Funksiyasi kabi, get funksiyasi


Download 446.14 Kb.
bet10/23
Sana09.01.2023
Hajmi446.14 Kb.
#1085802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Dasturlash Yakuniy javoblari (2)

write funksiyasi (write, reinterpret_cast);

fwrite() funksiyasiprototipi
size_t fwrite(const void*ptr,size_t size,
size_t n,FILE *stream);
ko‘rinishi aniqlangan. Bu funksiya ptr ko‘rsatib turgan buferdan, har biri size
bayt bo‘lgan n ta berilganlar blokini oqimga chiqaradi. YOzish muvaffaqiyatli bo‘lsa,
funksiya yozilgan bloklar sonini qayta-radi. Agar yozish jarayonida xatolik ro‘y
bersa, funksiya to‘liq yozilgan bloklar sonini yoki 0 qaytaradi.
Programmada berilganlarni oqimdan o‘qish yoki oqimga chiqarishda fayldan
formatli o‘qish - fscanf() va yozish - fprintf() funksiyalaridan foydalanilgan. Bu
funksiyalarning mos ravishda scanf() va printf() funksiyalaridan farqi - ular
berilganlarni birinchi argument sifatida beriladigan matn fayldan o‘qiydi va yozadi.
Nomi foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan f1 fayldan butun sonlar
massivining uzunligi va qiymatlari o‘qiladi va tartiblangan massiv f2 faylga yoziladi.
Vektorni tartiblash Pufakchali_Tartiblash() funksiyasi tomoni-dan amalga
oshiriladi. Unga vektor va uning uzunligi kiruvchi parametr bo‘ladi va tartiblangan
vektor funksiya natijasi sifatida qaytariladi.
Navbatdagi ikkita funksiya fayl oqimidan formatlashmagan o‘qish-yozishni
amalga oshirishga mo‘ljallangan.
fread() funksiyasi quyidagi prototipga ega:
size_t fread(void * ptr, size_t size, size_t n,
FILE *stream);
Bu funksiya oqimdan ptr ko‘rsatib turgan buferga, har biri size bayt bo‘lgan n
ta berilganlar blokini o‘qiydi. O‘qish muvaffaqiyatli bo‘lsa, funksiya o‘qilgan bloklar
sonini qaytaradi. Agar o‘qish jarayo-nida fayl oxiri uchrab qolsa yoki xatolik ro‘y
bersa, funksiya to‘liq o‘qilgan bloklar sonini yoki 0 qaytaradi.

  1. Tasodifiy faylga murojaat (seekg() va seekp() funksiyalari);





  1. Download 446.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling