Funksional qiymatli tahlili iqtisoidiy tahlilning muhim shakli
Download 30.33 Kb.
|
FUNKSIONAL QIYMATLI TAHLILI IQTISOIDIY TAHLILNING MUHIM SHAKLI (И.Фозилов)
F
FQTxq = ---- Har Masalan, FQTni joriy qilish uchun 100 ming so’mlik moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni talab qiladi. Eksportlarning hisob kitobi bo’yicha FQTni joriy qilish bir -yilda 300 ming so’mlik foyda keltiradi. Bu holatda FQTga ketgan xarajatlarni qoplanish muddati to’rt oy bo’ladi, bir yilda xarajatlar 3 martadan ko’p foyda keltiradi.Kelajakda ushbu tahlilning barcha bosqichlari bilan amaliyotga joriy qilish O’zbekistonda nafaqat makro, balki mikroiqtisodiyotning tez sur'atlar bilan rivojlanishi uchun eng muhim dastaklardan biri bo’ladi. 8.5. Evristika grekcha so’zdan olingan bo’lib, topaman ma'nosini bildiradi. Bu tushuncha fanga tadbiq qilinadigan bo’lsa, biror jarayon, hodisa, faoliyat ob'ektning ayni mohiyatini aniqlash uchun nazariy tadqiqotda qo’llaniladigan mantiqiy usullar majmuasidan iborat bo’ladi. Mantiqiy tahlil hayotning hamma jabhalarida xususan iqtisodiyotni boshqarishda, uni tahlil qilishda ham qo’llaniladi. Barcha yangiliklar, o’lkan tadqiqotlarning yaratilishi eng avvalo mantiqiy tahlilga asoslanadi. Mantiqiy tahlilning qo’llanilish tarixi juda uzoq. U insoniyat tafakkur qilgan vaqtdan boshlangan desak xato bo’lmaydi. Ammo uning fanga, olamni o’rganishda bir mustaqil usul sifatida kirib kelishi va shakllanishi XX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu borada jahonda juda ko’p usullar ishlab chiqilgan va to’plangan. Ularning ba'zilarini ko’rib o’tamiz. O’xshatish usuli mavjud usullarni o’rganib, shunga o’xshash usulni o’z faoliyatiga joriy qilishga aytiladi. hozirgi paytda korxona mutaxassisi, menejerlar o’ta zukko bo’lishini talab qiladi, chunki biror bir firma juda ko’p muvaffahiyatlarga erishishi mumkin. Ammo uning usuli tijorat siri sifatida ommalashtirilmaydi. Bu holda shu firma mutaxassislari bilan suhbatlashish, maslahatlashish jarayonida asosiy usullarni ilg’ab olish mumkin. Bundan ayniqsa, chet el safarlarida bo’lganda, yirik firmalar faoliyati bilan tanishganda muvaffahiyatga erishishning asosiy eng e'tiborli tomonlarini yodda sahlab qolish va o’z firmasida aynan shunga o’xshash usulni qo’llash mumkin. Bu usulni jahon amaliyotida o’xshatish usuli deb ataydilar. Yoki bir ob'ektda (firmada) yuqori ko’rsatkichga xodimlarni moddiy va ma'naviy raqbatlantirish usuli bilan erishiladi. Aynan shu yoki o’xshash usulni siz ham qo’llashingiz mumkin. Tasavvur usuli bu usulda kishi biror narsani yaratayotgan bo’lsa, uning o’rniga o’zini qo’yib ko’radi, yangidan yaratiladigan predmet bajaradigan barcha vazifa va jarayonlarni bajarishi mumkinligini butun tasavvuridan o’tkazadi. Agar boshqaruv faoliyatiga tavsiya ishlab chqayotgan bo’lsa, o’zini boshqaruvchi o’rnida ko’radi, agar tavsiya qilinayotgan faoliyat bajaruvchiga mo’ljallanayotgan, u o’zini bajaruvchi sifatida tasavvur qiladi. Barcha bajariladigan jarayonlarni, vazifalarni aynan shu usul bilan aniqlaydilar. Tasavvur qilish usulining samaradorligini ko’p hollarda inson tafakkurini, uning yaratuvchanlik saviyasi va malakasiga bog’liq. Shu tufayli yaratilayotgan predmetni qancha aniq tasavvur qilsa, shuncha uning yaratilishi oson keshadi. Ideallashtirish usuli bu usulda yaratilayotgan predmet, hodisa, faoliyatning texnologiya kabilarning barcha maqsadlarga javob berishi, arzonliligi, mustahkamliligi, sifatliligi jihatidan tasavvurimizdagi eng qulay varianti tanlanadi. Ideal varinatni aniqlab olish uchun ham shu o’rganilayotgan ob'ekt har bir mutaxassis juda ko’p ilmiy tafakkur qiladi. Har bir predmetni yaratishda yoki biror jarayonni boshqarishda uning ideal varianti aniqlanadi shu variant amaliyotda qo’llaniladi, qo’llanilish jarayonida ham u takomillashib boradi. Oqibatda predmetning faoliyatning ideal varianti vujudga keladi. Demak bu usul ham iqtisodiy jarayonlarni takomillashtirishning muhim omillaridan biridir. "Yigirma to’rtlik" qoida. Bunda yangi ob'ektni (texnologiya, mahsulot, faoliyatni, boshqarish kabilarni) yaratishga safarbar qilingan mutaxassislar hamma tashvishlardan ozod qilinadi. 24 soat davomida shu bitta yaratilayotgan ob'ekt haqida o’ylaydi, fikrlaydi, tafakkur qiladi. Yangi tug’ilgan g’oyalarini yozib boradi. Shu yo’l bilan yaratilayotgan ob'ektning mukammallashuvi ta'minlanadi. "Yigirma beshlik qoida". Bunda yangi yaratilayotgan ob'ektni yaxshilash uchun kamida 25 ta g’oya ishlab chiqilishi shart. Bu o’z-o’zidan bo’lmaydi albatta. Shu tufayli bu vazifani o’z zimmasiga olgan mutaxassislar o’zlari tahlil qilayotgan ob'ektni juda yaxshi bilishi, shu boradagi chop etilgan va etilayotgan ilmiy-uslubiy adabiyotlardan xabardor bo’lishi lozim. 25 ta g’oya bitta ob'ektni takomillashtirish uchun o’z-o’zidan tuqilmaydi. Kelajakda bu usullardan O’zbekiston iqtisodiyotida ham keng foydalaniladi. Bu esa hozirgi tayyorlanayotgan mutaxassislarning o’ta bilimdon bo’lishlarini taqozo qiladi. Ilg’ab olish usuli. Tadqiqotchiga juda ko’p yangi g’oyalar ishlashga qattiq kirishgan, o’ylagan paytda emas, balki, erkin tasodifiy holatlarda, ayniqsa dam olib o’tirganida, yo’lda ketayotganida, biror kishi bilan suhbatlashganida, birorta o’yinni o’ynayotganida, uxlayotganda kelishi mumkin. Ayni shu paytda yangi g’oyani ilg’ab qolishi lozim. Imkoni boricha shu payt qog’ozga yoki diktafonga yozib qo’yilsa juda yaxshi. Bularning imkoni bo’lmasa yonidagi sherigiga eslatasan, deb aytib qo’yishi, yoki o’zi uni qattiq eslab qolishga harakat qilishi lozim, zero juda ko’p yangi g’oyalar tasodifiy tug’iladiyu, ammo u o’z yashash tarixiga ega bo’lmasdan, amaliyotda qo’llanilmasdan yo’qolib ketadi. O’zimizda odamlar ilg’ab qolish uchun bir qancha usullardan foydalanganlar. Masalan, ro’molchasini tugib qo’ygan, barmoqiga ip bog’lab olgan, cho’ntagiga biror predmetni solib qo’ygan va h.k. Bu holatlar kishiga kelgan tasodifiy g’oyalarni yana qayta yodga tushirish imkonini bergan. Iste'molshilar talabidan kelib chiqish usuli. Bu usul hozir O’zbekistonning o’tish sharoitida juda qo’l keladi, chunki u makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga ko’maklashishi mumkin. Masalan, biror tovarni, chet mamlakatlarga chiqarmoqchi bo’lsak, eng avvalo, unga shu tovar qaysi xususiyatga ega bo’lishi, bunga tovar oluvchining talabi nima va qanday ekanligi inobatga olinishi lozim. hamma qilinadigan ish, bajariladigan xizmat va yaratiladigan tovarlar bevosita iste'molchi talabidan kelib chiqadi. Bu usul O’zbekistonni jahonga tanitish uchun asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Bundan mikroiqtisodiyotda ham foydalanish mumkin. Bunda tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi (taklif qiluvchi) xo’jalik sub'ekti iste'molshi (haridor) talablarini to’liq o’rganadi va shundan kelib chiqadi. Barcha bajariladigan funksiyalarni, zarur bo’lsa qo’shimshalarni ham kiritgan holda o’z tovarining iste'molshiga ma'hul bo’lishi uchun harakat qilinadi. Bu esa tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvshining (taklif qiluvshining) bozordagi nufo’zini oshiradi, xo’jalik faoliyatini yaxshilashni, moliyaviy jihatdan barqarorlashishni ta'minlaydi. Iste'molshi talabiga qancha mos tovar, (ish, xizmat) ishlab chiqarilsa, shuncha talab ko’payadi, bozorda reyting ochib boradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida bozorni egallash uchun muhim omil bo’lib hisoblanadi. "Sifatning mutlaq darajasi"ga erishish usuli. Bu usul ilmiy-mantiqiy tahlil natijasida erishiladigan ko’rsatkich. Bunda tovar, mahsulot, ish xizmati kabilar sifatining mutlah darajasi qanday bo’lishligi va unga erishish uchun nimalar qilish, qanday tadbirlarni bajarish lozimligi ishlab chiqiladi. Bunday andozani ishlab chiqishga jahon talabidan kelib chiqmoq lozim. Bunga erishish makro va mikroiqtisodiyotda juda katta samara beradi. Sifat masalasi iqtisodiyotning qaysi shaklidan qat'i nazar hamisha dolzarb, hesh eskirmaydigan muammo, mavzudir. Shu tufayli bu masalaga iqtisodiyotni boshqarayotganlar hamisha katta e'tibor berishlari shart. FQT samaradorligini aniqlash ham samaradorlikning umumiy metodologiyasidan kelib chiqqan holda natijaning xarajatlarga nisbati bilan o’lchanishini inobatga olish lozim. Bu holda FQT samaradorligini aniqlash konsepsiyasini quyidagi matematik modelda ifodalash mumkin Funksional qiymatli tahlil – ishlab chiqarish sikli davomida sodir bo‘ladigan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni jamlab, sodir bo‘lgan sarflarni kamaytirish yoki uni maqbul darajalarini ko‘rsatishdan iborat. Ushbu tahlilning obyekti muayyan mahsulot, uning ishlab chiqarish jarayoni hamda texnik-texnologik tizimi hisoblanadi. Misol uchun, korxona traktor ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Demak, traktor uning obyekti bo‘lib hisoblanadi. Funksional qiymatli tahlil o‘z ichiga xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning dastlabki faoliyatlarini ham qamrab oladi, ya’ni kerak bo‘ladigan mablag‘lar, ilmiy-metodik ishlar, texnik-iqtisodiy usullar, qurollanish bazasi, oshiqcha xarajatlarni kamaytirish yoki ular uchun qo‘shimcha mablag‘larni ajratish va hokazolar. Bu ishlarning amalga oshirilishi faoliyat funksiyasini har tomonlama o‘rganib ularning sarflash kerak bo‘lgan xarajatlari bilan birga belgilanib olinishidan boshlanadi. Mazkur tahlil turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan barcha omillarni xarajatlar bilan birga bog‘liq holda tahlil qilishni ta’minlaydi. Funksional qiymatli tahlil eng ilg‘or tahlil turi bo‘lib, obyektlarni tizimli o‘rganish metodiga asoslanib bajariladi. Uning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: funksional yondashish, ya’ni o‘rganiladigan jarayonlar asosiy, qo‘shimcha va yordamchi, keraksiz guruhlarga ajratilib o‘rganiladi; mulk egalarining manfaati nuqtayi nazaridan yondashish; tizimli va kompleks yondashish; ijodiy yondashish; istiqbolli tahlil metodlarini qo‘llash. Ushbu tahlilning eng ijobiy tomoni o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni qanday natija bilan tugashini avvaldan aniq ko‘rsata biladi. Funksional qiymatli tahlil odatda yetti bosqichdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: birinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, bunda tahlil obyekti tanlab olinadi, tahlil dasturi va rejasi tuziladi hamda tahlil o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qaror rasmiylashtiriladi; ikkinchi bosqich – ma’lumotlar to‘plash bosqichi bo‘lib, bunda ma’lumotlar yig‘iladi va tizimlashtiriladi. O‘rganilayotgan obyektning texnik holati va qiymat ko‘rsatkichlari o‘rganiladi, patentli axborotlar va ixtirochilik ishlari ko‘rib chiqiladi; uchinchi bosqich – analitik bosqich bo‘lib, bunda to‘plangan ma’lumotlar keraklilik darajasiga qarab guruhlashtiriladi (eng asosiy, asosiy, yordamchi, keraksiz) hamda ma’lumotlarga baho beriladi; to‘rtinchi bosqich – ijodiy bosqich bo‘lib, bunda vazifalar yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi, oldingi bosqichlarga moslashtirilishi, keraksiz funksiyalarni likvidlash, bir qancha funksiyalar va obyekt bo‘yicha xarajatlarni qisqartirishdan iborat; beshinchi bosqich – izlanuvchanlik bosqichi bo‘lib, bunda ma’lumotlarni muhokama qilish, izlanish, kompleks baholash hamda ijodiy bosqichda qayta ishlangan takliflarni saralash, eng maqbul variantlarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat; oltinchi bosqich – tavsiyalar berish bosqichi bo‘lib, bunda funksional qiymatli tahlil o‘tkazayotganlar oldingi bosqich natijalari va takliflaridan kelib chiqib yakuniy qaror qabul qilinishi lozim bo‘ladi. Funksional qiymatli tahlil natijalarini muhokama qilish va rasmiylashtirish hamda tavsiyalarning reja grafiklarini to‘g‘rilashlardan iborat bo‘ladi; yettinchi bosqichda reja-grafik loyihalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi tavsiyalarni kiritish hamda uni bajarish ishlarini olib borish. Funksional qiymatli tahlilning asosiy maqsadi – mahsulotning (ish, xizmat) iste’mol qiymati va qiymati bo‘yicha maqbul aloqadorlilik hamda moslikni aniqlashdan iborat. Funksional qiymatli tahlil quyidagi maqsadlarni amalga oshirishda foydalaniladi: korxonaning foydasini oshirish; mahsulot tannarxini pasaytirish va foydalanishdagi xarajatlarni kamaytirish; ishlab chiqarilgan mahsulotni standart talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash; Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish uchun esa quyidagi ishlarni tartibga soladi: Mahsulot ishlab chiqarishda material sig‘imi, mehnat sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish. Transport va undan foydalanish xarajatlarini kamaytirish. Qimmatbaho va import orqali olib kelinadigan xomashyolarni boshqa o‘rinbosar mahalliy materiallar bilan almashtirish. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish salmog‘ini oshirib, sifatsiz mahsulotlar yaratishni kamaytirish yoki to‘xtatish. Mehnat unumdorligini oshirish va hokazolar. Sifat darajasini oshirishda esa quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: talab qilingan sifat ko‘rsatkichini belgilab olish; talab qilingan texnik ko‘rsatkichlar bilan ta’minlash; D) talab qilingan darajada mahsulot ishlab chiqarish. Yakuniy natija ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini maqbul darajada kamaytirish bo‘lib, u quyidagicha amalga oshadi: mahsulot uchun sarflanadigan xarajatni mazkur mahsulotga bo‘lgan talabni oshirish bilan bir vaqtda kamaytirilishini ta’minlash; xarajatlarni maqbul darajada saqlagan holda mahsulotning sifat darajasini oshirish; xarajatlarni kamaytirgan holda sifat darajasini saqlab qolish va boshqalar. Tahlilning asosiy vazifalaridan yana biri – ishlab chiqarishni texnologik jarayonida sodir bo‘layotgan barcha salbiy xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni jamlab, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdir. Funksional qiymatli tahlilning natijalarini baholashda uch xil yondashish bo‘ladi. Bundan birinchisi muammoli yondashish, bunda milliy iqtisodiyot yoki tarmoq miqyosida ayrim muammolarning yechilishini ko‘riladi. Misol uchun, quyosh energiyasidan foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi natijasida bu sohada mamlakatda qanday muammolar hal qilinadi. Bu bilan tarmoqda, joylarda energiyaning yetishmaslik muammosi tugatildimi, kabi savollarga javob topiladi. Ikkinchi yondashish – bu kreditli yondashishdir. Bu funksional qiymatli tahlil yordamida aniqlangan obyektning amaldagi faoliyati maqsad darajasidami, iqtisodiyotdagi ortiqcha xarajatlarni kamaytirdimi, kabi savollarni ko‘rib chiqadi. Uchinchi yondashish – bu izlanuvchanlikdir. Bu yondashuvda funksional qiymatli tahlilning obyektida ilgari ko‘rilmagan kamchiliklarni qayta o‘rganib amaliyotga qo‘llaydi yoki qo‘shimcha fikrlar beriladi. Funksional qiymatli tahlil asosiy kriteriylarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ya’ni ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, tannarx, rentabellik va boshqalar. texnik-konstruktorlik ko‘rsatkichlar, ya’ni yaratilgan obyektning tuzilishi va uning iqtisodiyotda kerakligi, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki foydalanish ko‘rsatmalari, asosiy sarflanuvchi materiallar va material sig‘imi, detallarni sotib olish hajmi va hokazo. ishlab chiqarish jarayonidagi keraksiz texnologik ko‘rsatkichlar – ishlab chiqarish yoki texnikani ishga solish jarayonida atrof-muhitning ifloslanishi, qiyin ishga tushirilishi yoki katta hajmdagi mehnatni talab qilishi, katta ko‘lamni egallashi va boshqalar. ishlab chiqarish obyektida resurslar sarfi chegarasini belgilovchi ko‘rsatkichlar. Bunda fizik-texnik resurslar zaxirasi, foydalanishdagi resurslar zaxiralari, texnologiyani qo‘llab-quvvatlash va obyektni loyihalashdagi, obyekt hujjatida talab qilgan me’yordagi resurslar sarfini kafolatlash kabi ma’lumotlar o‘rganiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot barcha boshqaruv organlariga uning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatilgan holda taqdim etilishi lozim. Funksional qiymatli tahlil yordamida ko‘rsatilgan reja ijobiy deb topilsa uni amalda ko‘rsatib, tashviqot ishlari olib boriladi. Tashviqot ishlari aniq dalillar orqali, isbotli olib borilishi lozim. Iqtisodiy tomondan obyektni to‘g‘ri moliyalashtirish va ishni olib borish tartibi belgilanadi. Shu bilan birga iqtisodiy shartlari, uning uzoq muddatga mo‘ljallanganligi, bajaradigan ishining bir qancha yil davom etishi kabi qirralari ko‘rsatildi. Agarda funksional qiymatli tahlilda ko‘rsatilgan reja davrlar o‘tishi bilan o‘zgartirish ishlariga muhtoj bo‘lsa, buni avvaldan ko‘rsatish va ko‘rsatilgan davrda amalga oshirishni ta’minlash lozim. Bu o‘zgartirishlarga me’yoriy xarajatlari, ishchilarning qisqarishi va hokazolar kiradi. Asosiy vazifalar amalga oshirilgach, tayyor bo‘lgan obyektga shart-sharoit yaratilishi zarur. Obyekt tayyor bo‘lgach, uni iste’molchilar tomonidan tezlik bilan sotib olinishiga harakat qilinishi kerak. Bunda obyektning bajaradigan vazifalari iste’molchilarga to‘liq yetkazilishini ta’minlanhdan iborat. Funksional qiymatli tahlil injenerlik, iqtisodiy, huquqiy, texnologik masalalarning barchasini mujassamlashtirgan holda jarayonlar va hodisalarni oxirgi natijasidan avvalroq bilib, o‘rganib turadigan tahlil turidir. Bu tahlil turi eng rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida amalda qo‘llanilib, katta ijobiy yutuqlarga erishilgan. Funksional qiymatli tahlilning shu bilan bir qatorda salbiy taraflari ham mavjud bo‘lib, unda barcha bajariladigan ishlar eng optimal variant, deb qaraladi va yangi texnologiyalarning kirib kelishini sekinlashtiradi. Chunki bu ishlar oldindan ko‘rilgan optimal variant va uzoq davrga mo‘ljallangan, deb qaraladi. Bu salbiy taraflarning oldini olish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat kuchlari qatlamining ma’naviy tarafdan boyligini oshirib borish lozim. Funksional qiymatli tahlilda iqtisodchilar bilan bir qatorda injener, texnolog, oddiy ishchilarning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qatnashuv darajasini takomillashtirish ishlari ham ko‘rib chiqiladi. Umuman bu tahlil har bir faoliyatni aniq o‘lchangan va natijalashtirgan holda ko‘radi. Download 30.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling