Funksional imkoniyatlari
Download 9.87 Kb.
|
Refarat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi ko‘rinish
- Ikkinchi ko‘rinish
- Uchinchi ko‘rinish
- Qo‘llanilish sohasi
Funksional imkoniyatlari: Dielektrik qizdirish qurilmalarining (DQQ) ishlash printsipi o‘zgaruvchan elektr maydoniga kiritilgan dielektrik materiallar va yarim o‘tkazgichlardan o‘tayotgan elektr tokining ta’siriga asoslangan. Texnologik belgilariga ko‘ra yuqori chastotadagi dielektrik issiqlik ishlovi beruvchi qurilmalar uch ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchi ko‘rinish DQQ lar bi jinsli elektr maydonida tezkor issiqlik ishlovi berishni talab qiluvchi juda katta o‘lchamdagi maxsulotlarni qizdirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda jun yoki paxta matolarini, sellyuloza va daraxt mahsulotlarini quritish, katta o‘lchamdagi elektr izolyatorlari va fosfor mahsulotlariga issiqlik ishlovi berish, plastmassa va polimer plyonkalarni payvandlash kabi jarayonlar amalga oshiriladi. Ikkinchi ko‘rinish DQQ lar uzun yassi mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda paxta tolalarini, matoga tushirilgan rasmlar (shakllar) ni, qog‘oz, fotoplyonka, kimyoviy va farmatsevtik preparatlarni quritish, yelimlarni polimerlash, kauchukni qizdirish va boshqa shu kabi jarayonlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Uchinchi ko‘rinish DQQ larda bir jinsli va tez qizdirishni talab qilmaydigan jarayonlar amalga oshiriladi, bular mahsulotlarni muzdan tushirish, oziq-ovqatni isitish yoki uni tez tayyorlash, oddiy keramik mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish, choy bargi yoki ma’lum meva mahsulotlarini quritish kabilardir. DQQ larida issiqlik ishlovi berilayotgan mahsulot yuqori chastotali tebranish konturiga ulangan ishchi kondensator plastinalari orasiga o‘rnatiladi. DQQ lar chastotasi 0,5 - 300 Hz ga teng bo‘lgan lampali generatorlar orqali elektr energiyasi manbasiga ulanadi. Bunda issiqlik ishlovi berish qizdirilayotgan mahsulotda hosil bo‘layotgan siljish toki va o‘tkazuvchanlik toki, shuningdek, mahsulotdagi dielektrik yo‘qolish hisobiga amalga oshiriladi. Annotatsiya: Ushbu maqolada dielektrik qizdirish qurilmalarining turlari, ishlatilish sohalari hamda ishlash prinsipi barcha uchun tushunarli va ravon tilda bayon etilgan. Dielektrik qizdirish qurilmalari hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib qolgan oziq-ovqatlarni quritish, yog‘och mahsulotlarini quritish va boshqa maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Qo‘llanilish sohasi: Oliy ta'lim Ishlatiladigan EHM tipi: Pentium IV Dastur tili: C++ Ma’lumotlar bazasini boshqarish turi va versiyasi: Elektron hisoblash mashinalari uchun. Operatsion tizim turi va versiyasi: Windows Dastur hajmi: 400 kb Download 9.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling