Ftalosianin pigmentlarini olish va ularning xossalari


Download 222.52 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi222.52 Kb.
#1540883
1   2   3
Bog'liq
FTALOSIANIN PIGMENTLARINI OLISH VA ULARNING XOSSALARI

Tajribaviy qism: Qaytar sovutgich va avtomatik aralashtirgich o‘rnatilgan uch og‘izli kolbaga 14,8 gr ftalangidrid qo’shildi va 24 gr karbamid qo‘shib 120-145 °C haroratda qizdirildi. Shundan so‘ng, 10,8 g parafenildiamin qo‘shildi va reaksion aralashma 180 °C haroratgacha qizdirib turilib katalizator qo’shiladi natijada, 40-50 daqiqa vaqtdan so‘ng bir jinsli qara suyuq massa aylanadi. So’ngra hosil bo‘lgan massa 1.5─2 soat 95-100 °C haroratda qizdirilib intensiv aralashtirish, davom ettieiladi reaksiya so’ngida qora rangli g’ovaksimon modda hosil bo’ladi.
Hosil bo‘lgan massa xona haroratiga qadar sovitiladi va chinni hovonchada maydalanadi, unga 50 ml (90 %) li sulfat kislota qo‘shiladi. Bu jarayonda qora rangli g’ovaksimon massa eriydi. Erish jarayonida eritma qizishni boshlaydi, shuning uchun erigan mahsulotga distillangan suv qo‘shilib aralashtiriladi. Bunda reaksiyaga kirishmay qolgan boshlang‘ich mahsulotlar hamda oraliq mahsulotlar erib chiqadi. Eritmani neytrallash uchun distillangan suvda yuvildi. Neytrallangan eritmani byuxner voronkasida filtrlab, olingan mahsulot pechda 80°C haroratda quritiladi. Olingan mahsulot 24.8 g ni tashkil qildi.




2-rasm. Parafenildiamin tutgan ftalasianinli pigmentining reaksiya tenglamasi.


3-rasm. Parafenildiamin tutgan ftalasianinli pigmentining UB-spektrofotometridagi eritmasining nur yutilishining to‘lqin uzunligiga nisbati.

UB-spektrofotometrida parafenildiaminli polimer bo‘yoq pigmentining dimetilformamiddagi eritmasini 190-1100 nm gacha bo‘lgan ko‘rinadigan yorug‘lik spektri ostida o‘lchash natijalari ko‘rsatilgan. Parafenildiaminli polimer bo‘yoq pigmentining ko‘rinadigan to‘lqin uzunligida 500 nm dan 600 nm gacha bo‘lgan oraliqda assimilyatsiya darajasi yuqori ekanligi aniqlandi. Eng yuqori yutuvchanligi esa 610 nm bo‘lgan to‘lqin uzunlikdaligi aniqlandi. Natijada, parafenildiaminli polimer bo‘yoq pigmenti fotonni yorug‘lik nuridan yutish qobiliyatini hisobga olib bo‘yoq sintetik qora rang uchun bo‘yoq sifatida foydalanildi.


Xulosa. Sintez qilingan parafenildiamin tutgan ftalasianinli pigmentning UB-spektrofotometrida 190-1100 nm gacha bo‘lgan ko‘rinadigan yorug‘lik spektri ostida o‘lchash natijalari ko‘rsatilgan. Natijada, parafenildiaminli polimer bo‘yoq pigmenti fotonni yorug‘lik nuridan yutish qobiliyatini hisobga olib bo‘yoq sintetik qora rang uchun bo‘yoq sifatida foydalanishga tavsiya etildi.

Foydalanilgan adbiyotlar:


1. Esser, P.; Pohlmann, B.; Scharf, H. D.; Angew. Chem. 1994, 106, 2093.
2. Zimcik P. Azaphthalocyanines Containing Pyrazine Rings with Focus on the Alkylheteroatom, Aryl and Heteroaryl Substitution and Properties Important in Photodynamic Therapy / P. Zimcik, V. Novakova, M. Miletin, K. Kopecky//Macroheterocycles. – 2008. – Т. 1 – № 1– P. 21–29.
3. Schenk, G. O.; Ziegler, K.; Naturwissenschaften, 1944, 32, 157.
4.Томачинская Л.А. Синтез фталоцианиновых дихлоридных комплексов титана, циркония и гафния / Л.А.Томачинская, В.Я. Черний, С.В. Волкос // Журнал неорганической химии. – 2002. – Т. 47 – № 2 – С. 254–257.
5. Kobayashi T. The metal-ligand vibrations in the infrared spectra of various metal phthalocyanines / T. Kobayashi, F. Kurokawa, N. Uyeda, E. Suito //Spectrochimica Acta Part A: Molecular Spectroscopy. – 1970. – Т. 26 – № 6– P. 1305–1311.
Download 222.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling