Fundamental tasirlashuvlar kuchli elektromagnit va kuchsiz ta'sirlar


Download 284.25 Kb.
bet6/15
Sana19.06.2023
Hajmi284.25 Kb.
#1618606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
DWED

















II BOB. KUCHLI ELEKTROMAGNIT VA KUCHSIZ TA'SIRLAR

2. 1. Bozonlar va Kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o`zaro taxsirlar.



Elektr

Elektromagnetizm

Elektrokuchsiz o’zarota’sir

Standart model

?

Magnit

Yorug’li

Bette parchalanish

Kuchsiz o’zarota’sir

neytrino

protonlar

Kuchli o’zarota’sir

neytronlar

pionlar

tortishish

Universal gravitatsiya

Umumiy nisbiylik nazariyasi
Higgs bozoni zarrachalar fizikasi Standart Modelidagi massiv skalar elementar zarrachadir. Peter Higgs sharafiga shunday nomlangan. Higgs bozoni Higgs maydoni kvantidir; u massasiz zarrachalarning qanday qilib materiya massasini hosil qilishini izohlab berishi mumkinligi faraz qilinmoqda. Higgs bozonini topish va aniqlash uchun 2010-yil boshlarida ishga tushirilgan Katta Adron Kollayderi (Large Hadron Collider, LHC) yordamida tajribalar oʻtkazilmoqda.2012-yil 4-iyulida CERN „Higgs bozoniga oʻxshash“ zarracha topilganini koʻrsatish uchun zaruriy „besh sigma“ darajasidagi dalil borligini tasdiqladi.
O’zarota’sirlarni birlashtirilishi.Bizni o`rab olgan moddiy olam - tabiat bizning ongimizga bog’liq bo`lmagan obxektiv borliq, real mavjudot - materiyadan tashkil topgan. Materiya ikki turda - modda va maydon ko`rinishlarida yashaydi. Modda tinchlikdagi massaga ega bo`lgan materiya turi bo`lib, oxir-oqibatda tinchlikdagi massasi nolga teng bo`lmagan elementar zarralar (elektron, proton va neytronlar) yig’indisiga keltiriladi. Fizik maydonlar materiyaning maxsus shakli bo`lib, erkinlik daraja soni cheksiz fizik sistemadir. Tabiatda to`rt xil fizik maydon mavjud: gravitatsion, elektromagnit, yadroviy va kuchsiz o`zaro taxsir maydonlari. Maydonlar zarralar o`zaro taxsirini uzatuvchi fazoning maxsus uyg’ongan holatigina bo`lib qolmasdan, ularni vujudga keltirgan zarralardan mustaqil holda ham mavjud bo`la oladi (masalan, elektromagnit to`lqinlar). Tajribalar ko`rsatadiki, maydon energiyasi va impulpsi diskret o`zgaradi, yaxni har bir fizik maydonga maxlum elementar zarralar - maydon kvantlari mos keladi (masalan, elektromagnit maydonga - fotonlar, yadroviy maydonga - , K- mezonlar va glyuonlar, gravitatsion maydonga - gravitonlar, kuchsiz o`zaro taxsir maydoniga - W va Zo oraliq bozonlar). Modda atom va molekulalardan tashkil topgan. Ular mikrodunyoning (xarakterli chegarasi 10-18 m < R <10-10 m) eng yirik vakillaridir. Atomlar yanada maydaroq obxektlar-elektronlar (Re  10-18 m) va atom yadrolari (Rya  10-14 m) dan tashkil topgan. Atom yadrolari o`z navbatida protonlar va neytronlar (nuklonlar)dan tuzilgan. Nuklonlar ham tarkibiy qismi murakkab bo`lgan elementar zarralar bo`lib, kvarklar deb ataluvchi “haqiqiy elementar” zarralardan qurilgan. elektronlar va kvarklar boshqa yanada maydaroq va elementarroq obxektga keltirilmaydigan “fundamental zarralar” dir (2.1.1-Jadval).
Kvarklar “xushbo`ylik” kvant soni bo`yicha farqlanuvchi 6 turga bo`linadi va ular 3 ta dubletni tashkil etadi: (u, d), (c, s), (t, b). Har bir turdagi kvarklar “rang” kvant soniga ko`ra yana 3 xil navga bo`linadi. SHunday qilib, kvarklarning umumiy soni 18 ga etadi. Bundan tashqari 18 ta “antikvarklar” ham mavjud - jami bunday zarralar soni 36 ta. Barcha adronlar (mezonlar va barionlar) kvarklardan qurilgan. Har bir M mezon bitta kvark q va bitta antikvark , har bir barion V esa 3 ta kvark q dan tashkil topgan:
M = q , V = qqq. (2.1)
Kvarklar “kvantoviy bo`yalgan” (“qizil”, “yashil”, “havo rang”) mikroobxektlar, ularning elektr zaryadi (e-elektron zaryadi), spini esa (yaxni fermion) bo`lib, erkin holatda mavjud emas, balki “kvantoviy rangsiz” zarralar - adronlar tarkibiga kiradi. Yuqori energiyali elektronlar bilan proton va neytronlarni bombardimon qilish (“partonlar”-kvarklar aniqlandi) hamda elektronlar va pozitronlar dastalarining ro`paradan to`qnashish tajribalari “kvarklar modeli” ni bevosita tasdiqladi.
Hozirgi kunda fiziklarga 400 ga yaqin asosan turg’un bo`lmagan elementar zarralar maxlum. Ular qatnashadigan barcha jarayonlarda asosan uch turdagi fundamental o`zaro taxsir (va demak ularga mos maydonlar) namoyon bo`ladi. Kuchli o`zaro taxsir kvarklardan tashkil topgan murakkab elementar zarralar - adronlar (mezonlar, barionlar, giperonlar) o`rtasida amalga oshadi. Uni ko`pincha yadroviy o`zaro taxsir deb ham yuritiladi. Yadroviy kuchlar atom yadrolarining mustahkam turg’unligini taxminlaydi. elektromagnit o`zaro taxsir barcha elektr jihatdan zaryadlangan zarralarga (elektron, proton, pionlar va boshqalar) xarakterli bo`lib, xususan, atom va molekulalarni shakllanishiga olib keladi.
Kuchsiz o`zaro taxsir barcha elementar zarralarga xos va, masalan, ularning ko`pchiligini parchalanishiga - turg’unsizligiga sabab bo`ladi. To`rtinchi tur fundamental o`zaro taxsir - gravitatsion o`zaro taxsir har qanday zarralar va jismlar o`rtasida mavjud bo`lsada, biroq elementar zarralar uchun gravitatsion kuchlar shu darajada kichikki, ularni odatda hisobga olmaydilar.

Download 284.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling