5. Statik boshqarishli D-trigger
(K155TM7 mikrosxemasi)
Trigger – ikkita muvozanatli holatga ega bo’lgan ketma – ket xildagi qurilma bo’lib axborotlarni saqlash va yozish uchun mo’ljallangan. Kirish signallari tasirida trigger bitta muvozanatli holatdan boshqasiga o’tishi mumkin. Shu vaqtda uni chiqishidagi kuchlanish sakrash bilan pastki darajadan yuqori darajaga yoki askincha o’zgaradi.
Axborotni yozish yo’liga qarab triggerlar asinxronga bo’linadi, u kirishga signal berilgan vaqtda bir holatdan ikkinchi holatga o’tadi va sinxronga (taktlanuvchi) bo’linadi, ular bir holatdan ikkinvchi holatga o’tadi qachonki sinxronlovchi impuls berilganda, ularni bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi esa sinxron signalni ma’lum darajasi bilan bog’langan (statik triggerlar) yoki taktlovchi kirishdagi kuchlanishni tushishi momentida (dinamik triggerlar).
Qoidaga ko’ra trigger ikkita chiqishga ega: to’g’ri Q va invers . Trigger bajarayotgan funksiyalar va strukturalarga uni kirishlari soni bog’liq bo’ladi. Masalan RS – asinxron triggerlar ikkita kirishga ega: o’rnatuvchi kirish S yagona holatda to’g’ridan – to’g’ri kirish va nol holatiga o’rnatuvchi R kirish va Q chiqishga ega. Sinxron triggerlar ularga axborot yozilganligi sababli axborotli kirishlardan S (J) va R (K) tashqari sinxronlovchi C yoki hisob T kirishga ega, tutib qolish triggerlari esa – axborotli kirishga D ega.
Raqamli qurilmalarda eng ko’p tarqalishga RS, D,T va JK triggerlar erishdilar.
K155TM7 mikrosxemani chiqishlariga mos svetodiodlar sinov stendini 13 rasmda, mikrosxemani shartli belgilanishi esa rasm 14 da ko’rsatilgan.
Rasm. 13
Do'stlaringiz bilan baham: |