Frazeologiya
Download 35.04 Kb.
|
Frazeologiya[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Oriental universiteti lingvistika (arab tili) mutaxassisligi 1-kurs talabasi Pirnazarov Abduhakimning Til stilistikasi fanidan yozgan MUSTAQIL TA’LIM FRAZEOLOGIYA KIRISH ASOSIY QISM Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot Frazeologiya bo'limining mustaqil fan bo'lib shakllanishi Ingliz va o'zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar qiyosiy tahlili XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ma’lumki, jahon tilshunosligida ham, turkiyshunoslikda ham, jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham frazeologizmlar tilning boshqa sohalariga nisbatan bir qadar keyinroq o‘rganilgan. Shunga qaramasdan tilshunosligining frazeologiya sohasi o‘z tekshirish ob’ekti, tadqiq etish yo‘li hamda usullariga ega bo‘lgan fan tarmoqlaridan biridir. Jahon tilshunosligida frazeologiya sohasining u yoki bu tomonlari nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganilgan . Qolaversa, frazeologiya sohasining tadqiq qirralariga bag‘ishlangan nomzodlik, doktorlik dissertatsion tadqiqotlar, frazeologik lug‘atlar va turli xildagi monografik kuzatishlar, ko‘p sonli ilmiy maqolalar yuzaga kelgan. Bundan tashqari, frazeologizmlarni o‘rganishning xilma-xil metodlari ham shakllangan. Bularning barchasi esa frazeologizmlarning tadqiq etishi ishlarini yanada jadallashtirgan va shu bilan birga, ularni ilmiy-amaliy, nazariy hamda sistem o‘rganishga katta imkoniyatlar yaratgan desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. "Frazeologizmlar badiiy adabiyotda obrazli va ta'sirchan vosita sifatida qo'llaniladi".² Til birligi hisoblangan frazeologizmlarning badiiy matnda tadqiq va tahlil etilishi muhim hisoblanadi.Frazeologizmlar badiiyatlikni ochib beruvchi unsur hisoblanadi.Badiiy nutqqa o'zgacha joziba,ko'tarinki ruh, yengillik baxsh etadi. Frazeologizmlar biror narsa —hodisani atash,nomlash vazifasini bajarmaydi,balki shu predmet yoki hodisani aniqlashtirib,ularni emotsional va obrazli tarzda baholaydi. Download 35.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling