Fuqaro muhofazasi institutining asosiy vazifalari


Download 30.5 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1440518
Bog'liq
0789312f685a58371098274d2c332306


Fuqaro muhofazasi institutining asosiy vazifalari

FVDTning yuqori boshqaruv va tashkiliy bo‘g‘ini mutaxassislarini maqsadli tayyorlash, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;


shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va fuqaro xodimlarni, vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari qutqaruv xizmatlari, boshqa vazirlik va idoralarning qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish;


fuqaro muhofazasi muammolarini hal etishga, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatishga, shuningdek maxsus ta’lim tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan izlanish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va olib borish;


Institut faoliyati yo‘nalishidagi qonun hujjatlari va davlat dasturlarini ishlab chiqish va tayyorlashda ishtirok etish;


aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish, hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot ob’ektlari faoliyatini barqarorligini oshirish masalalari bo‘yicha bilimlarni targ‘ib qilish;


FM rahbar xodimlari, mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, qutqaruvchilarini o‘qitish bo‘yicha horij mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish.




Institutining asosiy funksiyalari

FM rahbar xodimlari, mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarini o‘qitish uchun o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqadi va tarqatadi;


hududiy aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markaz (ARTTM) larida fuqaro muhofazasi rahbarlar tarkibi va tuzilmalarini o‘qitish jarayonini tashkil etish va rejalashtirishda uslubiy yordamni amalga oshiradi;


iqtisodiyot ob’ektlari rahbariyatiga ob’ekt kompleks o‘quv mashqlari va mashqlarni tashkil etish va o‘tkazishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;


o‘quv-uslubiy yig‘inlar, instruktiv kengashlar, ilmiy anjumanlarni tashkillashtiradi;


zamonaviy texnika vositalarini qo‘llagan holda o‘qitishning yangi shakl va usullarini umumlashtiradi, tahlil qiladi va qo‘llaydi;

aholining barcha toifasi o‘rtasida fuqaro muhofazasiga oid bilimlarni targ‘ib qiladi;


o‘quv-uslubiy qo‘llanma, eslatma, qo‘llanma va plakatlarni nashr etadi va belgilangan tartibda sotadi.


Institut harbiy xizmatchilarini lavozimga tayinlash va bo‘shatish Institut boshlig‘i tavsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari asosida, ishchi va xizmatchilarni Institut boshlig‘i buyruqlari asosida amalga oshiriladi.


YAngidan ishga qabul qilinayotgan ishchi va xizmatchilar uchun ularni egallaydigan lavozimlariga mos ekanligini tekshirish maqsadida sinov muddati tayinlanishi mumkin.




Kafedralar professor-o‘qituvchilar tarkibini ishga qabul qilish tanlov asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan, pedagog xodimlarni oliy ta’lim muassasalariga tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlarga tanlovdan o‘tganlarga maxsus dastur asosida ma’ruza materiallarini tayyorlaganlaridan va tegishli kafedra yig‘ilishida Ilmiy Kengash belgilagan muddatda eshitib ko‘rilgandan so‘ng mashg‘ulot olib borishga ruxsat beriladi.
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling