Mavzu: Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari Reja: Kirish


Download 60.84 Kb.
bet1/12
Sana03.02.2023
Hajmi60.84 Kb.
#1149257
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari


Mavzu: Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari

Reja:

  1. Kirish

    1. Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari mavzuning ahamiyati va dolzarbligi.

    2. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.

  2. Asosiy qism

    1. Diqqat haqida tushuncha.

    2. Diqqatning fiziologik asoslari.

    3. Diqqatning taqsimlanishi.

  3. Xulosa.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Kirish

    1. Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari mavzuning ahamiyati va dolzarbligi.

Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qaratili shi hamda to‘planishi diqqat deyiladi. Agar inson diqqat-e’tiborini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga qarata ol- mas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan va unumli bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir predmetga qarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin, yoki u narsa ko‘zimizga g‘ira- shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikrlari bilan band odam yaqin atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshitmaydi. Agar diqqatimiz biror- bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Agar shu narsaga, predmetga butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa, shu predmetning miridan-sirigacha bilib olishimiz mumkin.
Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Biron-bir predmet­ga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa barcha narsa- lar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilinadi. Bunda diqqa- timizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: ki- tob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan taralayotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi futbol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mimikada, tashqi qi- yofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini tinglayotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz berayotgan voqea-hodisalardan an- cha olislarda daydib yuradi.
Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning bar­cha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (ma­salan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoliyatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarish mut- laqo mumkin emas. SHuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushin- skiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bun- day degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.
Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat bar­cha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar yuzaga ke­ladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayot- ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib or- ganizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan chuqurlashib turadi.



    1. Download 60.84 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling