yetti qovun pishig‘i, bir ko‘ngl(i); - -lik affiksi bilan shakllangan: bir pullik ; - chiqish kelishigida shakllangan: bir og‘izdan (bir ovozdan), bir boshdan ; - o‘rin kelishigida shakllangan: bir holatda ; - o‘rin kelishigidan keyin ham ta'kid yuklamasi qatnashgan: ikki dunyoda ham ; - bosh kelishikdan keyin -day affiksoidi qo‘shilgan: besh barmog‘(i)day ; - jo‘nalish kelishigidan keyin -cha affiksoidi qo‘shilgan: yetti xuftongacha ( yetti xuftonga dovur) ; e) Sifatlovchisi ko‘rsatish birligii bilan ifodalangan birikmashaklning takrori bilan tuzilgan: u dunyo - bu dunyo. 2) Qaratuvchili birikmaga teng bo‘lib, frazema: a) bosh kelishikda shakllangan: bozor bahosi ; b) o‘rin kelishigida shakllangan: yeng ichida, davlat(lari)ning soyasida ; d) chiqish kelishigida shakllangan: o‘lgan(i)ning kunidan ; e) bilan ko‘makchisi yordamida shakllangan: falakning gardishi bilan, zamona- ning zayli bilan ; f) bosh kelishikdan keyin -day affiksoidi qo‘shilgan: ignaning uchiday. 3) Тo‘ldiruvchili birikmaga teng bo‘lib, to‘ldiruvchi: a) chiqish kelishigida shakllangan; tayanch a'zo: - ot birikma bilan ifodalangan; frazema bosh kelishikda shakllangan: daryodan bir tomchi ; - ravish leksema bilan ifodalangan: eldan burun ; b) o‘rin kelishigida shakllangan; tayanch a'zo kesimlik leksemasi bilan ifodalangan: o‘z(i)da yo‘q. 4) Тurli sintaktik qurilmalarga teng bo‘lib: a) [(ot leksema dan o‘rin hollovchisi) X (fe'l leksema hollanmish) ma y] X [ot leksema dan]" tarzida tuzilgan qurilma bilan ifodalangan: eshikdan kelmay teshikdan; b) "..dan , ... gacha" qurilmasi bilan ifodalangan: ipidan-ignasigacha, yetti yashardan yetmish yashargacha; d) ot leksemashakllar bilan tuzilgan uyushiq qatorga -day affiksoidi qo‘shilgan: suv bilan havoday ; e) birda ravishini bo‘lmasa yordamida zidlab takrorlash bilan tuzilgan: birda bo‘lmasa-birda ; f) bosh kelishikdagi ot leksemashakllarni ham ta'kid yuklamasi bilan birga takrorlab tuzilgan: it ham, bit ham. 2. Тayanch a'zosi fe'l leksema bilan ifodalangan frazema: 1) -b ravishdosh yasovchisi bilan shakllangan frazemaning sintaktik qurilishi: a) to‘ldiruvchili birikmaga teng; vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan: jon(i)ni hovuchlab, yurag(i)ni hovuchlab, betining terisini sidirib, jon kuydirib, ko‘cha changitib, savlat to‘kib ; o‘zini aka, echkisini taka deb; b) hollovchili birikmaga teng: ikki || yetti bukilib; 2) -guncha ravishdosh yasovchisi bilan shakllangan: ko‘z ochib yumguncha; 3) -gan sifatdosh yasovchisi bilan shakllangan bo‘lib: a) -day affiksoidi qo‘shilgan: xamirdan qil sug‘urganday ; b) -cha affiksoidi qo‘shilgan: qo‘l(i)dan kelganicha. Bu frazema asli qo‘l(i)dan keladi fe'l frazemaning transformatsiyasiga teng; 4) shart mayli yasovchisi bilan shakllangan: nari borsa, oz bo‘lmasa. II. Gapshaklga teng qurilishli frazemalarda kesim a'zo fe'l leksema bilan ifodalangan: 1) Gapshaklga de- fe'li deb, demay shaklida qo‘shilgan: bersang - yeуman, ursang - o‘laman deb; yuzingda ko‘zing bormi demay; Gapshaklga jo‘nalish kelishigi shakli qo‘shilgan: xo‘ja ko‘rsinga; 3) Тo‘siqsiz ergash gapshakl frazemaga aylangan: boshiga qilich kelsa ham; 4) Gapshaklning transformatsiyasiga teng: a) -b ravishdosh shakliga transformatsiya qilingan: umr(i) bino bo‘lib; b) -gan sifatdosh shakliga transformatsiya qilingan va o‘rin kelishigi shakli qo‘shilgan: tuyaning dumi yerga yetganda; 5- §. Kesimlik frazemalari miqdoran ravish frazemalarga deyarli teng bo‘lib, qurilishi quyidagicha: I. Birikmaga teng qurilishli: 1. Тayanch a'zosi ot leksema bilan ifodalangan: 1) Sifatlovchili birikmaga teng bo‘lib, sifatlovchi: a) sifat leksemashakl bilan ifodalangan: katta ko‘cha; eski hammom, eski toz; mulla mirquruq ; b) son leksemashakl bilan ifodalangan: bir go‘r, bir pul ; d) ot leksemashakl bilan ifodalangan: o‘g‘il bola; qiyomat qarz; o‘z uyim, o‘lan to‘shagim ; e) fe'lning -gan sifatdosh shakli bilan ifodalangan: turgan gap II ("shak-shubhasiz"). 2) Qaratuvchili birikma bilan ifodalangan: piyozning po‘sti; og‘z(i)ning yeli; boyagi-boyagi, boy xo‘janing tayog‘i ; 3) Тo‘ldiruvchili birikma bilan ifodalangan to‘ldiruvchi: a) chiqish kelishigida shakllangan: qissadan hissa, xamir uchidan patir, chiqmagan jondan umid ; b) jo‘nalish kelishigida shakllangan: so‘k oshiga surnay ; 4) ustasi farang frazemasi tojikcha izofa birikmasi tarzida tuzilgan. 2. Тayanch a'zosi fe'l leksema bilan ifodalangan; frazema: 1) Тo‘ldiruvchili birikmaga teng bo‘lib: a) -gan sifatdosh yasovchisi va -day affiksoidi bilan shakllangan: suv quyganday ; b) -gu sifatdosh yasovchisi va -day affiksoidi bilan shakllangan: bir qoshiq suv bilan yut[ib yubor]guday. 2) Hollovchili birikmaga teng bo‘lib, fe'lning: a) -sh otdosh yasovchisi bilan shakllangan: it yotish, mirza turish; b) buyruq-istak maylining III shaxs tuslovchisi bilan shakllangan: u yoqda tursin, nari tursin. 3. Тayanch a'zosi ravish leksema bilan ifodalangan: undan nari. 4. Тayanch a'zosi tasvir birligi bilan ifodalangan: bir qop yong‘oqday shaldir-shuldur. II. Gapshaklga teng qurilishli frazemalarda kesim a'zo: I) kesimlik leksemasi bilan ifodalangan: es(i) yo‘q, maza(si) yo‘q, lab-dahan yo‘q, es(i) bor, yurag(i)da o‘t(i) bor, toshga azon aytgan bilan baravar; 2) sifat leksema bilan ifodalangan; ega a'zo tarkibida nisbatlovchi qatnashgan: bet(i) qattiq, qo‘l(i) uzun, qo‘l(i) yengil, qulog‘(i) ding, qadd(i) kamon, yurag(i) taka-puka, yurag(i) keng, yurag(i) tor, es(i) kirdi-chiqdi, es(i) butun, til(i) uzun, bosh(i) ochiq, bosh(i) bog‘liq, oshig‘(i) olchi, qo‘l(i) gul; til(i) boshqa, dil(i) boshqa; 3) son leksema bilan ifodalangan: do‘ppi(si) yarimta, ko‘z(i) to‘rt, til(i) bir qarich; 4) ot leksemashakl bilan ifodalangan: a) bosh kelishikda qatnashgan: to‘rt taraf(i) qibla, ikki dunyo bir qadam ; o‘z(i) xon, ko‘lanka(si) maydon; b) o‘rin kelishigida qatnashgan: bosh(i) osmonda, do‘ppi(si) osmonda, og‘z(i) qulog‘ida, ona sut(i) og‘z(i)da, bir qaynovi ichida; yegan(i) oldida, yemagan(i) ket(i)da; 5) fe'l leksema bilan ifodalangan; gapshakl transformatsiya qilinib, -di zamon yasovchisi -gan sifatdosh yasovchisiga, III shaxs tuslovchisi III shaxs nisbatlovchisiga almashtirilgan, shundan keyin bosh kelishik shakli qo‘shilgan: pir urdi - pir urgani kabi ; 6) buyruq maylining II shaxs birlik: a)) senlash tuslovchisi shaklida ifodalangan: o‘zing uchun o‘l, yetim ; b) sizlash tuslovchisi shaklida ifodalangan: yaxshi boring, yaxshi qoling (Bular - muomala frazemalari). III. Bir frazema uyushiq ot leksemashaklga chama ma'nosini ifodalaydigan -cha affiksoidini qo‘shib shakllangan: yer bilan osmoncha (osmon bilan yercha). II.2.Frazeologik birliklarda grammatik turkumlar Leksik birliklarda bo‘lganidek frazeologik birliklarda ham grammatik turkumlar ajratiladi. Bular asosan modal frazeologik birliklardan iborat bo‘lib, mazmunan rang-barang: turgan gap II ("shak-shubhasiz "), xudo xohlasa ("nasib qilsa"), xudo biladi ("aniq aytib bo‘lmaydi"), gapning ochigi ("to‘g‘risini aytganda"), gapning po‘stkallasi ("fikrning lo‘ndasi"); xudoga shukur (sabr-qanoat, mamnuniyat ifodalovchi birlik), xudo saqlasin, xudo ko‘rsatmasin (noxushlik yuz bermasligini tilab aytiladigan birlik). Oz bo‘lsa-da undov frazeologik birliklar ham mavjud bo‘lib, afsuslanish (sho‘rim qursin, esim qursin), taajjub [Qayoqdan kun chiqdi ?!, shox(i) bormi ?!], qutlov (Qadamingizga hasanot! ), istak (Jon koshki edi) kabi ma'nolar ifodalanadi. Yuqoridagi tasvirlardan ayonki, frazeologik birlik-ning qaysi frazeologik turkumga mansubligi iboradan bir butun holda anglashiladigan turkumlik semasi asosida belgilanadi. Frazeologik birlikning leksik tarkibi, grammatik shakllanishi ikkilamchi belgilar sifatida hisobga olinadi. Masalan, ot turkumiga mansub frazemadan "predmet" turkumlik semasi anglashiladi, bunday frazema odatda birikmaga teng qurilishli bo‘lib, tayanch a'zosi ot leksema bilan ifodalangan bo‘ladi, demak, bunday frazemalarda ifoda jihati bilan turkumlik jihati mutanosib bo‘ladi; bunday frazema asosga teng bo‘lib, nutqda son va kelishik ko‘rsatkichlarini olib frazemashakl holatiga o‘tadi. Supra qoqdi, patir ushatti kabi gapshaklga teng qurilishli, lekin ot turkumiga mansub frazemalar ham bundan mustasno emas: patir ushatti ga chaqir kabi. Тayanch a'zosi ot leksema bilan ifodalangan, sintaktik qurilishi birimaga teng frazemalarning bir qismi sifat turkumiga mansub (og‘ir oyoq kabi). Bunday frazemalar mazmunan ("predmetning sifatiy belgisi "semasi bilan) va grammatik shakli bilan ot frazemalardan farq qiladi. Sifat frazema tarkibida sonlovchi va turlovchi qatnashmaydi, nutqda sifatlovchi vazifasida keladi (shunga ko‘ra "sifatlovchi " sintaktik semasi qo‘shiladi). Demak, sifat frazemalarga grammatik shakllarda ishlatilish xos emas. Bunday xususiyat tayanch a'zosi sifat leksema bilan ifodalanib, sintaktik qurilishi gapshaklga teng frazemalarga ham xos [zuvalasi pishiq, qo‘l(i) egri kabi]. Sifat frazemalarning ayrimlari ot birikmaga -day , -dagi kabi sintaktik mohiyatli grammatik ko‘rsatkich qo‘shilib shakllangan; frazemaning sifat turkumiga mansubligini belgilashda ana shunday grammatik ko‘rsatkich hisobga olinadi (o‘rta qo‘lday, yo‘q yerdagi kabi). Frazemaning tayanch (oxirgi) a'zosi sifat leksema bilan ifodalanishi bu frazemaning sifat turkumiga mansub ekanidan dalolat beradi (tagi past kabi). Xuddi shu fikrni tayanch a'zosiga (aniqrog‘i - frazemaga yaxlitligicha) sifatdosh shakli yasovchisi qo‘shilgan frazemalarga qarata ham aytish mumkin (tesha tegmagan kabi). Sifat frazemalarning ayrimlari - kesimi tuslovchili gapshaklga teng (quling o‘rgilsin kabi). Bunday frazemalarning sifat turkumiga mansubligini belgilashda grammatik shakliga tayanib bo‘lmaydi, turkumlik semasi va sintaktik vazifasi asosga olinadi. Yuqoridagi kabi tahlilni boshqa turkum frazeologik birliklari bo‘yicha ham davom ettirish mumkin. Barcha hollarda frazemaning mazmun jihati bilan ifoda jihati orasidagi mutanosiblikka yoki nomutanosiblikka duch kelinadi. Nomutanosiblik mavjud o‘rinlarda turkumlik semasi asosiy o‘lchov bo‘ladi va b. Frazemalarning bog‘lashuv imkoniyati asosan ularning qaysi turkumga mansubligi bilan belgilanadi. I. Ot frazemalar: 1) ega vazifasida kelib, kesimni o‘ziga bog‘laydi: U m r y o‘ l d o sh i m - o‘ta mehnatkash kabi; 2) to‘ldiruvchi vazifasida kelib, fe'l leksemaga bog‘lanadi: U m r y o‘ l d o sh i m n i cheksiz hurmat qilaman. U m r y o‘ l d o sh i m d a n jonimni ham ayamayman kabi; 3) qaratuvchi vazifasida kelib, qaralmish bo‘lib kelgan leksemaga bog‘lanadi: U m r y o‘ l d o sh i m n i n g sog‘lig‘i juda yaxshi kabi; 4) egaga bog‘lanib (ega qatnashmagan, ega qatnashmaydigan gapshakllarda o‘zicha) kesim vazifasida keladi: Bu kishi – u m r y o‘ l d o sh i m kabi. II. Sifat frazemalarning bog‘lashuvi sintaktik qurilishiga va vazifasiga bog‘liq: 1. Birikmaga teng qurilishli frazemalar: 1) ot leksemaga bog‘lanib sifatlovchi vazifasida keladi: sh i r i n s o‘ z yigit, yo‘ q y e r d a g i gaplar, o s m o n b i l a n o‘ p i sh g a n binolar kabi; 2). egaga bog‘lanib (ega qatnashmagan, ega qatnashmaydigan gapshakllarda o‘zicha) kesim vazifasida keladi: Umr yo‘ldoshim shu kunlarda o g‘ i r o y o q kabi. 2. Gapshaklga teng qurilishli frazemalar: 1) ot leksemaga bog‘lanib sifatlovchi vazifasida keladi; bunda tuslovchi tashlanib, "sifatlovchi " sintaktik semasi qo‘shiladi; ega bo‘lak tarkibida ko‘pincha nisbatlovchi qatnashadi; odatda III shaxs nisbatlovchisi, ba'zan-gina boshqa shaxs-son nisbatlovchisi qatnashadi: chakagi ochiq bolakay, dumi xurjunda ish, qulog‘i og‘ir qariya, quling o‘rgilsin xiyobon kabi; 2) Gap vazifasida keladi; frazemaning ega a'zosi tarkibida nisbatlovchi qatnashadi va uch shaxs-son nisbatlovchilaridan biri tanlab qo‘shiladi , demak, bunday frazemalarda qaratuvchi bo‘lak bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud; tayanch a'zo: a) hozirgi-kelasi zamon shaklidagi fe'l leksema bilan ifodalanadi: chumchuq "pir" etsa, yurag(i) "shir" etadi (kimning), ora(lari)dan qil o‘tmaydi (kimlarning) kabi ; b) sifat leksema bilan ifodalanadi: bosh(i) kal bo‘lsa ham, ko‘ngl(i) nozik (kimning] kabi. Demak, gapshaklga teng qurilishli frazema (umuman har qanday sintaktik birlik) nutqda o‘z sintaktik qurilishiga mos holda gap (jumla) vazifasida ham, shuningdek o‘rni bilan birikmaning bo‘lagi (masalan, sifatlovchi) vazifasida ham ishlatiladi. III. Ravish frazemalar sintaktik qurilishi va grammatik shaklidan qat'i nazar fe'l leksemaga, kesimlik leksemasiga bog‘lanib hollovchi vazifasida keladi: o ch i q ch e h r a b i l a n kutib ol, y e t t i q o v u n p i sh i g‘ i bor, i k k i d u n y o d a ha m rozi bo‘lma , e sh i k d a n k e l m a y t e sh i k d a n ket kabi. Bir qancha ravish frazemalar tarkibida tashqi bog‘lashuvga mansub nisbatlovchi qatnashadi: 1) Faqat III shaxc nisbatlovchisi qatnashadi: ipidan ignasigacha; o‘zini aka, echkisini taka deb kabi; 2) Uch shaxs-son nisbatlovchilaridan biri tanlab qo‘shiladi. Ana shunday ravish frazemalarda qaratuvchi bilan bog‘lashuv imkoniyati mavjud, lekin bu imkoniyat nutqda ko‘pincha namoyon bo‘lmaydi: o‘lgan(i)ning kunidan, umr(i) bino bo‘lib, bosh(i)ga qilich kelsa ham kabi. IV. Kesimlik frazemalari o‘z nomiga monand holda egaga bog‘lanib (ega qatnashmagan, ega qatnashmaydigan gapshakllarda o‘zicha) kesim vazifasida keladi: Bu kasb egalarining barchasi - b i r go‘r. Hol-ahvol so‘rashish u y o q d a tu r s i n, salomimga alik ham olmadi kabi. Gapshaklga teng qurilishli kesimlik frazemalari gap(jumla) vazifasida keladi. Bunday frazema tarkibida nisbatlovchi qatnashib, uch shaxs-son nisbatlovchisidan biri tanlab qo‘shiladi. Ana shunday kesimlik frazemasida qaratuvchi bilan bog‘lashuv imkoniyati mavjud, lekin bu imkoniyat nutqda deyarli namoyon bo‘lmaydi: Menga ko‘rsatilgan iltifotdan b o sh i m osmonda. Ketsang - ketaver, t o‘ r t t a r a f i n g q i b l a kabi. 2- §. Fe'l frazemalarga xos bog‘lashuv o‘ta murakkab bo‘lib, bu yerda eng muhim jihatlari ta'kidlanadi. (Тo‘liqroq ma'lumot olish uchun qarang: Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilida fe'l frazemalarning bog‘lashuvi. "Universitet", Т.: 1992). Fe'l frazemalarning bog‘lashuv xususiyati, birinchidan, frazemaning birikmaga yoki gapshaklga teng qurilishli ekani bilan, ikkinchidan, fe'l a'zoning bog‘lashuv imkoniyati va bu imkoniyatning frazema tarkibida namoyon bo‘lgan-bo‘lmaganligi bilan, uchinchidan, frazemaning ot a'zosi tarkibida tashqi bog‘lashuvga mansub nisbatlovchining bor-yo‘qligi bilan belgilanadi. I. Birikmaga teng qurilishli fe'l frazemalarda bog‘lashuv imkoniyati quyidagicha: 1. Ega bilan bog‘lashuv deyarli barcha fe'l leksemalarga xos, bunday bog‘lashuv faqat shaxssizlangan fe'l leksemada yo‘qoladi; shaxssizlangan fe'l leksema esa frazema tarkibida deyarli qatnashmaydi. Fe'l frazema faqat ega bilan bog‘lashuvli bo‘lishi uchun kesim a'zo to‘ldiruvchini boshqara olmasligi yoki boshqaruv xususiyati frazemaning tarkibida namoyon bo‘lgan bo‘lishi, frazemaning ot leksemashakl bilan ifodalangan a'zosi tarkibida tashqi (qurshovga mansub) nisbatlovchi qatnashmasligi lozim: katta ket- (kim), sarosimaga tush- (kim), qora terga bot- (kim), aqldan oz- (kim) kabi. 2. Yuqoridagi tur frazema (egadan tashqari) qaratuvchi bilan bog‘lashuvli bo‘lishi uchun ot leksemashakl bilan ifodalangan a'zo tarkibida tashqi (qurshovga mansub) nisbatlovchi qatnashgan bo‘lishi lozim: bosh(i)ga chiqib ol- (kim,kimning), jilov(i)dan tortib qo‘y- (kim, kimning), til(i)dan tushma- (kim ,kimning), dum(i)ni tug- (kim, kimning), bosh(i)ga suv quy- (kim,kimning); tagiga yet- (kim,nimaning), mag‘zini chaq- (kim,nimaning) kabi. Ko‘rinadiki, birikmaga teng qurilishli bunday frazemalar - ikki bog‘lashuvli: ega va qaratuvchi bilan bog‘lanadi. Frazemaning qurshovidagi qaratuvchi o‘z- ta'kid birligi bilan ifodalanishi lozim bo‘lsa, bunday qaratuvchi odatda namoyon bo‘lmaydi: teri(si)ga sig‘may ket- (kim[o‘zining]), og‘z(i) bilan yur- (kim [o‘zining]) kabi. 3. Birikmaga teng qurilishli frazema to‘ldiruvchi bilan bog‘lashuvli bo‘lishi uchun frazemaning tayanch a'zosiga to‘ldiruvchini boshqarish mansub bo‘lishi va bu xususiyat frazemaning tarkibida namoyon bo‘lmagan bo‘lishi lozim. Bunday frazemaning fe'l a'zosi: 1) vositasiz to‘ldiruvchini boshqaradi: suv qilib ich- (kim,nimani), ep bilma- (kim,nima qilishni), bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘y- (kim,nimani); sarosimaga sol- (nima,kimni), yer-ko‘kka ishonma- (kim,kimni yoki nimani) kabi; 2) vositali to‘ldiruvchini boshqaradi: qo‘sha qari- (kim,kim bilan), teng kel- (kim, kimga) kabi; 3) ham vositasiz, ham vositali to‘ldiruvchini boshqaradi: teng ko‘r- (kim,kimni,kimga), bir qatorga qo‘y- (kim,kimni,kim bilan) kabi; 4) har ikki tur to‘ldiruvchini boshqara oladigan fe'l a'zoning bir to‘ldiruvchini boshqaruvi frazema tarkibida namoyon bo‘lib, qurshovida ikkinchi to‘ldiruvchini boshqaradi: kun berma- (kim,kimga), pand ye- (kim,kimdan) kabi. II. Sintaktik qurilishi gapshaklga teng fe'l frazemalarda bog‘lashuv imkoniyati quyidagicha: 1. Bunday frazema tarkibida ega qatnashadi, shunga ko‘ra bunday bo‘lak bilan bog‘lashuv bo‘lmaydi. 2. Тo‘ldiruvchi bilan, qaratuvchi(qaralmish)bilan bog‘lashuv imkoniyati birikmaga teng qurilishli frazemalardan farq qilmaydi: tuyaning ustida it qopadi (kimni), son tegdi (kimga), silla(si) quridi (kimning), ko‘z(i) yetdi (kimning,nimaga), nafsi og‘ridi (kimning,nimadan), es(i) og‘ib ketdi (kimning,kimga yoki nimaga) kabi va boshqa. Xulosa Soʻnggi paytlarda frazeologik birliklarning semantikasi masalalari tilshunos olimlarning tobora koʻproq e’tiborini jalb etmoqda. Frazemalar mazmun-mohiyati umumiy nazariyasi muammolari bilan bir qatorda, frazeologik birliklarning semantik kategoriyalariga oid izlanishlar olib borilmoqda. Tilshunoslik bo'limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat e'tibori frazeologizm, frazemalar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o'rganishga shuningdek, nutqda qo'llanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Sohaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilingan so'z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlar belgilarini aniqlashdir. O'zbek tilshunosligida bu sohadagi tadqiqotlar o'tgan asrning 50-yillarida boshlangan, shu paytdan buyon frazeolohizm,frazemalarning ko'p jihatlari Shavkat Rahmatullayev, Bobur Yo'ldoshev, Mamatov tomonidan o'rganilgan hamda bu sohadagi lug'atlar Sh.Rahmatullayev, M.Sodiqova, Sh.Imyanova tomonidan ishlab chiqilgan. "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" Shavkat Rahmatullayev muallifligida 1978-yilda nashr etilgan beqiyos manbadir. Yozuvchilardan A.Qodiriy, A.Qahhor, Hamid Olimjon, Oydin, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq qilingan. Ma’lumki, har bir til frazemalarining semantikasi bir biriga oʻxshash boʻlmagan murakkabligi bilan ajralib turadi. Tillardagi intensifikatsiya va deintensifikatsiya kategoriyalari orqali lisoniy belgilarni kuchaytirish yoki susaytirish, ularning miqdorini kamaytirish yoki ozaytirish holatlari vujudga keladi. Ushbu holatning yorqin koʻrinishi frazemalarning paydo boʻlishida, ularning oʻzaro pragmatik munosabatlarida namoyon boʻladi. Falsafiy kategoriyalardan boʻlgan miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga boʻlgan ta’siri, qonuniyatini frazemalar misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Ular tilning leksik sathida mavjud boʻlgan nomlash, sifat, miqdor, baho, emotsionallik, obrazlilk, tasvirlash, ekspressivlik kabi subyektiv-pragmatik kategoriyalar bilan uzviy bogʻliq boʻlgan holda yangi til birligi sifatida voqealanadilar hamda tilning semantik tizimida sifat koʻrsatkichiga ega boʻlgan yangi birlik sifatida shakllanadilar. Demak, frazemalarni o'rganish amaliy jihatdan barcha uchun foydali manbadir. Chunki jonli so'zlashuv uslubida nutqqa to'g'ri keladigan iboralarni qo'llash so'zlovchiga ham tinglovchiga ham mazmunli so'zlashuv muhitini yaratib bera oladi .Shuning uchun ham bu sohaning nafaqat nazariyotda, balki inson nutqidagi ahamiyati beqiyosdir. Download 197.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling