Фуқаролик ишлари бўйича Учқўрғон туманлараро судисудига


O`zbekiston Respublikasi nomidan


Download 0.68 Mb.
bet9/10
Sana12.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1263016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
delo ishi

O`zbekiston Respublikasi nomidan
H A L Q I L U V Q A R O R I
2022 yil oktyabr oyining 17 kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumanlararo sudining ochiq sud majlisi o`z idora binosida bo`lib, raislik etuvchi sudya B.M.Kasimov, sudya yordamchisi G`.Xolmurodovning kotibligida, taraflar ishtirokida, da’vogar Jo`raeva Marxabo Ergashevnaning javobgar Bo`riev Quvonchbek Zokirovichga nisbatan “Uy-joyga majburiy tartibda kiritish haqida”gi da’vo arizasi bo`yicha yuritilgan №2-1602-2201/19563-sonli fuqarolik ishi ko`rilib, quyidagilar
A N I Q L A N D I :
Da’vogar M. Jo`raeva javobgar Q. Bo`rievga nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unda o`zini javobgarga tegishli bo`lgan Namangan viloyati, O`chqo`rg`on tumani, Olmazor MFY, Do`stlik ko`chasi, 38-uyga majburiy tartibda kiritib qo`yishni so`ragan.
Ish yuzasidan da’vogar M.Jo`raeva o`zining sud majlisidagi tushuntirishida, da’vo arizasini qo`llab-quvvatlab, da’voni qanoatlantirishni so`radi.
Ish yuzasidan javobgar K.Bo`riev o`zining sud majlisidagi tushuntirishida, da’vogarning da’vosi bilan tanishib chiqqanligini, da’voni tan olishini hamda da’vogarni o`ziga tegishli bo`lgan Namangan viloyati O`chqo`rg`on tumani, Olmazor MFY, Do`stlik ko`chasi, 38-uyga kirib yashashiga qarshi emasligini bildirib, ishni qonuniy hal etilishini so`radi.
Sud taraflarning tushuntirishlarini tinglab, ish hujjatlarini o`rganib va tahlil qilib chiqib, quyidagi asoslarga ko`ra da’voni arizani qanoatlantirishni lozim deb topadi.
Mazkur fuqarolik ishi 27.09.2022 yilda qo`zg`atilgan.
Sud majlisida aniqlangan holatlarga ko`ra, da’vogar Jo`raeva Marxabo bilan javobgar K.Bo`riev 2018 yil 11 may kuni O`chqo`rg`on tuman FHDYo bo`limida qonuniy nikohdan o`tib turmush qurganlar. Ular birgalikdagi turmushlari davomida bir nafar, 9 aprelda tugilgan Zokirova Afruza Quvonchbek qizi ismli farzandli bo`lganlar.
Da’vogar M.Jo`raeva Namangan viloyati, O`chqo`rg`on tumani, Olmazor MFY , Do`stlik ko`chasida joylashgan javobgar K.Bo`riev egaligidagi 38-uy-joyga kelin bo`lib tushgan va javobgar bilan birga 2020 yil sentyabr oyigacha ushbu xonadonda yashagan. Biroq, javobgar bilan o`rtalarida kelib chiqqan oilaviy janjal tufayli da’vogar1 nafar farzandi bilan qizlik ota-onasining uyiga ketishga majbur bo`lgan. Ayni vaqtda da’vogar o`zining ota-onasini uyida farzandi bilan birga yashab kelmoqda.
Fuqarolik ishi hujjatlaridan ko`rinishicha, O`chqo`rg`on tumanida xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius K.Bo`riev tomonidan 2021 yil 14 avgust kuni rasmiylashtirilgan “Turar joy hadya shartnomasi”ga asosan hozirda nizoli bo`lgan Namangan viloyati, O`chqo`rg`on tumani, Olmazor MFY , Do`stlik ko`chasida joylashgan 38-uy javobgar K.Bo`rievning nomiga rasmiylashtirilib, bu haqda reestrga №202102267002408-raqami bilan qayd etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyat boshqarmasining 2021 yil 22 dekabrdagi №1714229/Р-A2278836-raqam bilan qayd etilgan “Ko`chmas mulk ob’ektiga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi Davlat Reestridan ko`chirmasi”ga asosan, hozirda nizoli bo`lgan Namangan viloyati, O`chqo`rg`on tumani, Olmazor MFY , Do`stlik ko`chasida joylashgan 38-uyga nisbatan javobgar K.Bo`rievning mulk huquqi e’tirof etilgan. Hozirda javobgar K.Bo`rievning mazkur uy-joyning egasi hisoblanadi.
Ayni vaqtda da’vogar M.Jo`raeva yashashga boshqa uy-joyi yo`qligini ko`rsatib, Namangan viloyati, O`chqo`rg`on tumani, Olmazor MFY , Do`stlik ko`chasida joylashgan turmush o`rtog`i K.Bo`rievning egaligidagi 38-uyga majburiy tartibda kiritib qo`yish to`g`risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, da’vogar M.Jo`raeva nizoli uy-joyda 2020 yil sentyabr oyiga qadar javobgar va farzandlari bilan doimiy birga yashab, umumiy ro`zg`or yuritib kelgan. Ushbu uy-joyga uy-joyda yashovchilarning roziligi bilan kirib yashagan va turar joydan foydalanib kelgan. Da’vogar M.Jo`raeva nizoli uy-joyga 2018 yilda doimiy foydalanuvchilar ro`yxatiga qo`yilgan.
Ish hujjatlaridagi O`chqo`rg`on tumani, Olmazor MFY xodimlari tomonidan 21.09.2022 yilda tuzilgan dalolatnomasida, da’vogar M.Jo`raeva 2020 yildan buyon javobgar va 1 nafar farzandi bilan nizoli uyda yashab kelayotganligi ko`rsatilgan.
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 32-moddasi, 1-qismiga ko`ra, uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko`chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo`lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o`zlarining voyaga etmagan farzandlarini ko`chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a’zolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko`chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning, mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o`rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.
Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001 - yil 14 sentyabrdagi “Uy-joy nizolari bo`yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarorining 5-bandida tushuntirilishicha, turar joy mulkdori voyaga etgan oila a’zolarining roziligi bilan turar joyni jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berishga haqlidir.
Mulkdor va uning oila a’zolari o`rtasida turar joydan foydalanish masalalari yuzasidan nizolar (uyga kiritish, uy-joydan foydalanish huquqini yo`qotgan deb topish, uydan ko`chirish, shuningdek, mazkur huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan boshqa nizolar) sud tartibida hal qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga ko`ra, munisipial, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy- joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo`lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.
Yuqoridagilarga asosan, sud da’vogar Jo`raeva Marxabo Ergashevna javobgar Bo`riev Quvonchbek Zokirovich nisbatan “Uy-joyga majburiy tartibda kiritish haqida”gi da’vo arizasini qanoatlantirishlikni, da’vogar Jo`raeva Marxabo Ergashevna Namangan viloyati, O`chqo`rg`on tumani, Olmazor MFY, Do`stlik ko`chasi 38-uyga majburiy tartibda kiritib qo`yishlikni, shuningdek da’vogar tomonidan da’vo arizani sudga taqdim qilishda dastlab davlat foydasiga 600.000 so`m miqdorida davlat boji va 21.000 so`m pochta xarajatini to`langanligini inobatga olishni lozim deb topadi.
Binobarin, sud O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 32-moddasiga asoslanib, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Prosessual Kodeksining 249,253- moddalariga qo`llanib

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling