Fuqaro D. Soliyevga yer maydonini rasmiylashtirib berish to‘g‘risida


Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudlarining harakatlariga baho bering


Download 21.72 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi21.72 Kb.
#1580693
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-kazus

3. Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudlarining harakatlariga baho bering.
Birinchi instansiyaga kelib tushgan ariza tegishli tartibda ish yurituviga olingan bo`lib, ish manfaatdor tomon O.Ishakova tomonidan qo`zg`atilgan. Ish sud muhokamasiga qo`yilib, ish yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilingan. Hal qiluv qarorini qabul qilish 154-moddada keltirilgan normlariga mos ravishda qabul qilingan ya`ni,

  • Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi.

  • Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.

  • Sudning hal qiluv qarori sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilinadi.

  • Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo‘lishi mumkin.

Apellatisada esa Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellatsiya protesti keltirishga haqli.


Yuqorida aytib o`tganimizdek, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyat mazmuni to`g`ri va mos shaklda berilgandan keyin u ish ko`rishga qabul qilinadi. So`ng belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) apellatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) talab predmeti;
6) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
7) ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) apellatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar;
9) apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
11) apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlarni va boshqa qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligiga doir sabablar;
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan yoxud o‘zgartirilgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qo‘shilmaganligining sabablari;
13) agar ish yangidan ko‘rish uchun yuborilayotgan bo‘lsa, birinchi instansiya sudi tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar;
14) apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar.



Download 21.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling