Фуқаролик ишлари бўйича Учқўрғон туманлараро судисудига


Download 0.68 Mb.
bet7/10
Sana12.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1263016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
delo ishi

_________________Shaxsi bo’yicha savollar bo’lmadi__________________
Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qilib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud tarkibi, ya’ni raislik etuvchi sudya va sud majlisi kotibiga nisbatan raddiya keltirish tartibini tushuntirdi.
Raislik qiluvchining savoliga:
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sudtarkibi, ya’ni raislik etuvchi sudya va sud majlisi kotibiga nisbatan raddiya bildirilmadi.
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirdi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o’zlarining protsessual huquq va majburiyatlarini tushunganligini bildirdilar.
Raislik qiluvchining savoliga:
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan iltimosnomalar bo’lmadi.
Raislik qiluvchi tomonidan davogarning arizasi o’qib eshittirildi.
Raislik qiluvchining savoliga:
Da’vogar: o’z talabimni qo’llab-quvvatlayman.
Raislik qiluvchining savoliga:
Javobgar: da’vo talablarini tan olmayman.

Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ish yuzasidan qisqacha tushuntirish berishni so’radi.


Da’vogarning tushuntirishi
Men arizamni qo’llab-quvvatlayman. Men 2012 yil iyun oyida qonuniy nikohdan o’tib, 2012-yil 26-noyabrda javobgar ga turmushga chiqqanman. Uchqo’rg’on tumani, Olmazor MFY, Do’stlik ko‘chasi, 44 xonadonga kelin bo’lib tushganman va ro’yxatga quyilganman. Javobgar Q.Bo’riyev bilan 2017-yil 12-mart kuniga qadar nizoli uy-joyda yashab keldik. Javobgar Q.Bo’riyev keyingi vaqtlarda o’zgarib qoldi va men bilan tez-tez janjallashib ota-oanmning uyiga haydab yuboradigan odat chiqardi. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim borligi uchun turmush o’rtog’im bilan yashish uchun uyga qaytib keldim. Har doimgidek ozgina vaqt o’tgandan so’ng yana uydan haydab yubordi va shunday so’ng uyga kirishimga to’sqinlik qilmoqdalar. Shundan so’ng oilamni asrab qolish uchun mahallaga murojaat qilib, uyga kiritib qo’yishni so’radim. Lekin shundan ham javobgar Q.Bo’riyev meni va bir nafar voyaga yetmagan farzandimni uyga kiritishdan bosh tortdi.
________________Boshqa savollar bo’lmadi______________________

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling