Rasm. 12
Topshiriq:
Sinov stendini razyomiga K155IP3 mikrsxemali pechat platani o’rnating.
Sinov stendiga 5 Vli o’zgarmas kuchlanish manbayini qutblariga rioya qilib ulang (izolyatsiyaga ega bo’lgan qizil rangli simni manbani “+” chiqishiga ulaysiz).
AMQni ishini quyida keltirilgan jadvalda keltirilganlarga mos tekshiring (bajariladigan topshiriqlarni soni o’qituvchi tomonidan ko’rsatiladi).
AMQ tomonidan musbat mantiqli rejim uchun ado etiladigan funksiyalar jadvalda keltirilgan (mantiqiy “1” kuchlanishni yuqori darajasiga, mantiqiy “0” – past darajasiga mos keladi).
K155IP3 mikrosxemasidagi AMQ 32 ta turli amallarni bajaradi: 16 M=0 bo’lganda va 16 M=1 bo’lganda.
EHM tarkibida AMQni boshqarish uchun buyruqda 5 ta ikkilik razryad ajratilgan bo’lishi kerak: S0-S3 boshqaruv signallarini saqlash uchun 4 ta razryad va M signalni saqlash uchun bitta razryad.
Do'stlaringiz bilan baham: |