Mavzu: Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari Reja: Kirish


Download 60.84 Kb.
bet9/12
Sana03.02.2023
Hajmi60.84 Kb.
#1149257
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari

Diqqat umumiy barqarorlikning natijasidir. Ixtiyoriy diq­qatning sustligi, noto‘g‘ri tarbiya (bolani erkalatib yuborish, jazolanmasdan qolishi va h.k.) shakli bo‘lishi mumkin. Bu kichik yoshdagi bolalarga xos bo‘lib nerv sistemasining zaiflashuvi yoki qattiq toliqish, qoniqib uxlamaslik va shu kabilar natijasidir. Kat- ta yoshdagi kishilarda ham parishonxotirlikning bu xili yuz be- rishi mumkin. Qunt bilan ishlashga odatlanmagan odamda ham bu xildagi parishonxotirlik paydo bo‘ladi.

  • Kishi diqqati biron narsa bilan band bo‘lib boshqa narsani sez- magan paytda sodir bo ‘ladigan parishonxotirlik. Bu ko‘proq yozuv- chilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi o‘z fikriga astoy- dil berilganligi sababli atrofidagi narsalarni, hatto yonidagi odam unga murojaat qilayotganini ham sezmaydi. Ta’lim jarayonini puxta uyushtirish bolalar diqqatini shakllantirishning muhim shartidir. Diqqat ta’limning muvaffaqiyatli shartlaridan biri bo‘lga- ni uchun ham uni shakllantirish shu jarayonning o‘zida yuz beradi. Bolalar diqqatining jalb etilishi tarbiyachi nutqining xususiyatlariga, uning aniqligi, ifodaliligi, sur’ati, intonatsiyasi va boshqalarga bog‘liqdir. Ovozning me’yordagi baland-pastligi, mashg‘ulot da­vomida mazmunga qarab o‘zgarib turishi diqqatning bir nar- saga qaratilishiga yordam beradi. Baland ovoz tinglovchilarni zo‘riqtirgani kabi o‘ta ohista nutq ham bolalarni toliqtiradi.

    Ongning narsa, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda to‘planishi diqqat deb ataladi.
    Diqqatni jalb etishda ko‘rgazmali va texnik vositalarni qo‘llash (rasmlar, tabiiy va mum nusxalar, jadvallar, texnika vositalari, slayd-shou va h.k.) katta ahamiyat kasb etadi. Bir xildagi ijodiy bo‘lmagan ish diqqatning to‘planishini susaytiradi, barqarorligini pasaytiradi. Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, zarur shart-sha- roitlar mavjudligi barqaror diqqatni saqlaydi, sinchkovlik va ziy- raklik odatlarini hosil qiladi. Jonli, jadal suratli mashg‘ulotlar diqqatni yaxshiroq safarbar etadi. Haddan ziyod tez sur’at chog‘ida, shoshish oqibatida «diqqatning noto‘g‘ri jalb etilishi» sodir bo‘ladi, sekin sur’atlar bolani chalg‘itadi. Bolalar diqqatini barqaror saqlashda tarbiyachining izchil va muntazam talabchan- ligi muhim rol o‘ynaydi.
    Diqqatni ma’lum obyektga yo‘naltirishda ko‘rishga nisbatan eshitish qiyinchilik tug‘diradi. Bolalar diqqatining yosh va in­dividual xususiyatlarini hisobga olish ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartidir. Masalan, diqqatni yetarli darajada obyektga to‘play olmaslik aqliy faoli­yatning yetarli emasligiga, o‘qish faoliyatida ko‘nikma, malaka­larning shakllanmaganligiga bola irodasining kuchsizligi sabab bo‘ladi. Tashqi belgilar — yuz ko‘rinishining o‘zgacha ifodasi, nigohning qaratilganligi, gavdaning biroz oldinga intilganligi, peshona salgina tirishgan, lablar bir-biriga yopishganligiga qarab bola diqqatining yo‘nalganlik va to‘planganligini aniqlash mum­kin. Bolaning mashg‘ulotga nisbatan loqaydligini ham tash­qi ko‘rinishiga qarab ahiqlash mumkin. Ba’zan bola tarbiyachi nazarida chalg‘igan bo‘lib tuyilsa ham, lekin savollarga erkin javob berishi mumkin.

    Download 60.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling