Reja: 1 Ajratilgan to‘ldiruvchi 2Ajratilgan hol 3Ajratilgan aniqlovchi


Download 17.23 Kb.
bet1/2
Sana30.03.2023
Hajmi17.23 Kb.
#1309445
  1   2
Bog'liq
AJRATILGAN BO‘LAKLI GAPLAR

AJRATILGAN BO‘LAKLI GAPLAR


Reja:
1 Ajratilgan to‘ldiruvchi
2Ajratilgan hol
3Ajratilgan aniqlovchi
4 Ajratilgan izohlovchilar
5 Ajratilgan kesim


Gapning ajratilgan bo‘laklari o‘zlari aloqada bo‘lgan bo‘laklarning ma’nosinita’kidlab, bo‘rttirib yoki izohlab, aniqlashtirib(konkretlashtirib) keladi.


Ajratilgan bo‘laklar yuqoridagi vazifalarga muvofiq ikki xil yo‘l bilan ajraladi:1) tartibni o‘zgartirish; 2) bir nomni boshqacha nomlash.
Sifatlovchi aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin keladi. Ba’zan tinglovchining diqqati sifatlovchiga tortilganda, so‘zlovchi uning odatdagi tartibini o‘zgartirib, sifatlanmishdan keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa bo‘laklaridan boshqacha ohang bilan ajralib qoladi. Sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bo‘yicha qo‘llangan sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida ta’kidlanadi. Gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi.
Tartibi o‘zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi aniqlovchilar ajratilgan bo‘lakka aylanadi: Bu o‘zbek yigiti –tanti, mehribon.
Rangi o‘chgan, Umri kechgan kuz guli, Bir yoli pastroq egil gapida sifatlovchi aniqlovchilar odatdagi tartibda qo‘llangan. – Kuz guli – Rangi o‘chgan, Umri kechgan gapida esa ularning tartibi o‘zgartirilgan va ajratilgan bo‘lakka aylangan.
Ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar yozuvda boshqa bo‘laklardan doimo vergul bilan, agar sifatlovchi aniqlovchilarni o‘zi uyushgan bo‘lib, ichida vergul bilan ajratilgan bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan tire bilan ajratiladi.
Nutq jarayonida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan so‘zni tinglovchiga tushunarli bo‘lish uchun uning yoniga ma’lum bo‘lgan so‘zni qo‘yib bayon qilish mumkin. Bu esa bir nomni boshqacha nomlash sanaladi:Julqunboy – Abdulla Qodiriy mening eng sevimli adibim. Lingvistika – tilshunoslik mening sevgan fanim bo‘ladi.
Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun uning yoniga konkretroq, aniqroq ma’no bildiruvchi so‘z keltiriladi: Bog‘chadagi do‘stimni –Qodirni ko‘rib qoldim.
Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsa boshqa narsaga o‘xshatilib, ularning nomi yonma-yon ishlatiladi: Shu farzandimni – ko‘zim qorasini –elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.
Natijada bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Ikkita nom bo‘lishi, har ikki nomning bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan bunday ajratilgan bo‘laklar uyushgan bo‘laklarga o‘xshaydi.
Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko‘p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo‘laklariikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa, uyushgan bo‘lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to‘xtamdan so‘ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo‘lak bo‘ladi.
Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo‘lagining so‘rog‘iga javob bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha gap bo‘lagining nomi bilan yuritiladi.
Ular boshqa bo‘laklardan maxsus to‘xtam bilan ajralib, gap urg‘u (mantiqiy urg‘u)sini oladi:Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo‘lish hazil gap emas. (Bu gapda birinchi axborot Tursunali akaga kuyov bo‘lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi orqali, ikkinchi axborot esa Tursunali akaningkatta olimligi ajratilgan bo‘lak orqali ifodalangan). Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga –Roziyani avvalgiday go‘zal, shod ko‘rish niyatiga– Sattor bir lahzada yetdi.Sizga, o‘rta bo‘yli qizga, atlas juda yarashibdi.
Ajratilgan bo‘laklar tuzilishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
a) bir bo‘lak holida: Boyagi yigitning, Avazning, qo‘li gul ekan.
b) birikmali bo‘lak holida:Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo‘lib qoldi.
Ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo‘laklar, gapdagi qaysi bo‘lakka oid ekanligiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: ajratilgan hol, ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan izohlovchi (ega), ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan kesim.
Ajratilgan holo‘zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi, izohlaydi. Ajratilgan bo‘lak vazifasida ko‘pincha o‘rin, payt hollari keladi: Hu ana shu joyda, taxta ko‘prikning ostida, kichik bir buloq bor. Bundan o‘n yil oldin, 1988-yilda, o‘qishni tamomlagan edim.
Ajratilgan to‘ldiruvchio‘zidan oldin kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Vositasiz to‘ldiruvchi ham, vositali to‘ldiruvchi ham ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanishi mumkin: Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut (vositasiz to‘ldiruvchi).Xatni uning o‘ziga, Muqaddasga, bering (vositali to‘ldiruvchi).
Ajratilgan aniqlovchishaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag‘-dag‘ qaltirardi. Bizning, o‘quvchi yoshlarning,o‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor.
Ajratilgan izohlovchilar, asosan, izohlanmishdan keyin keladi va o‘ziga xos ohang bilan aytiladi.Ajratilgan izohlovchilar ko‘pincha egaga taalluqli bo‘ladi: O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti, – dedi ona. Birozdan so‘ng Hasan aka,fizika o‘qituvchisi, kirib keldi.
Ajratilgan kesim: Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.



Download 17.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling