Fremdsprachen


Thema 28 „Haben+zu + Infinitiv“ und „sein +zu+ Infinitiv“


Download 0.56 Mb.
bet56/59
Sana10.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1257400
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
1 курс мустакил таълим 2021 -22 (1)

Thema 28
Haben+zu + Infinitiv“ und „sein +zu+ Infinitiv“.
Haben, sein, scheinen, glauben, brauchen, verstehen, wissen, vermögen fe’llaridan keyin. Bu fe’llar infinitiv bilan birgalikda modal ma’noni ifodalab keladi.
Haben va sein fe’llari infinitiv bilan qo‘llanganda modal ma’noga ega bo‘lib, zaruriylikni yoki imkoniyatni ifodalaydi. Haben+zu+Infinitiv konstruktsiyasi aniq nisbat ma’nosiga ega. Bu konstruktsiya ish-harakat ega tomonidan amalga oshirilganda qo‘llanadi:
Er hat dieses Buch zu lesen.
U bu kitobni o‘qishi kerak
Sein+zu+Infinitiv konstrukstiyasi majhul nisbat ma’nosiga ega bo‘lib, u ish-harakat egaga qaratilgan bo‘lganda qo‘llanadi :
Dieser Text ist heute zu übersetzen.
Bu matn shu bugun tarjima qilinishi kerak
Sein+zu+Infinitiv tuzilmasi inkor bilan kelganda yoki gap tarkibida leicht, schwer, kaum, schwerlich kabi so‘zlar turgan bo‘lsa, imkoniyatni ifodalaydi.
Kein Baum,kein Strauch ist zu sehen.
Haben+zu+Infinitiv, sein+zu+Infinitiv konstrukstiyasi zarur bo‘lmoq, kerak bo‘lmoq kabi modal ma’noni ifodalagani uchun ham müssen, sollen, können modal fe’llariga sinonim sanaladi.
Ich habe noch zwei Seiten zu übersetzen.
Ich muß noch zwei Seiten übersetzen.
Men yana ikki betni tarjima qilishim zarur.(kerak)
Die Arbeit ist in zwei Tagen zu machen.
Die Arbeit kann (muß) in zwei Tagen gemacht werden.
Ish ikki kun ichida (davomida) tugatilishi kerak.
Scheinen va glauben fe’llari infinitiv bilan kelganda taxminni, gumonni ifodalaydi. Bunda scheinen so‘zlovchining, glauben esa sub’ektning bayon qilingan fikrga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi:
Sie schien einzuschlafen.
Sie glaubte alles zu verstehen.
scheinen va glauben fe’llari infinitiv II bilan qo‘llanganda taxmin, gumon o‘tgan zamonga ta’lluqli ekanligini bildiradi.
Doch er schien die Fremdsprache vergessen zu haben.
brauchen fe’li ham infinitiv bilan kelganda zaruriylikni ifodalaydi.Bu fe’l müssen modal fe’lining (zarur bo‘lmoq) ma’nosini anglatadi.Agar inkor ma’nosi ifoda etilsa u vaqtda inkor so‘z ishlatilgan bo‘ladi:
Wir brauchen dieses Buch zu kaufen.
Biz bu kitobni sotib olishimiz kerak (zarur).
Du brauchst nicht gleich zu weinen.
Hozir yig‘lashingni keragi yo‘q.
Du brauchst nicht mir zu helfen.
Menga yordam berishning hojati yo‘q.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling