Mavzu: Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari Reja: Kirish


Download 60.84 Kb.
bet4/12
Sana03.02.2023
Hajmi60.84 Kb.
#1149257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari

Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat odamda ma’lum irodaviy zo‘r berishdan so‘ng paydo bo‘ladi, ammo bunda odam go‘yo ish­ga «kirishib» ketadi, ishga diqqatini yengillik bilan to‘play bosh­laydi. Bu diqqatning ixtiyorsiz diqqatdan farqi, bunda odam­ning anglangan maqsadi bo‘ladi, shu tufayli diqqat bir nuqtaga to‘planadi, ammo ixtiyoriydan so‘nggi diqqat, ixtiyoriy diqqat emas, diqqatning bu turi odamning maxsus irodaviy zo‘r berish- larini talab etmaydi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat avval ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan faoliyatning ish­ga «tortish» jarayonining ilk bosqichini puxta tashkil etishi shart. O‘quv ishi boshida o‘quvchi ko‘p hollarda ixtiyoriy diqqatni ish­ga soladi. Keyin o‘quvchi ishga qiziqib qoladi, ya’ni uning diqqati chalg‘iyvermaydi, u qunt bilan shug‘ullana boshlaydi.
Diqqat turlicha sifat ko‘rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko‘rinishlari diqqatning sifati yoki xususiyati deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, ko‘lami, ko‘chirilishi, taqsimlanishi, to‘planishi (konsentratsiyasi) uning asosiy xususiyatlari hisobla- nadi. Diqqatning xususiyatlari turli odamlarda turlicha darajada ko‘zga tashlanadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o‘z diqqatini biron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tu- ra olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayo­tida juda katta ahamiyatga ega. CHunki, diqqatni ma’lum muddat davomida biron narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata ol- maydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham olmaydi va hat- to o‘ynay ham olmaydi. Diqqatning barqarorligi bu uncha-mun- cha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning kuchli va barqaror bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari biz uchun qanchalik ahamiyat- ga ega ekanligiga, ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bi­lan amalga oshiriladigan faoliyatimizga, uchinchidan, nerv sis- temasining ayrim xususiyatlariga bog‘liqdir. Bularning hammasi obyektiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bog‘liq bo‘lmagan sabab- lardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi, albatta, subyektiv, ya’ni odamning ayni chog‘dagi holati bilan ham bog‘liq. Masalan, ayni chog‘da betob bo‘lib turgan odamning yoki boshiga bir og‘ir tash- vish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo‘la olmaydi.
Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyati bi­lan ham bog‘liqdir. Diqqatning harakatchanlik xususiyatlaridan biri uning o‘zgaruvchanligi (fluktuatsiyasi, tebranishi)dir. Diqqat tebranishi deganda diqqatning jadallik darajasi, vaqti-vaqti bi­lan qisqa muddatga kuchayib yoki sustlashib ketishi tushuniladi. Agar juda kuchsiz, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozga quloq soladigan bo‘lsak, masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo‘lishiga qaramay, bu ovoz goh baland, goh past eshitiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan yorug‘lik farqini ajratish- da ham xuddi shunday hodisa yuz beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi 2—3 sekunddan oshmaydi (ko‘pi bilan

  1. sekundga teng bo‘ladi). Diqqatning o‘zgarib turishi ikkilanuv- chi tasvir deb atalgan tasvirlarni idrok qilishda ko‘rinadi. Agar bir necha daqiqa davomida kesik piramidaning tasviriga tikilib qaralsa, uning ustki tomoni goh oldinga chiqqandek, goh orqaga ketgandek bo‘lib ko‘rinadi.

Agar diqqatimiz qaratilgan narsa qiziqarli va yangi, mazmun- dor bo‘lsa shu narsaga diqqatni ancha vaqt qaratib turish mum- kin bo‘ladi. Bolalarni hayvonot bog‘iga olib borganda yoki ju­da qiziqarli ertak o‘qib berayotganda ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi. Bundan tashqari, diqqatimiz qaratilgan narsa bi­lan faol munosabatda bo‘layotganimizda ham diqqatimiz kuchli va barqaror bo‘ladi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni idrok qilish bi- langina cheklanmay, bu o‘yinchoqlar bilan faol harakatda bo‘lsalar (masalan, kubiklardan biron narsa yasash yoki mashinalarni qo‘l bilan yurgizish kabi) ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi.

Download 60.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling