Mavzu: Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari Reja: Kirish


Download 60.84 Kb.
bet8/12
Sana03.02.2023
Hajmi60.84 Kb.
#1149257
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqat turlari

2.2. Diqqatning fiziologik asoslari
Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Biron-bir predmet­ga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa barcha narsa- lar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilinadi. Bunda diqqa- timizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: ki- tob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan taralayotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi futbol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mimikada, tashqi qi- yofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini tinglayotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz berayotgan voqea-hodisalardan an- cha olislarda daydib yuradi.
Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning bar­cha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (ma­salan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoliyatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarish mut- laqo mumkin emas. SHuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushin- skiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bun- day degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.
Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat bar­cha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar yuzaga ke­ladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayot- ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib or- ganizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan chuqurlashib turadi.
Diqqatning fiziologik asoslari. Miya po‘stlog‘ida diqqatning ko‘chib yurishi xuddi katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi ikki jara- yon qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonini eslatadi. Agar odam- ning diqqati biron-bir narsaga qaratilsa, demak bu ham unda, miya po‘slog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelganidan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa uchastkalari tormozlangan holatda bo‘ladi. SHu sababli odam ishga qattiq berilib ketgan- da boshqa narsani payqamasligi mumkin. I.P. Pavlov aytganidek, katta yarimsharlarning optimal qo‘zg‘alish sodir bo‘lib turgan uchastkasida yangi shartli bog‘lanishlar osonlik bilan yuzaga ke­ladi. Ayni chog‘da miyadagi boshqa uchastkalarning faoliyati esa odamning odatda ongsiz, avtomatlashgan deb ataluvchi faoliya- ti bilan bog‘liq bo‘ladi.
Diqqatning paydo bo‘lishida oriyentirovka refleksi katta rol o‘ynaydi. Bu refleks organizmning tevarak-atrofdagi har qanday o‘zgarishiga tug‘ma reaksiyadan iboratdir. Bu refleks odamlarda ham, hayvonlarda ham bor. Xona ichidagi eshitilayotgan tovush- ga odam ham, mushuk ham qaraydi. Dars paytida sinf eshigining taqillashi. Bu refleksni Pavlov obrazli qilib «Bu nima?» deb atay- di. Diqqatning fiziologik asosi hisoblanmish oriyentirovka reflek- sining paydo bo‘lishiga retikular formatsiya, analizatorlar (sezgi organlari) shart-sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, har daqiqada organizmda turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nisbatan oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuzaga kelgan qo‘zg‘alish kuchli bo‘ladi. Demak, oriyentirovka refleksi ayni chog‘da kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbayini keltiradi.
Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan kuch-

  1. ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai uzoqroq saqlanib turadi- gan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish manbai hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Natijada optimal qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ketadi. Ana shu nuq- tayi nazardan akademik I.P. Pavlov diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Miya yarimsharlarining opti­mal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida,— deydi I.P. Pavlov, — yan­gi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo‘ladi... SHunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni ayni chog‘da bosh mi­ya yarimsharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya yarimsharlarining sust qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xu- susiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir».

A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prin- sipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun kat- ta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i ay­ni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshadi. Odatda dominanta subdominantaga, subdominan- ta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chib turishining nerv-fiziologik mexanizmini tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, I.P. Pavlov bilan A.A. Uxtom­skiy ta’limotlari bir-biriga qarama-qarshi emas, balki mazmun ji- hatidan o‘xshashdir. Demak, oriyentirovka yoki tekshirish refleksi miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuza- ga keltiruvchi omillardan biridir. Orientirovka refleksi esa odam uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalar- ning ta’siri tufayli yuzaga keladi. Bu refleksini yuzaga keltirish- da bevosita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham roli g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mumkin.
Diqqatning turlari
Ixtiyorsiz diqqat paydo bo‘lishida odam ko‘pincha faqat iro- daviy zo‘r berish u yoqda tursin, biron-bir narsani ko‘rishini, eshi- tishini va shu kabilarni o‘ziga oldindan maqsad qilib qo‘ymaydi. SHuning uchun bu diqqat maqsadsiz diqqat deyiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni sodir qiluvchi sabablar kuchli qo‘zg‘atuvchilardir. Qo‘zg‘atuvchining nisbiy kuchi katta ahami- yatga ega. Masalan: kuchli momaqaldiroq, o‘q ovozi, tunda- gi shitirlash. Odamning ichki holati ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Masalan: yoqimli taom hidi ux- lab yotgan odamni ham uyg‘otib yuboradi.
Ixtiyoriy diqqat amalda biron-bir narsani idrok qilish yoki ish bajarish maqsadi, niyati paydo bo‘lishi tufayli maydonga kela­di. Masalan: biron-bir ishni bajarishga qiynalsak ham, shuni ba- jarishga intilamiz. Ixtiyoriy diqqat mehnat mashaqqatlari nati- jasida paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt davom etadigan diqqat turi bo‘lib, u zo‘r berishni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishni talab etadi. Ana shu jihatdan olgan- da ixtiyoriy diqqat bog‘cha yoshidagi bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarimsharla- rining po‘stida vujudga keladigan optimal qo‘zg‘alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g‘oyat kattadir. CHun- ki ko‘pchilik hollarda, xoh ta’lim jarayonida bo‘lsin, xoh mehnat jarayonida bo‘lsin nutq orqali turli vazifalar qo‘yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez char- chaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamga hamma vaqt iroda ku- chini sarflashni talab etadi. SHu sababli odam tez charchaydi. Ana shu jihatdan olganda, ta’lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o‘tib turishi yax­shi natija beradi. Masalan, qiziqarli rangli ko‘rgazmalar tashkil etish va hokazo.
Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat odamda ma’lum irodaviy zo‘r berishdan so‘ng paydo bo‘ladi, ammo bunda odam go‘yo ish­ga «kirishib» ketadi, ishga diqqatini yengillik bilan to‘play bosh­laydi. Bu diqqatning ixtiyorsiz diqqatdan farqi, bunda odam­ning anglangan maqsadi bo‘ladi, shu tufayli diqqat bir nuqtaga to‘planadi, ammo ixtiyoriydan so‘nggi diqqat, ixtiyoriy diqqat emas, diqqatning bu turi odamning maxsus irodaviy zo‘r berish- larini talab etmaydi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat avval ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan faoliyatning ish­ga «tortish» jarayonining ilk bosqichini puxta tashkil etishi shart. O‘quv ishi boshida o‘quvchi ko‘p hollarda ixtiyoriy diqqatni ish­ga soladi. Keyin o‘quvchi ishga qiziqib qoladi, ya’ni uning diqqati chalg‘iyvermaydi, u qunt bilan shug‘ullana boshlaydi.
Diqqat turlicha sifat ko‘rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko‘rinishlari diqqatning sifati yoki xususiyati deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, ko‘lami, ko‘chirilishi, taqsimlanishi, to‘planishi (konsentratsiyasi) uning asosiy xususiyatlari hisobla- nadi. Diqqatning xususiyatlari turli odamlarda turlicha darajada ko‘zga tashlanadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o‘z diqqatini biron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tu- ra olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayo­tida juda katta ahamiyatga ega. CHunki, diqqatni ma’lum muddat davomida biron narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata ol- maydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham olmaydi va hat- to o‘ynay ham olmaydi. Diqqatning barqarorligi bu uncha-mun- cha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning kuchli va barqaror bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari biz uchun qanchalik ahamiyat- ga ega ekanligiga, ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bi­lan amalga oshiriladigan faoliyatimizga, uchinchidan, nerv sis- temasining ayrim xususiyatlariga bog‘liqdir. Bularning hammasi obyektiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bog‘liq bo‘lmagan sabab- lardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi, albatta, subyektiv, ya’ni odamning ayni chog‘dagi holati bilan ham bog‘liq. Masalan, ayni chog‘da betob bo‘lib turgan odamning yoki boshiga bir og‘ir tash- vish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo‘la olmaydi.
Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyati bi­lan ham bog‘liqdir. Diqqatning harakatchanlik xususiyatlaridan biri uning o‘zgaruvchanligi (fluktuatsiyasi, tebranishi)dir. Diqqat tebranishi deganda diqqatning jadallik darajasi, vaqti-vaqti bi­lan qisqa muddatga kuchayib yoki sustlashib ketishi tushuniladi. Agar juda kuchsiz, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozga quloq soladigan bo‘lsak, masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo‘lishiga qaramay, bu ovoz goh baland, goh past eshitiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan yorug‘lik farqini ajratish- da ham xuddi shunday hodisa yuz beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi 2—3 sekunddan oshmaydi (ko‘pi bilan

  1. sekundga teng bo‘ladi). Diqqatning o‘zgarib turishi ikkilanuv- chi tasvir deb atalgan tasvirlarni idrok qilishda ko‘rinadi. Agar bir necha daqiqa davomida kesik piramidaning tasviriga tikilib qaralsa, uning ustki tomoni goh oldinga chiqqandek, goh orqaga ketgandek bo‘lib ko‘rinadi.

Agar diqqatimiz qaratilgan narsa qiziqarli va yangi, mazmun- dor bo‘lsa shu narsaga diqqatni ancha vaqt qaratib turish mum- kin bo‘ladi. Bolalarni hayvonot bog‘iga olib borganda yoki ju­da qiziqarli ertak o‘qib berayotganda ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi. Bundan tashqari, diqqatimiz qaratilgan narsa bi­lan faol munosabatda bo‘layotganimizda ham diqqatimiz kuchli va barqaror bo‘ladi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni idrok qilish bi- langina cheklanmay, bu o‘yinchoqlar bilan faol harakatda bo‘lsalar (masalan, kubiklardan biron narsa yasash yoki mashinalarni qo‘l bilan yurgizish kabi) ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi.
Diqqatning ko‘lami. Odamlar o‘z diqqatlarining ko‘lami jihati- dan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami keng bo‘lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko‘lami tor- roq bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqtda odamning idro- kiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratiladigan narsalarning qanchasini ongimizga sig‘dira oli- shimiz diqqatning ko‘lamini tashkil etadi.
Diqqatning ko‘lamini tajriba yo‘li bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun diqqatining ko‘lami aniqlanayotgan odamga ay­ni bir vaqtning o‘zida bir necha o‘zaro bog‘lanmagan harflar, raqamlar va turli geometrik shakllar ko‘rsatiladi. Bunda odam ko‘rsatilayotgan narsalardan qanchasini birdaniga idrok eta olsa, ya’ni diqqat doirasiga sig‘dira olsa uning diqqati shunchalik keng bo‘ladi.
Bu asbob yordamida diqqat ko‘lami aniqlanayotgan odamga ayni bir vaqtning o‘zida idrok ettiriladigan narsalar juda tez, ya’ni daqiqaning o‘ndan, yigirmadan... ellikdan bir bo‘lagi mobaynida ko‘rsatiladi. Bunda odam diqqati doirasiga qancha narsani sig‘dira olsa, ana shunga qarab diqqatning keng yoki torligi aniqlanadi. O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, katta yoshli odamlar o‘z diqqat doirasiga ayni bir vaqtda uchtadan oltitagacha bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalarni harflar, raqamlar, shakllar va hoka- zolarni sig‘dira oladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan juda tor bo‘ladi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtda o‘z diqqat doiralariga 2—3 tadan ortiq narsani sig‘dira olmaydilar. Diqqat ko‘lamining keng bo‘lishi odamning turmush tajribasi va mashq qilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Diqqat ko‘lamining keng bo‘lishi odam idrok qi- layotgan narsalarni atroflicha va chuqur aks ettirilishida hamda bilish jarayonining sifatli bo‘lishida katta ahamiyatga egadir.
Diqqatning ko‘chuvchanligi. Ongli ravishda diqqatni yangi obyektga qaratish diqqatning ko‘chirilishi deyiladi. Diqqatning ko‘chuvchanligi diqqatning bo‘linuvchanligi bilan bog‘liq xususi- yatdir. Diqqatning ko‘chuvchanlik xususiyati juda ko‘p faoliyat turlari uchun zarur bo‘lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o‘qib berish mashg‘ulotida bolalar o‘z diqqatlarini hikoyani eshitish- dan surat ko‘rishga, undan so‘ng yana eshitishga bemalol ko‘chira olishlari kerak. O‘quvchilar o‘z diqqatlarini bir darsdan boshqa bir darsga ko‘chira olishlari kerak. Diqqat hamma vaqt ham bir nar- sadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan ko‘chavermaydi. Ba’zan qiyinchiliklarga duch keladi. Albatta bunday sabablardan biri diqqatning ko‘chirilishi lozim bo‘lgan narsalar yoki harakatlar o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligidir. Agarda diqqatimiz ko‘chirilishi lozim bo‘lgan narsa- lar o‘rtasida ma’lum jihatdan mazmunli bog‘lanish bo‘lsa, diqqa- timiz osonlik bilan ko‘chadi. Odamning qiziqish va ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga diqqat yengillik bilan ko‘chadi. Masalan, bolalar o‘zlari yaxshi ko‘rgan bir o‘yindan boshqa bir shunga o‘xshash o‘yinga tez kirishib ketadilar, ya’ni diqqatlarini yengillik bilan ko‘chira oladilar.
Diqqatning taqsimlanishi. Odamning diqqati ayni bir vaqt- da faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga birdaniga qaratilishi mumkin. Demak, diqqatning taqsimlanishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizning ikki yoki uch narsa- ga qaratilishini tushunamiz. Buning aksicha, agar diqqatimiz ay- ni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo‘lsa, bu taqsimlangan diqqat deb yuritiladi. Diqqatning ayni bir chog‘da ikki yoki uch narsaga qaratilishi, ya’ni bir necha narsalarga bo‘linishi amaliy ji­hatdan mumkin emas. SHuning uchun diqqatning bo‘linishi, ya’ni ayni bir vaqtda ikki yoki uch narsaga birdaniga qaratilishi o‘z mo- hiyati jihatidan diqqatning bir narsadan boshqa bir narsaga niho- yatda tezlik bilan ko‘chishidan iboratdir. Diqqatning bo‘linishi ta- lab qilingan paytda diqqatimiz bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tezlik bilan ko‘chadiki, buni biz payqay olmaymiz. Natijada diqqatimiz ayni bir vaqtning o‘zida bir necha narsalarga birdaniga qaratilayotgandek, ya’ni taqsimlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadi.
Diqqatning bu xususiyati hayotda juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon kompyuterlashtirilgan texnika davri diqqatning taqsimlash xususiyatini talab qiladi. Bu xususiyat barcha ilmiy xodimlar hamda pedagoglar uchun ham juda zarurdir.
Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg‘ulot yoki suh­bat o‘tkazayotgan paytda diqqatini bir qancha narsalarga, ya’ni bolalarning quloq solib o‘tirishlariga, o‘zi bayon qilayotgan fikri- ga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg‘ulot paytida guruhni boshqara oladi.
Diqqatning to‘planishi. Agar diqqatimiz faqat bitta narsa­ga qaratilgan bo‘lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to‘plangan bo‘ladi, buni konsentratsiyalashgan (to‘plangan) diqqat deb yuritiladi.
Diqqatning ana shu yuqorida ko‘rib o‘tgan asosiy xususiyat- lari odamning barcha faoliyatlari uchun juda zarur xususiyatdir.
Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug‘ma ravishda, ya’ni irsiy yo‘l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog‘idan boshlab turli faoliyatlar — o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi. Ana shuni nazarda tutib tarbi- yachilar turli-tuman mashg‘ulot va o‘yin jarayonlarida bolalar diqqatini har tomonlama hamda sistemali ravishda rivojlantirib borishlari kerak.
Diqqatning buzilishi. Diqqatning salbiy jihatlaridan biri pari- shonxotirlikdir. Parishonxotirlik bu diqqatning kerak bo‘lganida boshqa obyektga tez ko‘chmasligidir. Parishonxotirlik holati- da odamning ongi muayyan yo‘nalishga ega bo‘lmaydi, balki bir predmetdan boshqasiga ko‘chib turadi, ya’ni tarqoq bo‘ladi. Pari- shonxotirlikni 2 xil ma’noda qo‘llash mumkin:


  1. Download 60.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling